Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)
Chiqarib tashlagich. Chiqarib tashlagich zatvorning oldingi qismiga
joylashgan bo‘ladi. Chiqarib tashlagichning ilmog‘i gilzaning qalpog‘iga
yengil ilinishi uchun qiyalikka ega. To‘pponchalarning ba’zi bir
rusumlarida chiqarib tashlagich bo‘lmaydi. Chiqarib tashlagichlar
tuzilishiga ko‘ra, bir necha turga ajraladi: prujinalanuvchi; kesik
prujinali; sterjenli; spiral prujinali ikki yelkali; spiral prujinali bir yelkali,
zatvor o‘qi bo‘ylab joylashgan.
Prujinali chiqarib tashlagich bir uchi zatvorga mahkamlangan,
ikkinchisida ilmoq bo‘lgan yassi prujinadan iborat (1908-yil namunali
7,63
mm va 9
mm kalibrli Mauser va 1925-yil namunali Nambu
to‘pponchalari).
Kesik prujinali chiqarib tashlagich bir shoxi tayanch va ikkinchisida
ilmoq joylashgan kesik prujinalanuvchi qismdan iborat ( 1912-yil
namunali 9
mm kalibrli Steyr to‘pponchasi).
Sterjenli chiqarib tashlagich — prujinali chiqarib tashlagichning bir
turi. U zatvorning bo‘ylama uyasida joylashadi (1911-yil namunali 11,43
mm kalibrli Colt to‘pponchasi).
Spiral prujinali ikki yelkali chiqarib tashlagich o‘z o‘qida tebranadi,
uning ilmog‘i zatvorning markaziga richagning ikkinchi yelkasiga ta’sir
etuvchi spiralsimon prujina yordamida birikadi.
Bu tipdagi chiqarib tashlagichlar yelka ilmog‘ining uzunligi va
hokazolarga ko‘ra farqlanadi. Bunday chiqarib tashlagich barcha
to‘pponchalarda ishlatiladi (6,35
mm kalibrli Korovin konstruksiyali va
1910-yil namunali 7,65
mm kalibrli Browning to‘pponchasi).
Spiral prujinali bir yelkali chiqarib tashlagich zatvor o‘qi bo‘ylab
joylashadi, tebranuvchi tovonchali ilmoqdan va spiralsimon prujinadan
iborat. Bu prujina zatvor o‘qi bo‘ylab joylashadi va ilmoqni zatvor
markaziga tomon bosadi (masalan, 9
mm kalibrli 1938-yil namunali
Walther P–38, Makarov konstruksiyali to‘pponchalari).