Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Savol va topshiriqlar 
1. Sud-ballistik ekspertizasiga tadqiqot uchun taqdim etiladigan o‘qotar 
qurollar va ularga o‘xshash boshqa qurilma hamda moslamalarning guruhiy 
taalluqliligi deganda nimani tushunsiz? 
2. Standart o‘qotar qurolning sifatga oid tavsifi nima?
3. Tekshirilayotgan obyektlarning o‘qotar qurollar turkumiga tegishlili-
gining mezonlari haqida tushuntiring.
4. Qurolning, ishlatiladigan jangovar o‘q-dorilar bilan ifodalanuvchi 
ballistik xususiyatlari haqida so‘zlab bering.
5. Qo‘lbola usulda yasalgan va o‘zgartirilgan otuvchi qurilmalarni 
tadqiq qilishda hal etiladigan vazifalar nimalardan iborat?
6. Obyektlar (qurolga o‘xshash buyumlar, otuvchi moslama va 
mahsulotlar)ning turini aniqlang.
7. Standart qurollarning guruhiy taalluqliligi va nomerini aniqla, 
deganda nimani tushunasiz?
 
 
 


 101 
6-BOB.
QO‘L O‘QOTAR QUROLINING HOLATINI ANIQLASH 
 
1-§. O‘qotar qurolning texnik sozligi, o‘q otishga yaroqliligi yoki 
alohida o‘q otishlarni amalga oshirishga yaroqliligi 
Kriminalistikada o‘qotar qurollar va jangovar o‘q-dorilarni ishlatish 
imkoniyatlari deyilganda, muayyan rusumdagi o‘qotar quroldan o‘q otish 
imkoniyati hamda o‘q otilishining turli sharoitlarida, quroldan otilgan 
ma’lum bir turdagi jangovar o‘q-dorilarning zarar yetkazuvchi kuchi 
tushuniladi. O‘qotar qurollar va jangovar o‘q-dorilarni ishlatishga aloqasi 
bo‘lgan xususiy ekspertiza vazifalariga quyidagi imkoniyat va 
sharoitlarni aniqlash kiradi: 
— berilgan o‘qotar quroldan o‘q otilishi yoki alohida turdagi o‘q 
otilishi imkoniyatlari; 
— berilgan o‘qotar quroldan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni bosmasdan 
o‘q otilishi imkoniyatlari 
— berilgan o‘qotar quroldan nishonga olib o‘q otilishi imkoniyatlari 
— muayyan turdagi quroldan berilgan patronlar bilan o‘q otilishi 
imkoniyatlari; 
— berilgan o‘qotar quroldan o‘q otib, o‘qotar quroldan berilgan 
patronlarni otib, muayyan bir turdagi to‘siqqa o‘q otib va berilgan 
masofadan o‘q otib shikast yetkazish imkoniyatlari. 
«Berilgan o‘qotar qurollar va jangovar o‘q-dorilarni ishlatish 
imkoniyati» tushunchasi «o‘qotar qurollarning zarar yetkazuvchi kuchi» 
tushunchasidan ancha kengdir. Chunki, «o‘qotar qurollarning zarar 
yetkazuvchi kuchi» tushunchasi o‘qotar quroldan qo‘yib yuboruvchi 
ilmoqni bosmasdan o‘q otish va quroldan berilgan patronlar bilan otish 
imkoniyatlarini o‘z ichiga olmaydi. 
Berilgan o‘qotar qurollar va jangovar o‘q-dorilarni ishlatish 
imkoniyatlari, o‘qotar qurollarni zarar yetkazuvchi xususiyatlari kabi bu 
qurollarning sozligi va ballistik sifatlariga bog‘liqdir. 
Shikast yetkazish imkoniyatlari tekshirilayotgan o‘qotar qurollar va 
jangovar o‘q-dorilarning ishlatish samaradorligiga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Shunday qilib, yuqorida sanab o‘tilgan ekspertiza vazifalari o‘qotar 
qurollar va jangovar o‘q-dorilarning texnik sozligini va ulardan amaliy 
o‘q otilishini aniqlash bo‘yicha usul va metodlar asosida hal etiladi. 
O‘qotar qurollar o‘zi harakatlanuvchi mexanizm sifatida, uning 
tuzilishini ifodalovchi parametrlar — morfologik (statik) belgilar, 


 102 
shuningdek, uning harakatlari va ta’sirlarining parametrlari — funksional 
(dinamik) belgilar bilan tavsiflanadi. O‘qotar qurolning texnik sozligini 
baholashda asosan uning statik va ayrim dinamik belgilari, bu quroldan 
o‘q otilishi imkoniyatlarini aniqlashda esa asosan dinamik belgilar 
hisobga olinadi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin