Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

O‘zi mo‘ljallangan ko‘rinishdagi o‘q otishni amaliy ta’minlaydigan 
qurol otish uchun yaroqli hisoblanadi,
ya’ni o‘q otuvchi qurollar uchun 


 104 
— o‘qlar bilan otishni, sochma otuvchi qurollar uchun — sochmalar 
bilan otishni, o‘zi o‘qlanuvchi qurollar uchun — o‘zi qayta o‘qlanib 
otilishi va hokazo. Ko‘p hollarda qurollar turli xil otishlar uchun 
mo‘ljallangan bo‘ladi (masalan, donalab otuvchi yoki uzluksiz otuvchi, 
har otishda tepkini alohida ko‘tarib otish va boshqalar).
O‘q otilishining haqiqiy uzoqligi 
deganda, o‘qning uchishidagi zarar 
yetkazuvchi kuchi yoki xususiyatlari saqlanib qoladigan masofa 
tushuniladi. 
Ushbu tushuncha standart qurollarda, ular zavodda tayyorlangan 
paytidan aniq belgilangan bo‘ladi va bu qurollarning texnik 
ma’lumotlarida aniq ko‘rsatiladi. Atipik o‘qotar qurollarda esa bu 
tushuncha va o‘qning zarar yetkazuvchi kuchini saqlab qoladigan masofa 
aniq emas, ya’ni bunday qurolni yasovchi shaxs bu kabi parametrlarni 
hisoblay olmaydi. Shuning uchun atipik o‘qotar qurollarda bu masofa 
turlicha bo‘lishi, ba’zida bu masofa standart qurollarning ana shunday 
masofasidan hatto ortiq bo‘lishi ham mumkin. Atipik o‘qotar qurollarda 
bu kattalik va masofa standart qurollarning ana shunday kattaliklari bilan 
solishtirib aniqlanadi. 
O‘qning zarar yetkazuvchi ta’siri 
— ma’lum bir quroldan otilgan 
o‘qning obyektni, masalan, odam tanasini teshib o‘tuvchi zarar 
yetkazuvchi qobiliyati. O‘qotar qurolning qurollilik mezonidan kelib 
chiquvchi kattalik bo‘lib, agar zarar yetkazuvchi ta’siri yetarli bo‘lmasa, 
bunday qurolni umuman qurol deb hisoblamaslik mumkin. Bundan 
tashqari, mazkur kattalik quyidagi ko‘rib chiqadigan o‘qning kinetik 
energiyasiga ham uzviy bog‘liqdir. Lekin ushbu kattalik aynan qurolning 
o‘ziga unchalik bog‘liq emas. Chunki qurol qism va mexanizmlarining 
to‘g‘ri ishlashiga bog‘liq bo‘lgan otish uchun yaroqliligi, quroldan 
otilgan o‘qning zarar yetkazuvchi qobiliyatiga unchalik ta’sir 
ko‘rsatmaydi. Qurol otilgan o‘qning amaliy uchish masofasiga o‘zining 
stvol uzunligi bilan ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
O‘qning kinetik energiyasi 
— harakatlanayotgan o‘qning mexanik 
energiyasi bo‘lib, u o‘qning og‘irligi va tezligiga bog‘liq fizikaviy 
formula bilan aniqlanadi. Bu kattalik turli qurollarda, ular stvolining 
uzunligiga, ichki tuzilishiga, stvol kanalining tuzilishiga qarab turlicha 
bo‘ladi. Atipik o‘qotar qurollarning kinetik energiyasi haqida standart 
qurollarning kinetik energiyasi bilan solishtirib fikr yuritiladi. 
O‘qotar qurol otishining g‘ujligi 
— ma’lum bir o‘qotar qurol uchun 
xarakterli bo‘lgan va otilganda o‘q, sochma o‘qlar hamda pitralar 


 105 
sochilib ketishining miqdoriy kattaligi, qurol stvolining holati, uning 
tuzilishi va patronlarga bog‘liq bo‘ladi. 
O‘qotar qurolning jangovar xossalari — mos holdagi dinamik 
belgilar bilan tavsiflanadi. Bu kabi dinamik belgilarga quyidagilar kiradi: 
— otilgan snaryadlarning, o‘qotar qurol otish g‘ujligidan ko‘ra 
ko‘proq sochilishi; 
— otilgan gilzalarning quroldan o‘q otilishidan keyin chiqarib 
tashlashda, patrondonda ushlanib qolishi. 
O‘qotar quroldan amaliy o‘q otilishi, uning texnik sozligi bilan 
birga, ushbu qurolning zarar yetkazuvchi xossalarini, shu quroldan 
otilgan o‘q (snaryad)ning harakat samaradorligini, o‘q otilishining 
quroldan o‘q otilishi bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarga mos kelishini 
ifodalaydi. O‘q otilishlarning kutilayotgan natijalari bir dona nishonni 
shikastlash ehtimoliga bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga, o‘qotar qurollar 
va jangovar o‘q-dorilarning, otilgan snaryadning boshlang‘ich tezligi va 
kinetik energiyasi bilan ifodalanuvchi zarar yetkazuvchi va teshib 
o‘tuvchi ta’siri ham hisobga olinadi. 
Yuqorida ta’kidlanganlar asosida, sud-ballistik ekspertizalarida 
o‘qotar qurol va jangovar o‘q-dorilarning sozligini baholashda ayrim 
xususiyatlar muvofiqlashtirilgan va ularni tadqiqotning o‘ziga xos 
vazifalari va obyektlari bilan tavsiflanadigan ekspertizalarni o‘tkazishda 
hisobga olish zarur. 
Standart qurolni ta’mirlashning zarurligi va bu ishning hajmini 
aniqlash maqsadida qurolsozlikda uni toifalash — qurolni texnik 
sozlikning turli toifalariga tegishliligini aniqlash qabul qilingan. 
Ekspert-kriminalistning vakolatiga o‘qotar qurolning texnik jihatdan 
sozligini aniqlash kirmaydi, chunki, qurolsoz-texnikdan farqli o‘laroq, 
ekspert nafaqat standart qurollarni, balki qo‘lbola usulda yasalgan 
qurollarni ham tadqiq etadi. Odatda, ekspertizaga uni ishlatish jarayonida 
texnik nosoz holga kelgan, ishlatilganda yeyilishi va saqlanish sharoitlari 
natijasida o‘zgargan standart qurollar taqdim etiladi. Tabiiyki, ko‘p vaqt 
davomida noqonuniy saqlangan o‘qotar qurol, harbiy qo‘shinlar va 
harbiylashtirilgan xizmatlar yoki sport muassasalarining texnik talablar 
qoidalariga mos holda saqlaydigan, ishlatadigan va zarur vaqtda 
ta’mirlaydigan qurollaridan tubdan farq qiladi. Shuning uchun turli 
jinoyat ishlariga aloqador va noqonuniy saqlangan qurollar olinishi 
paytidayoq texnik nosoz bo‘ladi. Qo‘lbola usulda yasalgan qurollar esa 
yuqorida ta’kidlanganidek, texnik jihatdan har doim nosoz bo‘ladi. 


 106 
Shuning uchun ekspert, taqdim etilgan o‘qotar qurol yoki jangovar o‘q-
dorilarning texnik sozligini emas, balki amaliy sozligini aniqlaydi. 
O‘qotar qurolning amaliy sozligini tasdiqlash uchun sud-ballistik 
ekspertizalarida o‘qotar quroldan umuman va muayyan holatlarda o‘q 
otilish imkoniyatlari aniqlanadi.
O‘qotar qurolning amaliy sozligini aniqlashda uning holati hisobga 
olinadi, ayrim hollarda uning ba’zi jangovar xossalari unchalik 
ahamiyatga ega bo‘lmasligi mumkin. Masalan, snaryadlarning sochilishi 
yoki o‘qotar qurol otishining g‘ujligi quroldan yaqin masofada o‘q 
otilishida unchalik ahamiyat kasb etmaydi, ammo shu bilan birga, 
berilgan o‘qotar quroldan nishonga olib o‘q otish imkoniyatini 
aniqlashda hisobga olinishi zarur. 
O‘qotar qurolni amaliy soz deb hisoblash uchun, uning barcha 
tarkibiy qismlari yetarli va to‘g‘ri yig‘ilgan hamda o‘zaro to‘g‘ri 
ishlaydigan, katta nuqsonga ega bo‘lmasligi kerak. O‘qotar qurolni 
texnik nosoz deb hisoblash uchun esa, shu qurolni tayyorlashga 
qo‘yilgan texnik standart talablardan sal chekinish yetarli bo‘ladi. 
O‘qotar qurollarning nuqsonlari ikki turga ajraladi: qurol 
mexanizmlarining ishlashiga ta’sir ko‘rsatuvchi va unga ta’sir 
ko‘rsatmaydigan nuqsonlar. O‘qotar qurolda har qanday nuqsonning 
mavjud bo‘lishi, bu qurolning texnik talab va qoidalardan chetlashishini 
bildiradi va har qanday nuqsoni bo‘lgan qurol texnik nosoz hisoblanadi. 
Ta’kidlash joizki, alohida tarkibiy qismlarining noto‘g‘ri yig‘ilishi 
tufayli, bu qismlar va mexanizmlarning noto‘g‘ri ishlashi oqibatida 
buzilgan o‘qotar qurollarni texnik nosoz deb hisoblamaslik kerak. 
O‘qotar qurolning texnik sozligi yoki nosozligini aniqlash kriminalistik 
ma’noda mustaqil vazifa hisoblanmaydi. O‘qotar qurol yoki jangovar 
o‘q-dori daliliy ashyo hisoblangan u yoki bu holatlarda, tergovchi yoki 
sudni, ushbu qurolni amaliy mo‘ljallangan maqsadda ishlatilish 
imkoniyatlari qiziqtiradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, ma’lum bir o‘qotar 
quroldan, shu qurol otishga mo‘ljallangan snaryadlar bilan ko‘p marta 
otish imkoniyati mavjud bo‘lsa, bu qurolni otish uchun yaroqli deb 
tushunish mumkin. Bunga qurolning muayyan nosozliklari mavjud 
bo‘lganida, o‘q otilishi mumkinligi ham kiradi. Binobarin, texnik 
jihatdan nosoz bo‘lgan qurol otish uchun yaroqli bo‘lishi mumkin.


 107 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin