103
O‘qotar qurolning texnik holati
— bu o‘qotar qurol va uning alohida
tarkibiy qismlari belgilarining, ularni tayyorlashda qo‘yilgan
texnik
standart talab va qoidalariga mos kelish yoki kelmasligi tushuniladi.
O‘qotar qurol texnik holatini tavsiflovchi statik belgilar sirasiga
quyidagilar kiradi:
— qurolning tuzilishiga quyilgan texnik talablarda belgilangan
barcha qism va mexanizmlarning mavjudligi yoki ular ayrimlarining
bo‘lmasligi;
— alohida tarkibiy qismlarning joylashishi — o‘qotar qurolning
to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yig‘ilganligi;
— tarkibiy qismlarning saqlanganligi, ya’ni, ularning butunligi yoki
ayrim nuqsonlarning mavjudligi, qismlar sirti (xromlash) qoplama-
larining butunligi
yoki shikastlanganligi, korroziyaning mavjudligi yoki
yo‘qligi, alohida qismlar shaklining to‘g‘riligi yoki deformatsiyasi
(egilish, shishib qolish); o‘lchamlarning to‘g‘riligi yoki ularning
o‘zgarganligi (yeyilishlar).
O‘qotar qurolning texnik holatini ifodalovchi dinamik belgilar:
— alohida qismlar mahkamlanishining lyuftlari;
— o‘qotar qurol qismlari o‘zaro harakatining to‘g‘riligi.
O‘qotar qurolning jangovar xossalari
deganda, bu qurolning otish
uchun yaroqliligi, otilgan o‘qning uchish tezligi, o‘q otilishining haqiqiy
uzoqligi, uning kinetik energiyasi (o‘qning zarar yetkazuvchi kuchi),
o‘qning zarar yetkazuvchi ta’siri, sochma o‘q
yoki kartech kabi snaryad
bilan otuvchi qurollar uchun bu snaryadlarning g‘ujligi kabi xususiyatlari
tushuniladi.
O‘q otishga yaroqlilik
deganda, ma’lum bir quroldan,
shu qurol
otishga mo‘ljallangan snaryadlar bilan ko‘p marta otish imkoniyati
tushuniladi. Bunga qurolning muayyan nosozliklari mavjud bo‘lganida
o‘q otilishi mumkinligi ham kiradi. Bundan texnik jihatdan nosoz
bo‘lgan qurol otish uchun yaroqli bo‘lishi mumkin degan xulosa kelib
chiqadi. Masalan, yelkaga osib yurish uchun mo‘ljallangan tasmani
mahkamlash uchun birgina halqasi (antabka) bo‘lmagan
qurol texnik
nosoz hisoblanadi, ammo u otish uchun yaroqli bo‘lishi mumkin.
Ammo otish uchun yaroqsiz bo‘lgan har qanday qurol texnik
jihatdan nosoz hisoblanadi. Shuning uchun texnik sozlik va otish uchun
yaroqlilik tushunchalarini aralashtirib yubormaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: