Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Аханов
 
В
.
С
.
Криминалистическая
экспертиза
огнестрельного
оружия
и
следов
его
применения
. — 
Волгоград
, — 1979. — 
С
.102. 


 98 
Standart qurollarning guruhiy taalluqliligini va nomerini aniqlash
.
Qurolning rusumi, kalibri va nomerini aniqlash uni tadqiqot obyekti va 
eng avvalo daliliy ashyo sifatida yanada to‘liqroq tavsiflash uchun kerak 
bo‘ladi. Ko‘p hollarda, olishda va dastlabki tadqiqotlar jarayonida 
rusumi noto‘g‘ri aniqlangan birorta qurolning rusumini aniqlash zarurati 
tug‘iladi. Bu kabi takroriy tadqiqotlar jarayonida nafaqat qurolning o‘zi, 
balki uning fotosuratini tadqiq etishga to‘g‘ri keladi. 
Ekspertizaga taqdim etilgan standart yoki o‘zgartirilgan qurolning 
rusumi, kalibri va nomeri, qurolning alohida qismlarida mavjud bo‘lgan 
va ushbu xususiyatlarni ifodalovchi markirovka belgilari orqali 
aniqlanadi. 
Qurollarni tadqiq qilishda, barcha turdagi qurollarda ularning rusumi 
va kalibrini ifodalovchi markirovka belgilari yozilishini hisobga olish 
zarur. Rossiya Federatsiyasidv ishlab chiqarilgan ayrim standart jangovar 
va sport qurollaridagina bunday markirovka belgilari yozilmagan. 
Qurolning rusumini ifodalovchi belgilar to‘pponchalarning kojux–
zatvorlari va asoslari (ramkalari)da, revolver va miltiqlarning stvollarida 
shtamplash yoki o‘yiq usulda tushiriladi. Qurollarni ishlab chiqargan 
firmalarning tovar belgilari yoki yorliq (kleyma)lari to‘pponcha va 
revolverlarning dastasi yuzachalariga harfli monogrammalar shaklida 
o‘yib tushiriladi va mahkamlanadi. 
Markirovka belgilari bo‘lmagan qurollarning rusumini aniqlash 
uchun tegishli o‘lchashlar o‘tkaziladi. Jumladan, bunday qurollarning 
uzunligi va og‘irligi, stvol kanalining uzunligi va kalibri o‘lchanadi. 
Agar qurolning stvoli narezli bo‘lsa, u holda, narezlarning miqdori va 
yo‘nalishi aniqlanadi. O‘lchashlar natijalari va aniqlangan yorliq 
(kleymo)larning mazmuni mos tur va kalibrdagi qurollarning 
ma’lumotlari berilgan jadvallar bilan solishtiriladi. Bundan tashqari, 
tekshirilayotgan otuvchi qurilma qurollar kolleksiyasidagi qurollar 
turlari, turli rusumdagi qurollarning maxsus albomlar, yo‘riqnomalar va 
boshqa adabiyotlardagi tasvirlari bilan solishtiriladi. Tekshirilayotgan 
qurolning rusumi bu qurol bilan namuna qurolning shakli va o‘lchamlari, 
tuzilishi va ballistik xususiyatlari mos tushishiga ko‘ra aniqlanadi. 
Qurol kalibrini ifodalovchi markirovaka belgilari narezli qurollar 
stvolining orqa qismida va miltiqlarda stvol osti maydonchalarida 
qo‘yiladi. Ushbu belgilar narezli qurolarda millimetrlarda (5,6 
mm
; 7,65 
mm
; 9 
mm
) yoki oldida nuqta turadigan ikki yoki uch xonali raqamlarda 
dyyumning yuzdan yoki mingdan bir bo‘laklarida (0,45; 0,320) 


 99 
ifodalanadi. Miltiqlarda esa kalibrlarni ifodalovchi 32 gacha bo‘lgan 
butun ikki xonali sonlar, ushbu miltiqlarning turli qismlarida shtamplash 
usulida yoziladi. Odatda, bunday belgilar vertikal bo‘yicha cho‘zilgan 
romb ichda, uning yuqori qismida joylashadi. Bu rombning ichida, kalibr 
ostida stvolning torayishi (S — chok, S/2 — yarim chok) ifodalanadi. 
Uning yonida esa oddiy sochma o‘q shaklida stvolning diametri, 
patrondonning uzunligi va diametri millimetrlarda belgilanadi. Bundan 
tashqari, oddiy sochma o‘q ko‘rinishida miltiqning nomeri, seriya va 
ishlab chiqarilgan yili ko‘rsatiladi. 
Agar qurolning qismlarida kalibrni ifodalovchi yozuvlar bo‘lmasa, u 
holda uni o‘lchab aniqlash kerak. Narezli qurollarda narezlar maydonlari 
orasidagi diametri, stvol kanali og‘zining kesimi orqali o‘lchanadi. 
Ushbu o‘lchash natijasida olingan qiymatlar, ushbu quroldan otish uchun 
mo‘ljallangan patronlarning turi va namunasini hisobga olgan holda, 
maxsus adabiyotlardagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi. 
Ov miltiqlarining ichki diametri miltiq stvolining orqa qismidan 220 
mm 
masofada maxsus o‘lchov asbobi — «zvestka» bilan o‘lchanadi. 
Millimetrlarda olingan chiziqli qiymatlardan kalibrlarning chiziqli va 
an’anaviy qiymatlari moslashtirilgan jadvallar orqali tekshirilayotgan 
miltiqni an’anaviy kalibri aniqlanadi. Turli mamlakatlarda ushbu 
moslashtirilgan jadvallar turlicha bo‘lganligi uchun, tekshirilayotgan 
miltiqning tayyorlangan joyini aniqlab olish kerak. Ov miltig‘ining 
kalibrini, ularning stvoliga patron solib aniqlash osonroq. Chunki, barcha 
patronlarda ularning kalibrlari har doim ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
Tekshirilayotgan o‘qotar qurollarning markirovka belgilari, ayniqsa 
nomerlarini aniqlashda, qurollarning tashqi sirtlarida emas, balki ichki 
qismlarida ham yozilishini yodda tutish lozim. Qurollarning ichki 
qismlarida qurol nomeri to‘laligicha emas, balni uning oxirgi ikki raqami 
ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Agar tekshirilayotgan qurolning tashqi 
sirtida nomer belgilari bo‘lmasa, ular turli usullar bilan o‘chirib 
tashlangan bo‘lsa, u holda nomerlarni qurol ichki qismlarining turli 
sohalaridan aniqlash mumkin. Qurolning turli qismlarida nomer 
belgilarining har xil bo‘lishi, ushbu qurol yig‘ilayotganda, turli 
qurollarning alohida qismlaridan foydalanilganidan dalolat beradi. 
Egov, qumqog‘oz yoki charxlash asbobi yordamida o‘chirilgan 
nomer belgilarini kimyoviy yoki elektrokimyoviy usullar bilan aniqlash 
mumkin. 


 100 
Birorta o‘qotar qurolning rusumi, turi, kalibri va nomeri nafaqat 
yaxlit qurolni, balki qurolning ayrim qismlarini tekshirib ham aniqlanishi 
mumkin. Jinoyat sodir etishda ishlatilgan yoki o‘g‘irlangan o‘qotar 
qurollarning alohida qismlaridan aniqlangan rusumi yoki nomeri ushbu 
qurolning o‘zini qidirib topishda katta ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin