1. Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari 4



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə4/11
tarix19.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#132673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Olimova Nilufar amaliyot

2-rasm2

Budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek amaldagi smeta va shtatlar jadvaliga kiritiladigan moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng amalga kiritiladi .


Byudjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek amaldagi smeta va shtatlar jadvaliga kiritiladigan o’zgartirishlar albatta Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bilan kelishiladi.
Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan byudjet tashkilotlari xarajatlari birinchi navbatda moliyalashtiriladi (to’lanadi). Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag’ o’tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Yagona g’azna hisob raqamida, shuningdek hududiy g’aznachilik hisob raqamida birinchi va ikkinchi guruhlar bo’yicha to’lanmagan xarajatlar summasidan ortiq mablag’lar mavjud bo’lganda ortiqcha summa miqdorida uchinchi va to’rtinchi guruhlar bo’yicha xarajat qilishga ruxsat etiladi.
Kapital qo’yilmalarga ajratmalar (III guruh xarajatlari) joriy byudjet yili uchun tasdiqlangan Respublika investitsiya dasturiga muvofiq qurilishlarning aniq ro’yxatlariga muvofiq ajratiladi.
G’aznachilik tomonidan xizmat ko’rsatiladigan buyurtmachilar ob’ektlari qurilishiga davlat byudjetida nazarda tutilgan xarajatlar G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasining joriy yilga tasdiqlangan Investitsiya dasturiga hamda qurilishlarning aniq ro’yxatiga muvofiq, buyurtmachilarning Moliya vazirligining G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarga asosan to’lanadi.
Xarajatlarning I va II guruhlarini respublika va mahalliy byudjetlardan xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash) smetalarga va byudjet xarajatlari ro’yxatlariga, ularga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda, shuningdek oldingi hisobot davri uchun belgilangan baholash ko’rsatkichlarining bajarilishiga muvofiq har oyda amalga oshiriladi.
Kapital qo’yilmalarni va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish (to’lash) byudjetga mablag’lar tushishiga qarab har oyda amalga oshiriladi.
G’azna ijrosiga o’tmagan byudjet tashkilotlari xarajatlarini:

  • respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi maqsadli sertifikat (unda byudjet tasnifnomasi paragraflari va xarajatlar guruhlarini ko’rsatgan holda) va xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi;

  • mahalliy byudjetlardan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - tegishli moliya organlarida belgilangan shakldagi tayinlash sertifikati va xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi.

G’azna ijrosiga o’tgan byudjet mablag’i oluvchilar bo’yicha xarajatlarni
to’lash:

    • respublika byudjetidan - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning tegishli hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalar yoki byudjet mablag’larini yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga o’tkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlardan – Moliya vazirligi G’aznachiligining tegishli hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalar yoki byudjet mablag’larini yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga o’tkazishmajburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Byudjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirishda (to’lashda) yangi byudjet yilida mablag’ ajratish rejasi byudjet tashkilotlarining hisobot yilidan keyingi yilning 1-yanvaridagi holatiga ko’ra tovar-moddiy boyliklarning normativdan ortiq qoldig’i summasiga kamaytiriladi.
O’tgan yillar debitorlik qarzlarining qaytarilgan summasi, asosiy vositalarni va boshqa tovar-moddiy boyliklarni sotishdan tushgan summa (byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobiga sotib olinganlari bundan mustasno) tegishli byudjetlar daromadiga o’tkaziladi.
Byudjet mablag’lari byudjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda, byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda ularga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida sarflanadi. Bunda xarajatlarning I va II guruhlarini moliyalashtirish (to’lash) birinchi navbatda amalga oshiriladi.
Xarajatlarning III guruhi byudjet tashkilotlari tomonidan Respublika investitsiya dasturida joriy moliya yili uchun belgilangan limitlar doirasida moliyalashtiriladi (to’lanadi).
"Boshqa xarajatlar" IV guruhi bo’yicha mablag’lar belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi:

      • ovqatlantirish;

      • dori-darmonlar;

      • kommunal xizmatlar;

      • boshqaxarajatlar.

Xarajatlarning u yoki bu guruhida paydo bo’lgan kreditorlik qarzlar joriy moliya yiliga belgilangan limitlar doirasida ularning paydo bo’lishi navbatiga ko’ra har qaysi guruh bo’yicha to’lanadi.
Hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida byudjet tashkilotlarining hisob raqamlarida qolgan tejab qolingan byudjet mablag’lari (kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno) olib qo’yilmaydi, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi.
G’azna ijrosiga o’tgan byudjet tashkilotlari bo’yicha hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida byudjet tashkilotlarining Moliya vazirligi G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida qolgan tejab qolingan mablag’lar (kapital qo’yilmalar bo’yicha xarajatlarni to’lash uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno) olib qo’yilmaydi, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi.
Byudjet mablag’lari hisobot choragida tejab qolinsa, tashkilotlarni kelgusi chorakda mablag’ bilan ta’minlash hajmi kamaytirilmaydi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin