1. Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari 4


-jadval. Angren shahar 2022-yil 3-chorak Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xarajatlari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə8/11
tarix19.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#132673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Olimova Nilufar amaliyot

4-jadval. Angren shahar 2022-yil 3-chorak Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xarajatlari
(ming.so’m)

Ta’lim

Reja

Ijro

Maktabgacha ta’lim

216 112,00

727 805,80

Jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, Angren shahar 2022-yi 3-chorak bo’yicha Maktabgacha ta’lim rejadan ortiq mablag’ xarajat qilishgan, ya’ni reja 216 122,00 ming.so’m tashkil etgan bo’lsa, ijro 727 805,80 ming.so’mni tashkil qiladi.

5. Sog’liqni saqlash muassasalari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmini o‘rganish



Sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari. Jahon tajribasidan shuni kuzatish mumkinki, tibbiy xizmatlarni moliyalash xarajatlari bir qancha manbalardan amalga oshiriladi, bular: davlat byudjeti, majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug’urta, xususiy tibbiy sug’urta, to’g’ridan to’g’ri to’lovlar (iste‘molchilarning tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi xarajatlari). Moliyalashtirishning har bir manbasi o’ziga xos xususiyatlarga ega, jumladan
5-rasm
Sog’liqni saqlash tizimi moliyaviy manbalari va ularning xususiyatlari

Davlat byudjeti tarixan sog’liqni saqlash tizimini moliyalashtirish (to’liq yoki qisman) davlat tomonidan amalga oshirilgan. Davlat tomonidan moliyalashtirish quyidagi tamoyillarga qurilgan:
 sog’liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning asosiy manbayi davlat mablag’lari ekanligi;
 sog’liqni saqlashga yo’naltiriladigan moliyaviy resurslarning turli darajadagi byudjetlarda to’planishi;
 tibbiy yordamni moliyalashtirishda tuzilmaviy tamoyilning ustunligi (tibbiyot muassasasi tomonidan ko’rsatilayotgan alohida tibbiy xizmatlarning haqini to’lash emas, balki uning xarajatlarini qoplash tartibining ustunligi);
 tibbiyot muassasalarining notijorat maqomiga ega ekanligi va davlat tomonidan o’rnatilgan moliyaviy tartiblarga bo’ysungan holda ijtimoiy buyurtmaning ijrochisi ekanligi;
 resurslardan foydalanishda iqtisod rejimiga rioya qilinishi;
 tizimning markazlashgan tarzda rejalashtirilishi va boshqarilishi;
 tibbiyot xodimlariga haq to’lashda tarif usulining qo’llanilishi;
 xodimlarni yollash va ular mehnatiga haq to’lash tartibining davlat tomonidan tartibga solinishi;
 tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilishning ma‘muriy usuli o’rnatilganligi. Ushbu tamoyillarga tayangan holda faoliyat qiluvchi davlat sog’liqni saqlash tizimi bir qator afzalliklarga ega:
 davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlarni taqdim etishni kafolatlash yo’li bilan fuqarolarning yuqori darajada ijtimoiy himoyasi ta‘minlanadi;
 tibbiy xizmat ko’rsatish shart-sharoitlari ustidan qat‘iy davlat nazorati o’rnatiladi;
 o’ta xavfli yuqumli kasalliklar bilan kasallanish darajasiga (ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda) ta‘sir ko’rsatishning yuqori samaradorligi ta‘minlanadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin