o’rganish
O’zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to’g’risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq muddati 9 yil bo’lgan umumiy o’rta ta‘lim uzluksiz ta‘lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta‘limni tashkil etish va umumiy o’rta ta‘lim muassasalarining faoliyatini amalga oshirish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta‘lim to’g’risidagi Nizom”8 bilan tartibga solinadi. Umumta‘lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o’z ustaviga, mustaqil balansiga, shaxsiy g’azna hisobvaraqlariga (davlat ta‘lim muassasalari uchun), bank hisobraqamlariga, o’z nomi ko’rsatilgan muhrga, shtampga va blankalarga ega bo’ladi. Davlat umum ta‘lim muassasalarida umumiy o‘rta ta’lim olish bepul amalga oshiriladi.
Davlat umum ta‘lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
- O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag’lari;
umumta‘lim muassasasining tadbirkorlik faoliyatidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pullik xizmat ko’rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning qonun bilan taqiqlanmagan homiylik xayriyalari, mahalliy hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4-rasm
Davlat umumta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari9
Umumta‘lim muassasasida o’quvchilarga davlat ta‘lim standartlari doirasida bepul umumiy o’rta ta‘lim berilishidan tashqari, qo’shimcha (shu jumladan pulli) ta‘lim xizmatlari ko’rsatilishi, jumladan, ota-onalarning istaklariga ko’ra, umumta‘lim muassasalarida pulli xizmat asosida 5-6 yoshli bolalarni umumiy o’rta ta‘limga tayyorlov guruhlari ham tashkil etilishi mumkin. Davlat umumta‘lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish. Yuqorida ta‘kidlanganidek, mamlakatimizda davlat byudjetidan mablag’ bilan ta‘minlanadigan umumta‘lim muassasalari byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirishning yangi tartiblari joriy etilgan bo’lib, bu tartib-qoidalarga ko’ra, umumta‘lim maktablari byudjeti bazaviy xarajatlar me‘yorlari asosida formula bo’yicha hisoblanadi. Formula asosida umumta‘lim muassasasi byudjetini aniqlash maqsadida har moliya yili uchun “Bazaviy xarajatlar me‘yorlari hamda ularga tuzatuvchi koeffitsiyentlarni qo’llash asosida umumta‘lim maktablari byudjetini hisoblash bo’yicha Nizom” ishlab chiqiladi hamda Moliya vazirligi va Xalq ta‘limi vazirligining qo’shma buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |