89
mo‘ljallangan mexanizm. Binobarin, qurol o‘zidan otilgan snaryadga
yo‘nalish berish uchun xizmat qiladigan maxsus tarkibiy qismi — to‘g‘ri
shaklli otuvchi stvolining mavjudligi bilan tavsiflanadi.
2. Qurol — snaryadlarni, portlovchi moddalarning yonishidan hosil
bo‘lgan gazlarning kengayishi yordamida otish (uloqtirish) mexa-
nizmidir. Demak, qurol uchun quyidagilar xosdir:
— o‘q otilish vaqtida, o‘qning uchib chiqish yo‘nalishiga qarama–
qarshi tomoni maxsus moslama (zatvor, stvol kanalining orqa qismi,
kolodkaning qalqonchasi) bilan mahkam berkitilgan, portlovchi moddani
saqlash va yonish kamerasi — stvol kanali yoki stvoldan alohida bo‘lgan
maxsus qism;
— orqaga «tepmaydigan» qurollar va unga o‘xshash moslamalarning
yo‘naltiruvchi stvollaridagi ikki tomoni ochiq kanal yoki reaktiv
snaryadlardagi zarad joylashadigan maxsus qism — zarad bo‘limi.
3. Qurol — snaryadlarni portlovchi moddalarning detonatsiyalanishi
(ko‘zg‘alishi) va yonishi natijasida otish (uloqtirish) mexanizmi. Shuning
uchun, qurolning yo‘naltiruvchi tarkibiy qismidagi zarad kamerasida,
portlovchi moddalarning detonatsiyalanishi uchun mo‘ljallangan
quyidagi moslama bo‘lishi zarur:
— og‘zidan o‘qlanuvchi qurol stvolining orqa qismida yondiruvchi
tuynuk (ayrim qurollarda maxsus moslamali);
— uruvchi boyokli yoki urgichli maxsus mexanik qurilma yoki
moslama.
4. Qurol — nishonni shikastlash uchun mo‘ljallangan mexanizm,
ya’ni, portlovchi moddalarning yonishi natijasida yetarlicha boshlang‘ich
tezlik beriladigan snaryadlar bilan turli jarohatlar yetkazuvchi mexanizm.
Demak, qurol mos holda tur va kalibrga ega bo‘lgan standart otuvchi
qurilma uchun mo‘ljallangan, minimal quvvatga ega bo‘lgan patronning
snaryadi va jangovar zarad (portlovchi modda — porox)ni joylashtirish
uchun zarad kamerasi hamda stvol kanalining o‘lchamlari bilan
tavsiflanadi.
5. Qurol — yetarlicha mustahkamlik darajasiga va xavfsizlik hamda
hech qanday buzilish va ushlanishlarsiz ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan
ko‘p marta ishlatishga mo‘ljallangan mexanizm. Shuning uchun, qurol
stvol kanali va zarad kamerasi devorlarining parametrlari, shuningdek,
yopish mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Dostları ilə paylaş: