397
masofalarining quyi va yuqori chegarasi aniqlanadi. Ana shu natijalar
asosida chiqarilgan xulosalarda qidirilayotgan o‘q otilishi masofalari
oralig‘i sifatida eng quyi va eng yuqori chegaralar olingan masofa
oralig‘i ko‘rsatiladi.
Ushbu ko‘rib o‘tilgan metodika o‘q otilishi izlarini tajribadan
olingan yoki maxsus adabiyotlarda oldindan ko‘rsatilgan ma’lumotlar
bilan solishtirish natijalariga asoslangan. Ammo masalaga bu kabi
yondashish o‘q otilishi masofasini aniqlashda kerakli aniqlikka erishish
imkonini bermaydi. Shuning uchun o‘q otilishi
sharoitlarini aniqlash
bo‘yicha yangi metodlarni ishlab chiqish yoki yaratish ekspertiza
tadqiqotlari nazariyasi hamda amaliyotining dolzarb vazifalaridan biri
hisoblanadi.
Ushbu tadqiqotlar o‘q tegishidan hosil bo‘lgan jarohatlarning turli
alomatlarini tekshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning
davomi hisoblanadi. Bu turdagi tadqiqotlar turli matolardan
iborat
to‘siqlardagi o‘q tegishidan hosil bo‘lgan jarohatlarning xossalariga
yaqindan (1
metr
atrofida) o‘q otilishi masofasining ta’sirini o‘rganishga
oiddir. Ekspertiza amaliyotida juda ko‘plab turdagi matolarga duch
kelingani uchun biz, amaliyotda ko‘p uchraydigan turli xil matolardan
foydalanib tadqiqotlar o‘tkazdik.
Turli matolardan iborat to‘siqlarga tajriba o‘q otishlari PM
to‘pponchasi, kichik kalibrli «TOZ–12» rusumli vintovka va 16 kalibrli,
silliq stvolli ov miltig‘idan 5, 20, 50 va 100
santimetr
masofalardan otib
bajarildi.
Tajribadan olingan o‘q tegishidan hosil bo‘lgan
jarohatlarning
namunalari dastlab oddiy (kuzatish) usulda, mikroskop ostida va keyin
diffuzion kontakt metodi (DKM) asosida tekshirib, o‘rganildi.
Yuqorida sanab o‘tilgan o‘qotar qurollar bilan o‘q otishda hosil
bo‘lgan jarohatlarni tekshirish natijasida tekshirilayotgan
materiallardagi
jarohatlarning morfologik alomatlarining turli xususiyatlari aniqlandi.
Eng avvalo, ta’kidlash joizki, o‘q tegishidan hosil bo‘lgan
jarohatlarning shakli o‘zaro farq qiladi: tabiiy va sun’iy matolar (chit,
jinsi material, sun’iy material (viskoza, atsetat), tabiiy shohi) uchun
jarohatlarning shakli ko‘p hollarda kvadrat, kam hollarda dumaloq
shaklda ekanligi kuzatildi. Sintetik va trikotaj materiallar uchun
jarohatlar shakli noaniq geometrik shaklda bo‘ladi.
O‘q otilishi masofasini 5 dan 100
sm
gacha o‘zgarishida jarohat-
larning shakli uncha katta o‘zgarishga uchramadi. Faqat jarohatlardagi
398
ozod tolalarining uchida ozgina o‘zgarish kuzatildi. 5
sm
masofadan o‘q
otilishida sintetik materiallardan boshqa materiallarda tolalarning tekis
kesilishi
kuzatildi, ammo, 20, 50 va 100
sm
masofadan o‘q otilganda bu
kabi xususiyatlar faqat sun’iy mato–viskoza va xon atlas
materiallaridagina kuzatiladi. Viskoza materialida 20, 50 va 100
sm
masofadan o‘q otilganda tekis kesilgan tolalar kuzatildi, xon atlas
materialida esa tekis kesilgan tolalar ushbu masofalardan faqat TOZ
vintovkasida otilgandagina kuzatildi.
Shunday qilib, o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, o‘q tegishidan hosil
bo‘lgan jarohatlarda kesilish alomatlari 5
Dostları ilə paylaş: