KIRISH 1
1. Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari 4
2. Viloyat, tuman (shahar) mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari tarkibini o’rganish va tahlil qilish 12
3. Maktabgacha ta’lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmini o’rganish 19
4. Umumta’lim maktablari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmi 23
o’rganish 23
5. Sog’liqni saqlash muassasalari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmini o‘rganish 25
XULOSA VA TAKLIFLAR 30
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 33
KIRISH
Men 2022-yil 16-dekabr kuni Toshkent Moliya insituti biriktirilgan amaliyot rahbarim tomonidan amaliyot o’tash uchun zarur bo’ladigan barcha topshiriqlarni oldim. 2022-yil 19-dekabr kuni Angren shahar hokimligi Moliya bo’limiga yetib keldim. Moliya bo’limidan menga amaliyot rahbar etib Sadilov Fahriddin tayinlandi. Angren shahar moliya bo’limida men O’zbekiston respublikasi davlat byudjeti xarajatlari tasnifi kesimida kassa va haqiqiy xarajatlarni taqsimlash, ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar,badallar, maktabgacha ta’lim muassalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar tomonidan to’lanadigan milliy valyutadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar, maktab,tibbiyotga doir va boshqa ko’pgina schyot hamda xarajat va ajratmalar bilan yaqindan tanishib chiqdim va o’rgandim. Amaliyotimni o’tash davomida Moliya bo’limidagi barcha sektorlar va faoliyat yuritayotgan bo’limlar ya’ni bo’limning tashkiliy strukturasi, normativ hujjatlar va xodimlarning ish faoliyati, ularga yuklatilgan vazifalar bilan tanishdim. Amaliyot davrimning asosiy qismini esa bosh hisobxonada o’tkazdim. Ushbu bo’limda amaliyotni o’tash davrida buxgalteriya hisobi va ushbu bo’limning hujjatlari qanday rasmiylashtirilishini o’rgandim va bajargan ishlarimni amaliyot kundaligimda qayd etdim.
Ushbu amaliyotning maqsadi: nazariy bilimlarni amaliy ko’nikmalar bilan mustahkamlash.