Butilkasimon (a) va silindrsimon (b) gilzalarning asosiy
elementlari:
1—gilzaning og‘zi kesimi; 2—idish (korpus); 3—gilzaning og‘zi;
4—gilzaning qiya qismi; 5—gilza kannelyurasi; 6—gilzaning tubi;
7—gilza kanavkasi; 8—gilza flanetsi.
Snaryad
— patronning qurol stvoli kanalidan uloqtirib
yuborilayotgan shikastlovchi elementidir (o‘q, sochma o‘q, kartech).
O‘q
— silindrsimon yoki soqqasimon snaryadlardan iborat.
Silindrsimon o‘qlarda bosh va yetakchi qismlar mavjud. Ba’zi bir oraliq,
vintovka va kichik kalibrli patronlarning o‘qlarida orqa qism ham
bo‘ladi. O‘q bosh qismining yuqorisi o‘qning uchini tashkil etadi (23–
rasm).
23-rasm.
O‘qning tashqi tuzilishi elementlari:
1—o‘qning bosh qismi; 2—o‘qning yetakchi qismi; 3—o‘qning orqa
qismi; 4—o‘qning tubi.
82
O‘qlar shakliga ko‘ra o‘tkir (konussimon), yumaloq (yarimsferik) va
o‘tmas (yassi) uchli bo‘ladi (24-rasm). O‘qning yetakchi qismi uning
tubi bilan tugaydi. O‘qning tubi yassi, qabariq va botiq bo‘ladi. O‘qning
yetakchi qismida halqasimon chuqurcha bo‘ladi. U o‘qni gilzaga
mahkamlash uchun xizmat qiladi.
24-rasm.
O‘qni bosh qismining shakllari:
1—o‘tkir uchli; 2—dumaloq; 3—yarim sferik; 4—yassi
(o‘tmas uchli).
Bundan tashqari, narezli qurollar uchun qo‘rg‘oshin o‘qlarda
yetakchi hoshiyalar (kamarcha)lar ham mavjud. Tuzilishiga ko‘ra o‘qlar
qobiqli, yarim qobiqli va qobiqsiz (yaxlit) o‘qlarga ajraladi (25-rasm).
25–rasm.
Qobiqli o‘qlarning tuzilishi:
1—qobiq; 2—qo‘rg‘oshin asos; 3—metall o‘zakcha;
4—qo‘rg‘oshin ko‘ylak.
83
Qobiqli o‘qlar
asos va o‘qning bosh va yetakchi qismini qoplab
turuvchi qobiqdan iborat bo‘ladi.
Yarim qobiqli o‘q
asos va o‘qning faqat
yetakchi qismini qoplab turuvchi qobiqdan iborat.
Qobiqsiz o‘q
yaxlit
birorta metalldan yasaladi. O‘qning qobig‘i jez, melxior va tompak bilan
qoplangan po‘latdan yasaladi. O‘qlarning asosi qo‘rg‘oshindan yoki
po‘latdan bo‘ladi. Ko‘pincha po‘lat asosli qobiqli o‘qlarda, qobiq bilan
asos orasiga qo‘rg‘oshin (ko‘ylak) quyiladi. Qobiqsiz o‘qlar ba’zida
temir asosli metallokeramik eritmadan yasaladi. Qo‘rg‘oshini boshqa
metall bilan almashtirilgan o‘qlar
surrogativ o‘qlar
deyiladi.
Yondiruvchi o‘qning tarkibi yonganda yuqori haroratga ega bo‘ladi,
trasserlovchi o‘q esa havoda yorqin, yorug‘ iz qoldirib uchadi, portlovchi
o‘q esa portlaydi.
Harbiy patronlarning o‘qlari oddiy (yengil, og‘ir) va maxsus (zirh
teshuvchi, zirh teshuvchi–yondiruvchi, trasserlovchi, portlovchi,
yoruvchi va hokazo) o‘qlarga bo‘linadi
.
Maxsus o‘qlar masofali va urilganda ishlovchi turlarga ajraladi.
Masofali o‘qlar portlovchi mexanizmga ega va ular muayyan masofani
uchib o‘tgandan keyin ishlaydi. Urilganda ishlovchi o‘qlarning
portlovchi mexanizmlari esa nishonga urilganda ishlab ketadi.
Masofali o‘qlarning maxsus tarkibiga oq fosfor qo‘shiladi. U o‘q
otilganda, o‘qning tubidagi maxsus tuynukdan havo kirishi natijasida
yonadi. Urilganda ishlovchi o‘qlarda ular to‘siqqa urilganda ishlab
ketuvchi boyokli mexanizm mavjud bo‘ladi, bunday o‘qlarning maxsus
tarkibi shu mexanizmning boyogi bilan urilib yonib ketadi. Zirh
teshuvchi o‘q qobiqli va uchli asosi po‘latdan iborat. O‘q qattiq to‘siqqa
urilganda, uning asosi inersiya tufayli qobig‘ini teshib o‘tadi va to‘siq
ichiga kirib ketadi. Yoruvchi o‘qlar esa yarim qobiqli va yassi uchlidir.
Bu o‘q to‘siqqa urilib uning ichiga kirganda u qismlarga ajralib ketadi.
Qobiqlari yeyilib ketgan, atayin qobig‘i arralangan, egovlangan yoki
ba’zida notekis qirqilgan qirqma miltiq stvolidan otilgan o‘qlar xam
xuddi shunday xususiyatga ega bo‘ladi.
Maxsus o‘qlarning uchiga turli xil rangdagi maxsus belgilar
qo‘yiladi.
Stvollari narezli qurollarning patronlaridagi o‘qlar gilzalarga
qo‘zg‘almas qilib o‘rnatiladi. O‘qlarni gilzalarga mahkam joylashtirib,
aylanma siquv, kernlash va hokazolar orqali o‘rnatiladi. Mahkam
joylashtirish usulida o‘q gilzaga mustahkam kiritib qo‘yiladi, bunda gilza
o‘qning silindrsimon qismini har tomondan bir tekisda siqib turadi.
Aylanma siquv usulida esa o‘qlardagi mavjud ingichka ariqchalarga
84
gilza og‘zi yoki sirtining chetlari kirgizib qo‘yiladi. Aylanma siquv
aylanasimon, segmentsimon yoki uzilgan chiziqlar (punktir) ko‘rinishida
bo‘ladi. Kernlashda esa gilzaning og‘iz qismi va o‘qda o‘zaro bir xil
masofada joylashgan ikki–uch chuqurchalar qoldiradigan maxsus
moslama — puanson yoki kernerlar yordamida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |