80
21-rasm.
Jangovar o‘q-dorilarning tuzilishi:
A
⎯
silliq stvolli ov miltiqlarining patroni: 1—flanes; 2—yondiruvchi tuynuk;
3—gilzaning korpusi; 4—prokladka; 5—pij; 6—parafin; 7—stvol og‘zi
kesimi; 8—prokladka; 9—sochma o‘qlar; 10—porox zaradi; 11—sandon;
12
⎯
yondiruvchi–kapsyul; 13—gilza tubi; B
⎯
vintovka patroni: 1—o‘qning
asosi; 2—o‘qning qobig‘i; 3—o‘qdagi kanavka; 4—gilzaning og‘zi;
5—gilzaning qiya qismi; 6—gilzaning korpusi; 7—porox zaradi; 8—gilza-
dagi aylana ariqcha; 9—gilza flanetsi; 10—gilzaning tubi; V
⎯
aylana jang
kapsyulli patron: 1—flanetsning cho‘ntakchasi; 2—yondiruvchi tarkib; 3—
porox zaradi; 4—o‘q; 5—yetakchi hoshiyalar (kamarcha)lar; 6—gilzaning
korpusi; 7—gilza flanetsi.
Shakliga ko‘ra gilzalar silindrsimon, butilkasimon, konussimon
bo‘ladi. Gilzaning qalpoqchasi yonida halqasimon ariqcha bo‘ladi. Ba’zi
gilzalar qalpoqchasining diametri korpus diametridan kichikdir: bunday
gilzalar qirrasiz gilzalar deyiladi. Agar qalpoqchaning diametri korpus
diametridan katta bo‘lsa, qirrali gilzalar deyiladi.
Silindrsimon
gilzalarning ba’zilarida o‘qni gilzaga mahkamlash uchun turli shakldagi
(aylanasimon, sigmentsimon va hokazo) maxsus o‘yiq ariqchalar qilinadi
(kannelyura). Butilkasimon gilzalarda korpusning qiya qismi va gilza
og‘zi mavjud (22-rasm).
Markaziy jang patroni gilzasining tubida sandonli va yondirish
tuynukli uyacha bor. Ba’zi ov patronlarining
gilzasida kapsyullar uchun
maxsus teshiklar mavjud. Gilzalarning tagida markirovka belgilari
bo‘ladi.