Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Yaqindan o‘q otilishi masofasi va yo‘nalishini aniqlash



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

4-§. Yaqindan o‘q otilishi masofasi va yo‘nalishini aniqlash 
 bo‘yicha ekspertiza tadqiqotlarining metodikasi 
Bu kabi ekspertiza tadqiqotlarida dastlabki ma’lumotlarga bog‘liq 
ravishda quyidagi uch holat bo‘lishi mumkin: 
— o‘q otilgan o‘qotar qurol hamda o‘q tekkan va shikastlangan 
obyekt mavjud; 
— o‘q tekkan va shikastlangan obyekt mavjud hamda ishlatilgan 
o‘qotar qurolning rusumi ma’lum; 
— o‘q tekkan va jarohatlangan obyekt mavjud. 
Birinchi holat
. Alohida tadqiqotlar bosqichida obyektda o‘q 
otilishidan vujudga kelgan jarohatlar izlanadi. Ularning morfologik 
alomatlarini aniqlab tadqiqotlar o‘tkaziladi (shakli, o‘lchamlari, jarohat 


 395 
chetlarining xususiyati, «mato minusi»ning mavjudligi yoki mavjud 
emasligi). Agar bu alomatlar jarohatlarning o‘q otilishidan hosil 
bo‘lganligi haqida dalolat bersa, u holda ushbu alomatlar endi jarohatga 
qo‘shni sohalardagi qurum, porox zarrachalari, miltiq moyi kabi 
mahsulotlarni aniqlash uchun foydalaniladi. 
O‘q teshigining atrofidagi sohalar qurumlanish, kuyish, porox 
zarrachalari yoki moy qoldiqlarining mavjudligini aniqlash uchun 
tekshiriladi. Bu holatda, ta’kidlash joizki, turli xil ifloslanishlar, qon 
dog‘lari yoki obyektning to‘q rangi o‘q otilishidan hosil bo‘lgan 
qushimcha omillarning izlarini berkitib qo‘yishi mumkin. 
O‘q otilishining qo‘shimcha omillari izlarini aniqlash uchun zarur 
bo‘lgan barcha metodlar qo‘llaniladi. O‘q otilishining qo‘shimcha 
omillarining izlari aniqlanganidan so‘ng, qurumlanish sohasi, porox 
zarrachalari o‘tirib qolish sohasining kerakli o‘lchash ishlari bajariladi, 
ularning topografiyasi aniqlanadi, shuningdek, qurumlanishning 
intensivligi hamda porox zarrachalari o‘tirib qolishining zichligi 
aniqlanadi. 
Topilgan alomatlar majmuasi asosida quyidagilar aniqlanadi: 
— jarohatlarning o‘q otilishidan hosil bo‘lganligi; 
— o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohatni kirish va chiqish 
tomonlari; 
— o‘q otilishining turi (taqab turib, yaqindan yoki uzoqdan); 
— o‘q otilishining taxminiy yo‘nalishi; 
— ishlatilgan o‘qotar qurol kalibrining jarohatga hamda taqdim 
etilgan qurolga mos kelishi. 
Obyektni jarohatning kirish teshigi tomonidan masshtabli usulda 
fotosuratga olinadi. Suratda o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohati ko‘rinib 
turishi lozim, ya’ni suratga olishda obyektdagi jarohat ko‘rsatib turiladi 
yoki uni, suratga olinganidan so‘ng ko‘rsatkich–strelka bilan ko‘rsatib 
quyish kerak. 
Tadqiqotlarning dastlabki solishtirish jarayonlarida aniqlangan 
alomatlar majmuini, tekshirilayotgan rusumdagi qurollar uchun turli 
masofalardan o‘q otilishidagi o‘q otilish izlarining xarakteri bo‘yicha 
ma’lumotlar bilan solishtiriladi. Bu kabi dastlabki solishtirish 
tadqiqotlarining natijalari ko‘p hollarda, ekspertga tajriba o‘q otilishi 
uchun kerak bo‘lgan o‘q otish masofalarining qidirish doirasini ancha 
kichraytirish imkonini beradi.
Tajribadan namunalar olish.
Tajriba o‘q otishlari jarayonida quyida-
gilar zarur: 


 396 
— tajribada foydalanilayotgan to‘siqlarning fizikaviy-kimyoviy 
xossalari tekshirilayotgan obyektning shu kabi xossalariga maksimal 
darajada yaqin bo‘lishi kerak; 
— ishlatilayotgan patronlar hodisa sodir bo‘lgan joyda ishlatilgan 
patronlar bilan bir xil bo‘lish lozim; 
— tekshirilayotgan o‘q otilishi sodir bo‘lgan vaqtdagi ob-havo 
sharoitlarini hisobga olish darkor. 
Tekshirilayotgan obyekt hamda tajribada foydalanilgan to‘siqning 
alomatlarini tahlil etish natijasida aniqlangan belgilar majmuini 
taqqoslash tadqiqotlarida, qurumlanish dog‘larining o‘lchami, bir birlik 
maydondagi porox zarrachalarining miqdori va hokazolar kabi 
ko‘rsatkichlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘tkazilgan taqqoslash 
tadqiqotlari natijasida o‘q otilishi masofasi va yo‘nalishi haqida xulosa 
chiqariladi, bu holda o‘q otilishi masofasi va o‘qning to‘siqqa urilish 
burchaklarining qiymatlari imkoni boricha kichik oraliqda berilishi 
lozim. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin