Turgunboev abdusamat farxodovich



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə6/20
tarix16.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#131141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Turg\'unboyev Abdusamat

Subyektiv omillar:

Obyektiv omillar:

  • korxonadagi mehnat sharoitlarini mavjudligi (maishiy xizmat, oziq- ovqatni tashkil etilishi, zamonaviy texnologiya mavjudligi, madaniy ishlar umumligi, sport komplekslarni mavjudligi va hokozo.)

Har bir korxonada ijtimoiy fikrning shakllanishi korxonani rivojlanishi, uni taraqqiy topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda ya’ni bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy fikr bilan aloqador, xabardor har bir korxona rivojlanib takomillashib jahon standarti darajasida tovar ishlab chiqarishga harakat qilyapti. Ijtimoiy fikr bilan yaqindan xabardor bo‘lgan har bir korxona rahbari o‘tish davridan qiyinchiliklarga bardosh berib, ijobiy siljishlarga ega bo‘lyapti.
Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi – ijtimoiy guruhlarning mavjud ijtimoiy voqelikka nisbatan baholovchi munosabatining shakllanishi va amal qilishi qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.
O‘zbekistonda jamoatchilik fikrini o‘rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. 1997 yilda "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining ish boshlanganligi bu sohadagi imkoniyatlarni, ijtimoiy fikrni tabiiy o‘rganish bilan shug‘ullanyotgan sotsiologik tadqiqot markazalari va xizmatlarining muvofiqlashtirish imkoniyatin bermoqda.
Bugungi kunga kelib jamoatchilik fikrini o‘rganish va tegishli xulosalar chiqarishda ilmiy manbaalarga murojaat qilishimiz zarur. Mazkur masalada jamiyatshunos olimlarning faoliyati va ilmiy ishlari natijasida jamoyatchilik fikrini o‘rganishga doir yo‘nalishlar belgilab berilgan.
Jamoatchilik fikri – tizimlar rivojlanishi va funksional qonuniyatlarini, harakatlantiruvchi kuchlarini o‘rganuvchi sohadir. U turli ijtimoiy xodisalar jamiyat va tabiat o‘rtasidagi aloqadorlikni, shuningdek, shaxs kishilarning ijtimoiy hulqi, uning elementlari va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Hozirgacha jamiyat hayotini sotsiologik jihatdan tadqiq qilish asosan, ikki yo‘nalishda rivojlanib keldi. Birinchi yo‘nalish: O.Kontdan fransuz sotsiologi E.Dyurkgeym orqali rivojlantirgan amerikali sotsiolog T.Parsonslarning sotsiologik ta’limoti. Bu yo‘nalishda ijtimoiy tizim o‘zgarishi tashqi kuchlar orqali tushuntirilib, ko‘prok psixologik omillarga e’tibor berilgan.
Mamlakatimiz olimlari tomonidan ham ijtimoiy fikr jarayonlariga nasbatan ilmiy tushunchalar berish bo‘yicha ko‘plab olimlar hamda ilmiy tadqiqotchilar tomonidan tadqiqotlar o‘tkazilgan. Bugungi kunda mamlakatimizdagi o‘zgarishlar va amalga oshirilayotgan isloxotlardan kelib chiqib, mahalliy olimlar ijtimoiy ishni turlicha e’tirof etadilar34.
- Sotsiologiya fanlari doktori, professor Ganieva M.X “Ijtimoiy ish asoslari” metodik qo‘llanma;
- Bekmurodov M.B, Karimov B.Sh. “Mehr tushunchasining ijtimoiy munosabatlarni konsensus darajasida yuksaltirishdagi roli”;
- Mansurova O. Oila ma’naviyati – milliy g‘urur;
- Abduraxmonova M.M. “Ta’limda bolalarni ijtimoiy faoliyatini rivojlantirish orqali xayotga tayyorlash” o‘quv-uslubiy majmua;
- Abduraxmonova M.M, Akramov O, Egamberdiev F.A “Xavf guruhiga mansub bolalar bilan profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy ish mexnizmlari”;
- Mannopov S. “Ijtimoiy ish xodimining etikasi va qadriyatlari” o‘quv-uslubiy ko‘rsatma35 shular jumlasidandir.
G‘arb va Amerika sotsiologiyasida ijtimoiy tizimning muxitdagi «muvozanati»ni saqlashga asosiy e’tibor qaratiladi. O.Kont va Dyurkgeym sotsiologik qarashlarga asoslanib, jamiyatning bir butunligi uning «ijtimoiy muhitdagi doimiy muvozanati», ichki va tashqi ta’sirini muvofiqlashtirish – sotsiologiyaning asosiy vazifasi qilib belgilangan. Umuman, ijtimoiy tizim tarkibidagi o‘zgarish va integratsiya sifatidagi Parsonsning funksional sotsiologik ta’limoti muvozanati to‘g‘risidagi nazariyadir.
Marksizm sotsiologiyasida esa ijtimoiy tizimning o‘zaro ziddiyatlik xarakteri «muayyan muvozanatdan og‘ish» emas, balki ularning (ijtimoiy tizimining) tarkibiy tuzilish mohiyati, qonuniyatli ichki rivojlanishning zaruriy natijasidir. Ijtimoiy tizimlar mohiyatini bunday tushunish – jamiyatda ichki ijtimoiy ziddiyatlar (konfliktlar), sinfiy kurashlar ro‘y berishi va ular jamiyat rivojlanishining asosiy mohiyatini, belgilashni anglatadi.
Mehnat jamoasi – faoliyat sub’ekti. Ishlab chiqarish munosabatlari (mustaqillik, o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash, o‘z fond va mablag‘larini idora qilish va xokazo.) ko‘p xollarda jamoa a’zolarining istaklariga xilof ravishda yuzaga keladi. Lekin boshqarish, rivojlanish, vositalarni qo‘llash ishlab chiqarish qatnashchilarining ixtiyoriy-ongli faoliyati tufayligina sodir bo‘ladi. Mehnat birlashmalari qatnashchilarining ishlab chiqarishning natijalari, sharoitlari va vositalariga faol munosabatlari ishlab chiqarish qatnashuvchilariga tegishli ravishda so‘nggilari ishtirok etadilar. Bu xolda mehnat jamoasi ishlab chiqarish munosabatlarining sub’ekti bo‘la boshlaydilar. Jamoa a’zolarining qanchalik egalik qilish xissi kuchlirok bo‘lsa, ularning mulk va o‘z-o‘zini boshqarish oliygoxida mustaxkamlangan mehnat va ijtimoiy faolligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Mulk va o‘z-o‘zini boshqarish oliygoxi bir kishining boshqa bir kishilar tomonidan davlat apparati yordamida boshqaruvidan farqli o‘larok, xar bir ishchida mashinalar va jixozlar, еr va energiya tashuvchilar va xokazo. Xo‘jalik munosabati bilan foydalanishga shaxsiy manfaatdorlikni yuzaga keltiradi.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin