Turgunboev abdusamat farxodovich


Birinchi bob bo’yicha xulosalar



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə8/20
tarix16.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#131141
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Turg\'unboyev Abdusamat

Birinchi bob bo’yicha xulosalar
Mazkur bobda jamoatchilik fikri tushunchasining ilmiy asoslari o‘rganildi. Uning falsafiy jihatlariga, mazmuni va mohiyatiga ahamiyat bergan holda amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishib chiqildi. Ushbu tushunchalardan biz o‘z maqsadimizga asoslangan holda foydalanish usullari bilan tanishib chiqdik. Jamoatchilik fikri bilan ishlashda aholining har bir qatlamiga alohida yondashish lozimligini, ilmiy nazariy tushunchalarga asoslangan holda ijtimoiy munosabatlar o‘rnatish va fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini to‘g‘ri baholash mezonlarini ishlab chiqdik. Ushbu asoslar dissertatsiya ishimizga nazariy asos yaratib beradi.
II BOB. MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA IJTIMOIY SIYOSATNING DOLZARB VAZIFALARI VA UNI HAL ETISH YO‘LLARI


2.1. O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy himoya qilish tamoyillari va ijtimoiy siyosat yo‘nalishlari

Ijtimoiy himoya – keng ma’noda – mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor ma’noda –davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan еtarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko‘makka muhtoj fuqarolar to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining to‘xtovsiz yaxshilanishini ta’minlash, aholi qatlamlarining ta’lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta’minlashga yordam berishdan iborat. Ijtimoiy himoyaning asosiy yo‘nalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat ko‘rsatishni ta’minlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, o‘qish va bilim olish; daromadlarning kafolatlanishi; har bir fuqaroning o‘z iqtisodiy faoliyatida daromadga ega bo‘lishi; iste’molchilar himoyasi, iste’molchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, iste’mol kafolatini ta’minlash; aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish; ijtimoiy ta’minot tizimi va aholining muhtoj, kam ta’minlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.44


O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlardan maqsad – inson va uning manfaatlari, farovonligini ta’minlash hamda insonni har tomonlama kamolga еtkazishdir. Bu maqsad birinchi marta 1990 yil 5 iyunda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan “O‘tmishdan saboq chiqarib, kelajakka ishonch bilan” deb nomlangan sobiq O‘zbekiston Kompartiyasining XXII s’ezdidagi ma’ruzasida “biz butun iqtisodiyotni ijtimoiy yo‘nalish baxsh etishni, unga insonga, uning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratishni o‘zimizning asosiy vazifamiz deb bilamiz”45 degan tarixiy ma’ruzasida o‘z mohiyatini topgan. Ushbu so‘zlar I.A.Karimov tomonidan mamlakatimiz mustaqilligi uchun kurash ayni qizigan paytda aytilgan, istiqbolda O‘zbekistonni mustaqil taraqqiy ettirishning bosh maqsadi qilib belgilab berilgan edi46.
Inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, turmush sharoitini yaxshilash, moddiy va ijtimoiy farovonligini oshirish uchun tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Bugungi kunda bu borada erishilgan natijalarni sarhisob qilsak, juda murakkab, o‘ta qaltis muammolarni hal etish uchun nihoyatda ulkan bunyodkorlik vazifalarning amalga oshirilganligiga guvoh bo‘lamiz.
Bugungi kunga kelib muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoevning taklif va tashabbuslari bilan “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmon mazmun-mohiyatiga ko‘ra o‘tgan davr mobaynidagi erishilgan yutuqlar hamda boy tajribaga asosan amalga oshirilgan ishlarning davomi sifatida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish, yangi tashabbuslar va loyihalarni amaliyotgan joriy qilish borasida ko‘plab takliflar o‘rganib chiqildi.
Ta’kidlash joizki, farmonga asosan aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy himoya sohasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdorini oshirish va qo‘shimcha resurslarni jalb qilish, ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish va oilalarni og‘ir hayotiy holatlardan olib chiqishga qaratilgan qo‘shimcha mexanizmlarni joriy etish yo‘nalishlarida izchil islohotlar amalga oshirish asosiy maqsad qilib olindi.47
Farmonga ko‘ra aholisini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi.
- ijtimoiy yordamga muhtoj va ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha oilalar va shaxslarni ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish;
- majburiy ijtimoiy kafolatlardan, shu jumladan ijtimoiy himoya turlaridan foydalanish imkoniyatini sohani raqamlashtirish hisobiga kengaytirish, ushbu jarayonga ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini joriy qilish;
- aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
- nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish hamda imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash;
- aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash;
- ijtimoiy xizmatlarni aholiga bevosita mahalla darajasida ko‘rsatish amaliyotini joriy etish borasidagi vazifalar belgilab olindi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi vazifalarni izchil davom ettirish maqsadida “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi” qabul qilindi. Bu borada keng xalq ommasi va soha mutaxassislarining fikrlari hamda rivojlangan mamlakatlar tajribalariga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi”, Taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihalari jamoatchilik muhokamasiga taqdim qilindi.
Taraqqiyot strategiyasining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Taraqqiyot strategiyasi loyihasi xalqimizning yuksak ishonch va e’tirofiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni saylovoldi dasturi, ya’ni “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” asari hamda Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida bayon qilingan maqsad va vazifalar asosida ishlab chiqilgan48.
El-yurtimiz biz boshlagan xalqchil islohotlarga bugun xayrixohlik va qat’iy ishonch bilan qarab, ularning hosili va samarasini tezroq ko‘rishni istamoqda. Ana shu haqli talabni inobatga olgan holda, biz Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqib, saylov jarayonida uni o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazdik.49
Bu muhim konseptual hujjatda islohotlarimizning uzviyligi va davomiyligini ta’minlash maqsadida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g‘oya va bosh mezon sifatida kun tartibiga qo‘yildi.
Taraqqiyot strategiyasida yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat etib belgilanmoqda va u milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab beradi. Bunga yaqqol misol Taraqqiyot strategiyasi “inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil asosida ishlab chiqilgan.
Taraqqiyot strategiyasi 94 ta milliy maqsadlarni qamrab olgan quyidagi еttita ustuvor yo‘nalishdan iborat:
birinchi, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
ikkinchi, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
uchinchi, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash;
to‘rtinchi, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
beshinchi, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;
oltinchi, umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda еchim topish;
yettinchi, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.
Taraqqiyot strategiyasini har bir ustuvor yo‘nalishi nomlanishidan boshlab, mazmun-mohiyatigacha Inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan. Hususan, ustuvor yo‘nalish sifatida "inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” ekanligiga urg‘u berilgan. Shuningdek, “adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlan-tirish” belgilanmoqda.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, - “inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashni nazarda tutamiz”50.
Hammamiz yaxshi tushunamiz, agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi – ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, ya’ni, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy g‘oyalarni mujassam etadigan kuchli ma’naviyatga tayanamiz.51
Taraqqiyot strategiyasining yana bir yangi ustuvor yo‘nalishi sifatida “umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda еchim topish” belgilanmoqda. Bugungi kunda insoniyat ko‘plab umumbashariy muammolarga duch kelmoqda va ularga еchim topish nihoyatda dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Bunday muammolarni hal etishda kuch va imkoniyatlarni birlashtirish, bu boradagi barcha sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirish lozim. Bu esa, o‘z navbatida, kelajagimiz qiyofasini belgilaydigan global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi еchimlarini topish zarurligini anglatadi.
Shuning uchun ham Taraqqiyot strategiyasida aholi salomatligi va genofondiga ziyon еtkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish; ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish; ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini shakllantirish; xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi hamda samarali migratsiya siyosatini yuritish; “Vatandoshlar” jamoat fondi orqali xorijiy davlatlardagi yurtdoshlarimiz bilan doimiy va samarali aloqalar o‘rnatish; pandemiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini oshirish kabi global ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlar belgilanmoqda. Xulosa qilib aytganda, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi” - inson qadrini ulug‘lashga xizmat qiladi.52
Dissertatsiya mavzusini mazkur qismini yoritishda Farg‘ona viloyati misolida aholini ijtimoiy himoya qilish borasida ayrim statistik ko‘rsatkichlarga to‘xtalib o‘tdik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hukumati tomonidan qabul qilingan ko‘plab qaror va farmonlarning hududlarda ijrosi etilishi va bu borada amalga oshirilgan ishlardan amaliy natija sifatida foydalandik. Mazkur ma’lumotlar Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan rasmiy e’lon qilinganligi va Farg‘ona viloyatini istiqboldagi rejalari uchun asos bo‘lib xizmat qilishi alohida e’tiborga sazovor.
Aholi bandligini ta’minlash, ishsizlik darajasini qisqartirish borasida 2021 yil yanvar-noyabr oylarida jami 145 908 nafar fuqarolarni doimiy va 238 342 nafar fuqarolarni mavsumiy (takroriy ekinga еr berish orqali) ishlarda bandligi ta’minlandi. Jumladan,
- bandlik dasturi doirasida yaratilgan ish o‘rinlariga 37 745 nafar (109,7%);
- “mahallabay” tizimi orqali xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish hisobiga 17 128 nafar;
- bo‘sh turgan bino-inshootlardan samarali foydalanish hisobiga 2 354 nafar;
- bandlik xizmatlari ko‘rsatish (subsidiya, bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish, kasbga o‘qitish va boshqalar) orqali 88 681 nafar aholini bandligi ta’minlandi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida viloyatda 2021 yil yakuni bilan ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 bandga qisqartirilishiga erishildi.
Kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish jami 598,0 mlrd. so‘m (respublika byudjetidan 123,0 mlrd. so‘m, mahalliy byudjetdan
475,0 mlrd. so‘m) mablag‘lar ajratildi. Ushbu ynalishdagi ishlarimizni davom ettirgan holda 2022 yilda ham ehtiyojmand aholini ijtimoiy nafaqalar bilan keng qamrab olish ko‘zda tutilgan. Mazkur maqsadlarga 877,4 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltirishni maqsad qilib olganmiz (2021 yilga nisbatan 279,4 mlrd. so‘m ko‘p).
Shuningdek, 3 ta daftarga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, ularni moddiy tarafdan qo‘llab-quvvatlashga 2021 yilning 11 oyi davomida 153,2 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.
- “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaini yaratish, moddiy va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish borasida amalga oshirilgan ishlar hisobiga yanvar-dekabr oylarida 13 191 ta oilalar daftardan chiqarildi (25,3 mlrd. so‘mlik yordam ko‘rsatilgan). Ularning 10 279 nafar mehnatga layoqatli oila a’zolarini bandligi ta’minlandi.
- “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning jamiyatda faolligini oshirish, ularni bandligini ta’minlash va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida 1-bosqichda, 30 yoshdan yuqori xotin-qizlarning 47 554 nafariga (100%) 59,8 mlrd. so‘mlik, 2-bosqichda 52 540 nafar ayollarga 37,5 mlrd. so‘mlik jami 97,3 mlrd. so‘mlik yordamlar ko‘rsatildi.
Ayollarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 154 nafar xotin-qizlarga 2,2 mlrd.so‘m mablag‘ Respublika Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondidan dastlabki badal sifatida to‘lab berildi.
Shuningdek, 2022 yilda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash uchun 15,5 mlrd.so‘m subsidiya ajratiladi.
- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 80 ming 79 nafar yoshlarni kasb-hunar o‘rgatish, imtiyozli kreditlar, еr maydonlari va subsidiyalar ajratish hamda ijtimoiy-moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rilgan choralar natijasida 76,2 ming nafar (95,2 foiz) yoshlar daftardan chiqarildi. Tadbirkorlik istagida bo‘lgan yoshlarga tijorat banklari tomonidan 263,1 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratildi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, arzon uy-joylar qurish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash borasida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
1) joriy yilda Investitsiya dasturiga muvofiq 829,7 mlrd.so‘m mablag‘ doirasida jami 163 ta ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlarida pudrat tashkilotlari tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga еtkazilmoqda (788,2 mlrd.so‘mlik ishlar bajarilgan – 95%). Bugungi kunga qadar, 160 ta ob’ektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga еtkazildi. Qolgan 3 ta (2 ta maktab, 1 ta sog‘liqni saqlash) ob’ektlarni joriy yil 25 dekabrga qadar foydalanishga topshirish choralari ko‘rilmoqda.
2) “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 30 ta qishloq va 8 ta mahallaning arxitektura qiyofasini yangilash borasida 261,9 mlrd.so‘mlik ishlar bajarilib, ushbu qishloq va mahallalardagi 156,5 ming nafar aholini turmush sharoiti yaxshilandi.
3) viloyatda uy-joy bozori fondini yaratish, aholining uy-joylarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida joriy yilda jami 290 ta ko‘p qavatli 9129 xonadonli uy-joylar qurilishi ishlari olib borilmoqda. Jumladan,
- 2021 yil davlat Dasturi bo‘yicha 97 ta (2760 xonadon) uy-joylar qurilmoqda. Mazkur uylarni 87 tasi foydalanishga topshirildi;
- Davlatimiz rahbarining aholining barcha qatlamlarini uy-joy bilan ta’minlash, bu borada tanlash imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlaridan kelib chiqib, 2021 yilda ilk bor shahar va tumanlarda tajriba sifatida ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini xususiy pudrat tashkilotlarini jalb etgan holda amalga oshirdik.
Bu kutilgan natijani berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan joriy yilda 193 ta (6369 xonadonli) ko‘p qavatli uylar qurilishi amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunga qadar ushbu uy-joylarning 133 tasi foydalanishga topshirildi. Yangi yil bayrami arafasida yana 37 ta yangi ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshiriladi.
Misol uchun, massiv shaklida Bag‘dod tumani “Guliston” MFYda 61 ta (1236 ta xonadon), Farg‘ona shahrida 29 ta (980 ta xonadon), Oltiariq tumanida 9 ta (258 ta xonadon), Uchko‘prik tumanida 10 ta (250 xonadon), Buvayda tumanida 11 ta (380 xonadon) uylar foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Rishtonda (11 ta), Toshloqda (6 ta), Farg‘ona tumanida (38 ta), Qo‘qon shahrida (11 ta), Marg‘ilon shahrida (7 ta) qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi.53
Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va 2022 yil uchun belgilangan eng ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan murojaatnomasi”da qayd etilgan ma’lumotlarga asosan viloyatda kelgusida amalga oshirishi belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarga alohida to‘htalib o‘tildi.
2022 yilda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda olib boriladigan ishlarimizni ustuvor yo‘nalishlari va vazifalarini belgilab olishimiz zarur.
Birinchi navbatda, Davlatimiz rahbarining 2021 yil 6 noyabr kuni Prezidentlik lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqlarida qayd etilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishlar asosida ishlarni tashkil etishga asosiy e’tiborni qaratamiz.
Bunda, eng asosiy vazifamiz – “mahallabay” ishlash orqali kambag‘allikni hamda ishsizlikni qisqartirish, viloyatimizning 1055 ta mahallalariga tayinlangan “hokim yordamchilari”ga har tomonlama ko‘maklashish orqali mahallalarni kompleks rivojlantirishdan iborat bo‘ladi.
Biz ushbu lavozimga Respublika ishchi guruhi vakillari hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda “hokim yordamchilari” lavozimlari uchun 1 924 ta nomzodlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, eng salohiyatli 1 055 nafar nomzodlarni tanlab oldik.
Ma’lumot uchun: “hokim yordamchilari” bo‘yicha nomzodlar:
-712 tasi (67,5%) shahar va tuman darajasidagi (143 ta rahbar, 152 ta rahbar o‘rinbosarlari, 411 ta bo‘lim boshliqlari, va boshqa);
-101 tasi (10%) viloyat darajasidagi tashkilotlardan (1 ta rahbar, 10 ta o‘rinbosar, 71 ta bo‘lim boshlig‘i, 12 ta sho‘ba mudiri, 7 ta bosh mutaxassis) shakllantirilgan.
Bundan tashqari, ushbu lavozimida ishlash istagini bildirgan, tadbirkorlik sohasida еtarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan salohiyatli 129 nafar (12%) tadbirkorlar tanlab olingan.
“Hokim yordamchilari”ga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish hamda xalqimizni rozi qilish uchun ularga moliyaviy dastaklar berildi.
Ikkinchidan, viloyatimizda hozirgi kunda 163 ming nafar ishsizlar mavjud. Har yili o‘rtacha mehnat bozoriga 50-60 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. Ishsizlik darajasi So‘x (10,4%), Yozyovon (10,4%), Buvayda (10,3%) tumanlarida yuqoriligicha qolmoqda.
Hozirgi kundagi amalga oshirayotgan islohotlarimizning asosiy maqsadi ham mana shu ishsizlikni kamaytirish, aholi bandligini ta’minlash orqali ularni daromadlarini oshirish pirovard natijasi kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan bo‘lishi zarur.
Shundan kelib chiqqan holda, kelgusi yilda 152,9 mingta doimiy ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan,
1) Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan paxta va g‘alladan qisqartiriladigan еr maydonlarini 10 yil muddatga fuqarolarga ijaraga berish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Viloyatimizda kelgusi yilda 4863 gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartiriladi va bu orqali 35,0 ming nafar fuqarolarni bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi. Bunda, birinchi navbatda 3 ta daftarga kiritilgan oilalarning mehnatga layoqatli a’zolariga еr berib, ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi;
2) Qishloq xo‘jaligida mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, 2022 yilda hududlarda foydalanishga qaytariladigan va yangi o‘zlashtiriladigan 2,5 ming gektar еr maydonlari koperatsiya shaklida aholiga (10 sotixdan 1 gektargacha) dehqonchilik qilish uchun bo‘lib berish hisobiga 15,0 ming nafar fuqarolar bandligi ta’minlanadi;
3) Ishsiz 13,1 mingta fuqarolar jamoat ishlariga jalb etiladi, bunga jamg‘arma hisobidan 29,9 mlrd.so‘m yo‘naltiriladi;
4) Bandlik jamg‘armasidan 40,7 mlrd.so‘mlik subsidiya ajratish hisobiga 11,5 ming nafar fuqarolar bandligi ta’minlanadi. Shundan;
- 14,1 mlrd.so‘mlik subsidiya mablag‘lari hisobidan 4726 ta fuqarolarga issiqxonalar qurib berish hamda sug‘orish vositalari, urug‘lik va ko‘chatlar еtkazib berish orqali,
- 10,3 mlrd.so‘mlik subsidiya mablag‘lari hisobiga 2715 ta fuqarolarga asbob-uskunalar sotib olib berish,
- 16.3 mlrd.so‘m subsidiya ajratish hisobiga kooperativlar tashkil etish hisobiga 4054 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlanadi;
5) Kelgusi yilda 8,7 mingta yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish xususan, “hokim yordamchilari” tomonidan aholini tadbirkorlikka o‘qitish, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 900 mlrd.so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish hisobiga 22,6 ming nafar aholining bandligi ta’minlanadi;
6) Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida qiymati 7,1 trln.so‘mlik jami 791 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 28,3 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi;
7) Davlat ahamiyatidagi yirik 46 ta sanoat loyihalarida 7,3 mingta ish o‘rinlari tashkil etiladi;
8) O‘zini-o‘zi band qilish orqali 20,1 ming nafar aholini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali ularni ijtimoiy himoyasini ta’minlash va ularni rasmiy sektorda bandligini ta’minlashga erishiladi.
Yuqoridagi aytilgan ish o‘rinlari yaratilishiga shaxsan viloyat hokimining o‘rinbosarlari mas’ul bo‘ladi. Jumladan,
- viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari - 66,3 mingta;
- viloyat hokimining Investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - 31,6 mingta;
- viloyat hokimining Qurilish bo‘yicha o‘rinbosari – 4 mingta;
- viloyat hokimining Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari – 50 mingta;
-Viloyat hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari – 1,0 mingta doimiy ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlash bo‘yicha ish olib boradi.
To‘qqizinchidan, ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida:
1) Maktabgacha ta’lim tizimida 2022 yilda 33 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash;
- Farg‘ona, Quvasoy shaharlari, So‘x va O‘zbekiston tumanlaridagi 4 ta pedagogika kollejlarining bo‘sh turgan binolarida maktabga ta’lim tashkilotlarini tashkil etish,
- hududlarda 254 ta (250 ta oilaviy va 4 ta davlat va xususiy sherikchilik) asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish hisobiga 6840 nafar 6 yoshli bolalarni qamrab olish hisobiga qamrov ko‘rsatkichlari 85 foizga еtkaziladi.
Shuningdek, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish maqsadida 2022 yil davomida 250 ta ta’lim tashkiloti “autsorsing” va 47 ta ta’lim tashkiloti “keytering” tizimiga o‘tkaziladi.
2) Xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari holatini yaxshilash maqsadida viloyatdagi 25 ta (20 ta rekonstruksiya va 5 ta mukakmmal ta’mirlash) maktablarda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 147,3 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
O‘quvchilarni maktabga qatnash davomatlarini yaxshilash bo‘yicha mutlaqo yangi – davomatni nazorat qilish axborot tizimi joriy qilinadi.
O‘tgan yilgi o‘rganishlarimiz natijasida Qo‘qon shahrida davomat juda pastligi aniqlangach, ushbu Feys AyDi (o‘quvchilar davomatini yuzdan aniqlash) tizimini tajriba sifatida joriy qilgandik. Ota-ona - maktab - mahalla hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan ushbu tizim o‘zining yaxshi samarasini berdi. Davomat o‘sishi 15 foizni tashkil etdi.
Viloyatimizda ta’lim sifatini tubdan yaxshilash uchun xususiy maktablar sonini ko‘paytirish uchun Maxsus imtiyozli kredit dasturi ishlab chiqiladi, kreditning bir qismi uchun viloyat hokimligi kafilligi beriladi. Eng yaxshi natijalar qayd etgan xususiy maktablar uchun viloyat mahalliy byudjetidan subsidiyalar ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Ta’lim sohasida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda viloyatimizda tadbiq etish maqsadida viloyatimizning eng yaxshi o‘qituvchilaridan tashkil etiladigan delegatsiyalar xorijiy davlatlarga yil davomida viloyat hokimligi tomonidan tajriba o‘rganish va malaka oshirish uchun yuboriladi.
Kelgusi 2022/2023 o‘quv yili yakuni bo‘yicha har bir maktab dasturiga kiritilgan fan bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan o‘qituvchilar uchun viloyat hokimining maxsus ustamasi joriy etiladi. Bu ustama bir o‘quv yili davomida to‘lab boriladi, uning talablari hamda nizomi ishlab chiqilib, barcha pedagoglarga еtkaziladi.54
Aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan tizimlardan biri bu ta’lim tizimidir. Yosh avlodni tarbiyalash, vatanga muhabbat va iftihor tuyg‘ulari bilan shakllantirishda bevosita ta’lim muassasalarining o‘rni beqiyosdir. Jahonning rivojlangan mamlakatlari misolida ham ta’lim tizimiga e’tibor qaratish mazkur sohaning naqadar muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib beradi.
Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli aholining savodxonlik darajasi ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston ko‘plab rivojlangan mamlakatlar darajasiga еtib oldi. Maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi qatorida xususiy ta’lim sektorining tashkil etilishi bu borada yangi imkoniyatlarni yaratish bilan bir qatorda o‘zining ijobiy jihatlarini ko‘rsatib bermoqda. Ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida endilikda oliy o‘quv yurtlari reytingini aniqlash tizimi joriy etiladi.
E’tiborlik jihat shundaki, har bir yil uchun nom berilishida ijtimoiy soha tizimi birinchi darajali masala ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Hususan:

▫️1991 yil — “Alisher Navoiy yili”


▫️1992 yil — “Hamshiralar yili”
▫️1993 yil — “Ahmad Yassaviy yili”
▫️1994 yil — “Mirzo Ulug‘bek yili”
▫️1995 yil — “Abu Ali ibn Sino yili”
▫️1996 yil — “Amir Temur yili”
▫️1997 yil — “Inson manfaatlari yili”
▫️1998 yil — “Oila yili”
▫️1999 yil — “Ayollar yili”
▫️2000 yil — “Sog‘lom avlod yili”
▫️2001 yil — “Ona va bola yili”
▫️2002 yil — “Qariyalarni qadrlash yili”
▫️2003 yil — “Obod mahalla yili”
▫️2004 yil — “Mehr-muruvvat yili”
▫️2005 yil — “Sihat-salomatlik yili”
▫️2006 yil — “Homiylar va shifokorlar yili”
▫️2007 yil — “Ijtimoiy himoya yili”
▫️2008 yil — “Yoshlar yili”
▫️2009 yil — “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”
▫️2010 yil — “Barkamol avlod yili”
▫️2011 yil — “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”
▫️2012 yil — “Mustahkam oila yili”
▫️2013 yil — “Obod turmush yili”
▫️2014 yil — “Sog‘lom bola yili”
▫️2015 yil — “Keksalarni e’zozlash yili”
▫️2016 yil — “Sog‘lom ona va bola yili”
▫️2017 yil — “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”
▫️2018 yil — “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”
▫️2019 yil — “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”
▫️2020 yil — “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”
▫️2021 yil — “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”
▫️2022 yil — “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”
▫️2023 yil — “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev “maktab bu hayot mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak”55 deb ta’kidlashlarida, maktablarda ta’lim va tarbiya qilinayotgan yosh, kelajak avlodni barkamol inson qilib еtkazishga alohida e’tibor qaratishimizga da’vat etadi. Barchamizga ma’lumki, millatni tarbiyalash, uni isloh qilish, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodi ongu-shuurini vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilagan.
Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning to‘liq sikliga investitsiya kiritishga, ya’ni bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e’tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Binobarin inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart.56
Yurtimizda bu borada izchillik bilan islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlat rahbari Sh.Mirziyoevning prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab, innovatsion va kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash maqsadida ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.57
Prezidentimiz tomonidan maktab ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga va bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritilganda, ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Maxmudxo‘ja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir”58 degan fikrini alohida ta’diklab, bu masalani mohiyati va ahamiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tgan.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan respublikamizda 1998 yilda Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi, Onalar va bolalar skriningi (1998 y.), Sog‘lom avlod (2000 y.), Onalik va bolalikni saqlash (2001 y.), Homiylar va shifokorlar yili (2006 y.), Mustahkam oila yili (2012 y.) kabi davlat dasturlari, Salomatlik dasturlari, shuningdek, ayollar va yosh avlod salomatligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi.
agistrlik dissertatsiyasining mazkur bandini yanada kengroq yoritilishida mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoya qilish tamoyillariga ham alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish siyosati konstitutsiyaviy tamoyillarga asoslangan holda boqimandalik va davlatning yalpisiga ijtimoiy ta’minlashidan aholining ijtimoiy yordamga haqiqatan ham muhtoj bo‘lgan real zaif qatlamlarini (pensionerlar, nogironlar, еtim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar va b.) aniq yo‘naltirilgan (manzilli) tarzda qo‘llab-quvvatlashga o‘tishga asoslangan holda yanada rivojlantirilishi lozim59.
Mutaqillik yillarining dastlabki vaqtlarida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy siyosatida aholi turmush darajasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilgan. Shuning uchun ham mamlakatimizda aholini kuchli ijtimoiy himoyalash bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh tamoyili ishlab chiqilib, aholini ijtimoiy himoya qilish bu tamoyillardan biri sifatida belgilangan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida moddiy jihatdan kam ta’minlangan aholi manfaatlarini ko‘zlab, ularni davlat, korxona va tashkilotlar o‘z zimmasiga oladi. Bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki oqibatlari narx-navoning ko‘tarilishi va ishsizlikning oshishidan iborat bo‘lgan. Bundan birinchi navbatda aholining kambag‘al va iqtisodiy jihatdan zaifroq tabaqalari ko‘proq zarar ko‘rdi. 90-yilga kelib O‘zbekistonda jon boshiga eng past daromad to‘g‘ri keladigan kishilar soni umumiy aholining 45 foizini, ya’ni 9 millinodan ortiq kishini tashkil etgan edi60.
O‘zbekiston mustaqillikni e’lon qilgan dastlabki davrdayoq ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtsodiyotiga o‘tishini jahonga ma’lum qildi va aholini ijtimoiy jihatdan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tamoyili Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov strategiyasining asosiy qoidalaridan biriga aylandi.
O‘zbekistonda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazilishi davr taqozosi edi, desak hato bo‘lmaydi. Chunki respublikamiz Sobiq Ittifoq respublikalari ichida oxirgi o‘rinlardan birida edi.
Bunday sharoitda kuchli ijtimoiy kafolatni vujudga keltirmay turib, o‘tkazilgan islohot barbod bo‘lishi muqarrar edi. Bozor iqtisodiyotiga ziddiyatlarsiz, silliqqina o‘tib bo‘lmasligini oldindan ko‘ra bilgan Respublika Prezidenti I.A.Karimov: “Jamiyatning sifat jihatdan yangi holatga o‘tishida bizga islohot chog‘ida odamlar moddiy ahvoli yomonlashadigan, o‘tish davrining barcha qiyinchiliklari aholi еlkasiga tushadigan andoza maqbul emas”61, - deb ta’kidlagan edi.
Quyida keltirilgan chizmada aholini ijtimoiy himoya qilishning O‘zbekistonda mustaqillik yillarida olib borilgan va yaqin kelajakda ham saqlanib qolajak yo‘nalishlari keltirilgan.


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin