Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Qaytargich

Turli rusumdagi to‘pponchalar 
qaytargichlarining 
mavjudligiga, miqdoriga va joylashishiga ko‘ra ham farqlanadi. Ko‘plab 
rusumli to‘pponchalarda qaytargich to‘pponcha asosining chiqib turuvchi 
qirrasidan, ba’zi hollarda esa magazin yoki boshqa qismining qirrasidan 
iborat bo‘ladi. Ba’zi qurollarda esa prujinali qaytargich bo‘ladi. Ba’zida 
qaytargichning vazifasini boyok bajaradi. 
Loja va ramka

Loja va ramka 
qurolning qismlari va tugunlarini 
mahkamlash uchun xizmat qiladi. Lojalar (vintovka, miltiq, avtomat) 
yog‘ochdan tayyorlanadi va dasta, bo‘yin va qo‘ndoqdan iborat bo‘ladi. 


 73 
Avtomat lojalari metalldan tayyorlanadi va yig‘iluvchi bo‘ladi. Miltiq 
lojalari ajraladigan dastaga ega. To‘g‘ri bo‘yinli lojalar inglizlar lojasi 
deyiladi, egilgan bo‘yinli va chiqib turuvchi qirrali lojalar — to‘pponcha 
lojasi deyiladi. Ko‘plab vintovka, karabin va avtomatlarda stvollarga 
nakladkalar qotiriladi. 
To‘pponcha va revolverlar uchun ramkalar metalldan yasaladi. 
Ularga plastmassa, yog‘och, suyak va hokazolardan yuzachalar 
yopishtiriladi. Ba’zi to‘pponchalarda yuzalar va ularni yopishtiruvchi 
dastaning devorlari yaxlit plastmassa yoki yog‘och qismga birlashtirilgan 
bo‘ladi. 
Magazinlar

Magazin 
qurolga oldindan mo‘ljallangan patronlar 
zaxirasini joylashtirish va ularning patrondonga jo‘natilishiga zarur 
holatda ushlab turish uchun xizmat qiladi. 
Magazinlar olinuvchi va doimiy, ya’ni asosning ajralmas qismi 
hamda qurolning mustaqil qismi bilan o‘qlanadigan bo‘ladi. 
Magazinning asosiy qismlari: qopqoqli quti, magazin ichiga o‘rnatilgan 
uzatuvchi mexanizm va uning prujinasidan iborat. Olinuvchi 
magazinlarda patronlar qutining lablari bilan ushlab turiladi. Doimiy 
magazinlarni o‘qlashning qulayligi uchun oboymalar xizmat qiladi. 
Oboymalarning chetlari patronlarni ushlab turish uchun egilgan va ular 
bir nechta (5 — 10) patronni ushlab turadi. Ayrim rusumdagi o‘qotar 
qurollarda magazinlar qo‘shimcha saqlagich vazifasini ham bajaradi. 
Magazinlar ularda patronlarning joylashishiga qarab bir qatorli 
(patronlar bir qator joylashadi) va ikki qatorli (patronlar ikki qator 
joylashadi) bo‘ladi. Magazinlarning sig‘imi qurolning rusumiga qarab 
aniqlanadi va 5–20 patrondan iborat bo‘ladi.
Olinadigan magazinlar to‘pponchaning dastasida joylashadi va 
ilmoqcha bilan ushlab turiladi. Magazinning ushlab turuvchi ilmoqchasi 
uning tubida yoki dastaning orqa tomonida, to‘pponcha asosidagi 
magazin uyasi va tepkining saqlovchi halqasi orasida, magazinning 
pastki chap tomonida, shuningdek, qurolning boshqa joylarida 
o‘rnashadi. 
Revolverlarda magazin vazifasini aylanuvchi mexanizmli baraban 
bajaradi. Baraban revolver asosida joylashadi va qo‘yib yuborish 
ilmog‘iga qotirilgan bo‘ladi.
 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin