97
nomlangan ilmiy asarida ushbu nomni tarjimasiz qo‘llagan
1
. «Qirqma»
atamasining tushunchasi ensiklopedik lug‘atlarda, so‘zlashuvda, badiiy
adabiyot va yuridik sohada keng qo‘llaniladi va stvollari qirqib
tashlangan qurol ma’nosini anglatadi. Qirqma miltiq o‘zi tayyorlangan
miltiqdan, xuddi karabin vintovkadan farq qilganidek, stvolining uzunligi
hamda stvolning uzunligiga bog‘liq bo‘lgan ballistik xususiyatlari bilan
farq qiladi.
Stvollari ancha kalta qilib qirqilgan qirqma miltiqlar, ko‘plab
snaryadlar (sochma o‘q, kartech) bilan otishda standart ov miltiqlari kabi
jangovar sifatga ega emas. Qirqma miltiqlar, sochma o‘q yoki kartech
otishda silliq stvolli ov miltiqlariga qo‘yiladigan talablarga javob
bermaydi va shuning uchun ov hamda sport musobaqalarida miltiq
sifatida qo‘llanilishi mumkin emas.
Qirqma miltiqlar ov miltig‘i sifatida tan olinmaydi, chunki, stvoli
qisqarishi bilan bunday qirqmalar sochma o‘qlar bilan otishning uzoqligi
va g‘ujligi kabi ballistik xususiyatlarini yo‘qotadi. Ov miltiqlaridan
tayyorlangan qirqma miltiqlarni jangovar qurol deb hisoblash mumkin,
chunki, ov miltiqlarining stvoli uzunligi kamayishi va nishonga olish
moslamalarining o‘zgarishi oqibatida ular yaqin masofdan snaryad bilan
otishda odamni shikastlash kabi ballistik xususiyatini yo‘qotmaydi. Ov
miltiqlaridan tayyorlangan qirqmalardan yaqin masofada otilgan
snaryadlarning kinetik energiyasi jangovar qurollar uchun belgilangan
eng kam kinetik energiya miqdoridan ancha katta bo‘ladi.
Shunday qilib, ekspertiza jarayonida qirqma miltiqlar yoki boshqa
o‘zgartirilgan qurollarning bu qirqmalar tayyorlangan qurolarning
dastlabki holati emas, balki, ularning hozirgi holati baholanishi lozim.
Natijada to‘g‘ri xulosa shakllanadi, masalan, tadqiqotga taqdim etilgan
otuvchi qurilma ov miltig‘i emas, balki qirqma miltiq hisoblanadi va
shuning uchun ov miltiqlari turkumiga tegishli emas.
Qirqma miltiqlar — mo‘ljallangan maqsadiga ko‘ra jangovar qurol,
ammo ular, standart harbiy qurollar — vintovka va karabinlardan
tayyorlangan bo‘lsa ham harbiy qurol hisoblanmaydi. Ko‘p hollarda
bunday qirqma miltiqlar maxsus niqoblangan qurollar turkumiga tegishli
deb topilishi mumkin. Haqiqatan ham, qirqmalarning o‘lchamlari ularni
yashirin taqib yurish uchun qulay qilib tayyorlanadi.
1
Qarang:
Dostları ilə paylaş: