Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Sochma o‘q jarohatlaridan o‘q otilishi masofasini aniqlash



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

5-§. Sochma o‘q jarohatlaridan o‘q otilishi masofasini aniqlash 
 
Silliq stvolli qurollardan otishda ishlatiladigan va turlicha pijlar, 
prokladkalar, shuningdek snaryad sifatida sochma o‘qlar yoki yirik 
kartechlar bilan jihozlangan patronlarning o‘qlarini yaqin va uzoq 
masofadan otishda vujudga keladigan mahsulot yoki izlar o‘ziga xos 
xususiyatga ega. Bu xususiyatlar o‘q otilishi vaqtida stvol kanalidan turli 
mahsulotlar, masalan, pijlar otilib chiqishi hamda to‘siqqa sochma o‘q 
orqali o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatishi bilan ifodalanadi. 
Sochma o‘qlar, stvoldan chiqib uchish jarayonidagi sochilish 
darajasiga bog‘liq holda to‘siqqa uch turdagi mexanik ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin: yaxlit ta’sir, nisbiy yaxlit ta’sir va sochma o‘q jarohatlarining 
ta’siri. 


 401 
Sochma o‘qlarning yaxlit ta’siri 0,5–1 

masofada, hali sochma 
o‘qlar uchish jarayonida sochilib ulgurmagan, shuning uchun yaxlit bir 
snaryad kabi harakat qiladigan vaqt va masofalarda kuzatiladi. Bunda 
to‘siqdagi jarohatlar yumaloq yoki oval shakldagi yagona jarohat yoki 
teshikdan iborat bo‘ladi, uning diametri qurolning kalibriga hamda o‘q 
otilishi masofasiga bog‘liq bo‘lib, 4 
sm 
gacha bo‘lishi mumkin. 
Sochma o‘qlarning nisbiy yaxlit ta’siri 0,5–1 

dan to 2–5 

gacha 
masofalarda, uchish jarayonida sochma o‘qlarning sochilishi endi 
boshlanayotgan vaqtda kuzatiladi. Bunda to‘siqdagi jarohatlarning 
ko‘rinishi o‘zaro zich uchib kelgan sochma o‘qlar va pijlar ta’sirida hosil 
bo‘lgan nisbatan ancha katta teshik shaklida bo‘ladi hamda uning 
atrofida alohida sochma o‘qlardan mayda jarohatlar kuzatilishi mumkin. 
O‘q otilishi masofasi 5 

dan katta bo‘lganida, sochma o‘qlar 
jarohatlarining ta’siri kuzatiladi. Bu holda to‘siqda katta o‘lchamdagi 
markaziy teshik yoki yoriq vujudga kelmaydi, balki o‘q otilishi 
masofasiga bog‘liq holda u yoki bu sohani egallagan, juda ko‘plab 
(sochma o‘qlarning miqdoriga qarab) mayda jarohatlar yuzaga keladi. Bu 
kabi jarohatlar «sochma o‘q jarohatlari» nomini olgan. Demak, 
to‘siqdagi sochma o‘qlar ta’sirida hosil bo‘lgan jarohatlar to‘plami — 
sochma o‘q jarohatlari deb ataladi. 
Sochma o‘qlarning turlicha masofalarda to‘siqqa nisbatan yuqorida 
keltirilgan ta’sirlari, normal jihozlangan patronlar bilan ov miltiqlaridan 
otish uchun ham o‘rinli. O‘q otilishi «qirqma» miltiqlar bilan 
bajarilganda yoki porox gazlari tashqariga belgilanganidan ko‘proq 
chiqib ketadigan, shuningdek qo‘lbola usulda yasalgan «sechka» sochma 
o‘qlari ishlatilgan hollarda snaryadning yaxlit ta’siri 20 
sm 
masofadagina 
kuzatilishi mumkin. 
Namatdan yasalgan pijlarning uchish masofasi — 50 

gacha, 
kartondan yasalgan prokladka–pijlarniki — 15 

gacha, ezilgan oddiy 
qog‘ozdan qo‘lbola usulda yasalgan pijlarniki esa — 10 

gacha bo‘lishi 
mumkin. 
Sochma o‘qlarning yaxlit ta’sir qilishi jarayonida pijlar to‘siqqa 
kirib ketadi, nisbiy yaxlit ta’sirida esa — markaziy jarohat vujudga 
kelishi kuzatiladi. Shu bilan birga pijlar uchish jarayonida uchish 
chizig‘idan chetlashishi va to‘siqda o‘zining xususiy izlarini qoldirishi 
mumkin. 


 402 
Silliq stvolli quroldan yaqindan o‘q otilish masofasi va yo‘nalishini 
aniqlashda, narezli quroldan o‘q otilishida vujudga keladigan o‘q 
otilishining qo‘shimcha mahsulotlari izlarini aniqlashda ishlatiladigan 
qonuniyat va usullardan foydalaniladi. Ammo ov miltiqlaridan yaqindan 
o‘q otilish masofasini aniqlashda, to‘siqda mavjud bo‘lgan bir necha 
dona porox zarrachalari yaqindan o‘q otilishidan darak bermasligini 
unutmaslik kerak. Bu zarrachalar pijlar bilan birga olib chiqilgan bo‘lishi 
mumkin, chunki porox zarrachalari pijlar bilan birga 15 

gacha 
masofaga uchib bora oladi. Shu bilan birga yaqin masofadan o‘q 
otilishining qo‘shimcha alomati sifatida sochma o‘qlarning yaxlit ta’siri 
xizmat qiladi. 
Ov miltiqlaridan uzoqdan o‘q otilishi masofasini aniqlashning asosi 
o‘q otilishi masofasi bilan to‘siqdagi sochma o‘qlar jarohatlari orasidagi 
bog‘liqlik hisoblanadi. O‘q otilishi masofasi qancha katta bo‘lsa, 
jarohatlarning o‘lchami ham shuncha katta bo‘ladi. O‘q otilishi masofasi 
dastlabki ma’lumotlarga bog‘liq holda tajribada o‘q otib yoki 
ma’lumotnoma jadvallar va grafiklar orqali aniqlanishi mumkin. 
Agar tadqiqotga o‘q otilishi masofasi aniqlanishi haqida savol 
qo‘yilgan va tekshirilishi kerak bo‘lgan o‘qotar qurol taqdim etilgan 
bo‘lsa, u holda kerakli tajribalarni o‘tkazish mumkin. Bunda, taqdim 
etilgan quroldan, oldindan ma’lum bo‘lgan 
L
masofadan tajriba o‘q 
otishni amalga oshirib, sochma o‘qlarning bir necha jarohatlari olinadi. 
Keyin har bir masofa uchun sochma o‘qlar jarohatlarining maksimal 
D
min
va minimal 
D
max
diametrlari aniqlanadi. Ushbu diametrlardan 
D
ning 
L
masofaga bog‘liqlik grafigi chiziladi. Ushbu grafikda maksimal 
D
min
(L)
va minimal 
D
max 
(L)
diametrlarning oldindan ma’lum bo‘lgan masofalar 
L
max
va 
Lmit 
larga bog‘liqligi ham ko‘rsatiladi. Hodisa sodir bo‘lgan 
joydan aniqlangan va qiymati endi ma’lum bo‘lgan sochma o‘q 
jarohatlari diametri 
D
Li
ni ham maksimal va minimal masofalarga 
bog‘liqligini ushbu grafikdan olish mumkin. 
Ushbu tajribalar jarayonida sochma o‘q otilishidan hosil bo‘lgan 
jarohatlarning o‘lchamlari nafaqat o‘q otilishi masofasiga, balki 
qurolning tuzilishi, patronlarning jihozlanishi yoki ob–havo sharoitlariga 
ham bog‘liq bo‘lishini unutmaslik kerak. Masalan, sochma o‘q 
jarohatlarining o‘lchamlari quyidagi hollarda ortishi mumkin:


 403 
83-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin