Turistik mahsulotni ishlab chiqish va rejalashtirish. Amaliy mashg


 Turistik maxsulot va tovarlar bozorini marketingli rejalashtirish



Yüklə 257,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix16.12.2023
ölçüsü257,35 Kb.
#181886
1   2   3   4   5   6   7
3.2-amaliy mashgulot.Turizmni rejalashtirish

3.2.2 Turistik maxsulot va tovarlar bozorini marketingli rejalashtirish 
Marketingli rejalashtirish turistik firmani muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi 
va rivojlantirishning har doim muhim masalasi bo’lib qolgan. Aynan shu
rejalashtirish – agar firma bozorga yangi tovarlar va takliflar bilan chiqish uchun 
kurashni davom ettirsa boshqarishning muhim instrument-laridan biri bo’lib 
hisoblanadi 
Turizmda 
marketingli 
rejalashtirish 
savdo 
siyosatini 
muvofiqlashtirishga, foyda olish va sotish taktikasini to’g’ri amalga oshirishga 
yordam beradi. Marketingning asosiy funktsiyasi bo’lib rekreatsion iste’molchilar, 
talab, monopol va tijorat narxlarini, bozorni segmentlash hamda turistik-
ekskurtsiya xizmatlarini assortimentini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’siri 
hisoblanadi. 
Marketingli rejalashtirish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 
1.
Turistik mahsulotga bo’lgan talabni va iste’molchilarni xizmat sifatiga, 
narx darajasiga qo’yadigan talablarni o’rganish; 
2.
Ishlab chiqarish xarajatlari, reklama xarajatlarini hisobga olgan holda 
mahsulot bo’yicha marketing dasturini tuzish; 
3.
Xizmatlar, mahsulotga narxini eng yuqori chegarasini belgilash va ularni 
ishlab chiqish rentabelligi; 
4.
Firmani assortiment va investitsion siyosatini ishlab chiqish; 
5.
Firma faoliyatini, daromad va foydani so’nggi natijalarini aniqlash. 
Turistik firma uchun bunda quyidagilar asosiy maqsadlar bo’lib xizmat qiladi: 

odatdagi bozorni saqlab qolish va himoya qilish (mijozlar); 

yangi bozorni kengaytirish; 

mavsumiylikni kamaytirish. 
Strategiyani ketma-ket amalga oshirish. Barcha yetakchi turistik firmalar
firma strategiyasini amalga oshirish bo’yicha faoliyatni ketma-ket va 
muvaffaqiyatli bajarish imkoniyatini beruvchi quyidagi uchta asosiy qoidaga rioya 
qilishi talab etiladi: 
a)
tashkilot strategiyasi bilan bog’liq bo’lmagan loyiha yoki dasturlardan 
foydalanmaslik. Bu ham firmaning barcha bo’linmlariga bosh va umumiy 
maqsadga erishishga yordam beradi; 
b)
asosiy strategiyaga mos keluvchi, ayniqsa, agar u tashkiliy ish jarayonida 
ishlab chiqilgan strategiyaga muvofiq reja va dasturlarni amalga oshirishda 
imkoniyat yaratsa uni qo’llab quvvatlash. 
c)
asosiy dasturlar va rejalar turistik firmani rivojlantirishning navbatdagi 
strategiyalarida aks etishini kuzatib borish kerak. 
Xulosa qilib, shuni qayd qilish kerakki, turistik firmalarda marketingli 
rejalashtirishni qo’llash ilmiy asoslangan yo’nalishlarga amal qilishi va ishlab 
chiqilishi, uni keyingi taraqqiyot istiqbolini belgilash, bozorga yanada samarali 
ta’sir etish maqsadida va kompleks tahlil zaminida turizm xizmat bozorini 
o’rganishni tashkillashtirilgan tizimini yaratadi. Quyida marketingli rejalashtirish 
3.2-chizmada keltirilgan. 



Yüklə 257,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin