400
va adabiyotlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlardan sal kattaroq ekanligi
hamda bu masofa 1
metr
ekanligi aniqlandi. Ammo, ushbu jarohatlardagi
qurum va porox zarrachalarining o‘tirib qolishi masofasi aksincha
kamroq bo‘lib, adabiyotda ko‘rsatilganidek 160
sm
emas, balki 50
sm
ekanligi kuzatildi.
Shunday qilib, o‘q tegishidan vujudga kelgan jarohatlarning
morfologik alomatlarining mavjud bo‘lishiga o‘q otilishi masofasini
ta’sir etishiga nisbatan PM to‘pponchasi, TOZ rusumli vintovka va 16
kalibrli ov miltiqlaridan o‘q otish tajribalari jarayonida olingan
ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil etish natijasida quyidagicha
xulosa chiqarish mumkin:
— 5
sm
masofadan o‘q otilishida vujudga kelgan jarohatlar kesilish
elementlari bo‘lgan yorilishdan iborat bo‘ladi. Xon atlas va viskoza
matolaridan boshqa materiallarda, katta masofalardan o‘q otilishida
yorilishlar vujudga keladi;
— PM to‘pponchasidan sintetik va ayrim aralash materiallarga o‘q
otilganda, kuyish, erish kabi ko‘rinishdagi o‘q otilishi izlarini
kuzatishning eng katta masofasi 100
sm
bo‘lib, bu masofa adabiyotlarda
keltirilgan (50 sm) ma’lumotdan kattadir. Shu bilan bir qatorda,
adabiyotlarda porox zarralarini kuzatish eng katta masofasi 140 — 160
sm
bo‘lsa ham, yaqin masofalar (5 — 100
sm
)da bu holat kuzatilmadi;
— O‘q otilishida porox zarrachalarining o‘tirib qolishiga ta’sir ko‘r-
satuvchi omillardan biri materiallarning xossalari ekanligi aniqlandi. Bir
xil sharoitlarda, ko‘p miqdordagi porox zarrachalarini zichligi katta
bo‘lgan sintetik va ayrim aralash materiallarda yaxshi kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: