Turizm: nazariya va amaliyot



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə2/9
tarix20.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#132923
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MCTQn8SHF64g4K0b324

Bob. Oʻzbekistonda yangi turistik turmarshrut ishlab chiqish imkoniyatlari.



    1. O‟zbekistonda turmarshrutlarning arxitekturaviy muhitida landshaftlar ishlab chiqish texnologiyalari.


O‗zbekiston o‗zining ko‗plab tarixiy-me‘moriy, arxeologik yodgorliklari va bugungi kunda shiddat bilan rivojlanishi orqali dunyo hamjamiyati diqqatini o‗ziga tortmoqda. Tarixga nazar solsak O‗zbekiston Buyuk ipak yo‗lining savdo, sayohatchilar, missionerlar, jo‗g‗rofiyashunoslar, istilochilar yo‗lida joylashgan edi. Hozirgi kunda, O‗zbekiston madaniyat, tarix va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchi sayyohlar uchun maftunkor turistik yo‗nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. ―2019-2025-yillarda O‗zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi, 3-bob. Turizmni rivojlantirishning asosiy yo‗nalishlari,



  1. bandida : turistlarning ehtiyojlari va talablarini inobatga olgan holda, mamlakatning barcha hududlarida turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani rivojlantirish‖1, xususan:

-talabni inobatga olgan holda, yangi joylashtirish vositalarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish bilan bir qatorda yondosh infratuzilmani (umumiy ovqatlanish ob‘ektlari, transport-logistika tuzilmalari, ko‗ngilochar maskanlar industriyasi, madaniy va sport muassasalari, turistik namoyish ob‘ektlari va boshqalarni) rivojlantirishga qaratilgan turizm industriyasini rivojlantirish bo‗yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
-mehmonxonalar va boshqa turizm infratuzilmasi ob‘ektlarini qurishga oid loyihalarni amalga oshirish mexanizmini soddalashtirish, tadbirkorlarga o‗z xizmatlarining sifatini oshirish uchun qo‗shimcha shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, jahonga mashhur mehmonxona biznesi brendlarini O‗zbekistonga jalb qilishni rag‗batlantirish;
-joylashtirish vositalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, yirik, o‗rta, kichik mehmonxonalar va xostellarni qurishni rag‗batlantirish hamda mavjud



1 O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga binoan, 1-ilova,
mehmonxonalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga alohida e‘tibor qaratish;
-zamonaviy xalqaro standartlarni hisobga olgan holda ko‗cha infratuzilmasini (o‗tish yo‗llari, trotuarlar, kichik arxitektura shakllari, sanitar-gigienik shoxobchalar, jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar uchun obodonlashtirish elementlari va boshqalarni), shu jumladan turizm rekreatsion markazlarda yaratish;
-turizm navigatsiyasining yagona unifikatsiyalashtirilgan tizimini joriy yetish va rivojlantirish, ko‗chalarda, hududlarda, turizm namoyishi ob‘ekti hisoblangan bino va inshootlar ichida, transport vositalari va tarmoqlarida hamda avtomobil yo‗llarida turizm navigatsiyaning unifikatsiyalashtirilgan ko‗rsatkichlarini o‗rnatish to‗g‗risida alohida to‗xtalib o‗tilgan. Bugungi kunda ham Samarqand hozirgi davr, hamda qadim o‗tmishni bog‗lovchi tirik rishtadir. Samarqand o‗zining mashhur madaniy meros ob‘ektlari, qiziqarli, takrorlanmas tabiiy boyliklari bilan bo‗lishishga tayyor. O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasida ham iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‗nalishlarida turizm faoliyatini ravnaq toptirish masalasi o‗z aksini topgani bejiz emas. Shu bilan bir qatorda ―O‗zbekiston Respublikasining turistik yo‗nalishlari bo‗ylab avtomobil yo‗llarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‗yicha investitsion takliflar‖2 berildi va yo‗l xaritasi ishlab chiqilgan, ma‘qullangan turizm to‗g‗risida qonuni va boshqa me‘yoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda tadqiqot olib borishda muayyan darajada xizmat qiladi. Rekreatsiya muhitining zamonaviy tadqiqotlari mintaqaviy turistik tizim va turistik-rekreatsion zonalarni o‗rganishga bag‗ishlangan. Tadqiqotlarning aksariyati geografik (rekreatsion rayonlashtirishni kompleks o‗rganish) va turizm fanlari (turistik muassasalarning ichki tizimi, turistik ekskursiya xizmatlari tizimi) sohalariga, shuningdek madaniy turizm asoslari o‗rganiladigan gumanitar fanlarga tegishli. Ushbu maqolada turistik arxitekturani tadqiq qilish sohasidagi ayrim jihatlarni ochib beradigan turli





2 O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoniga 5-ilova
yo‗nalishdagi ilmiy tadqiqotchilar ishlari, turistik marshrutlar va majmualar arxitekturasi bo‗yicha xorijiy olimlar Rainer Jelinek , Jan Specht , Hans Jeschke, Peter Mandl , R. Sharpley , Marlien Lourens , Ivana Vukadinovic , V.A. Nefedov , L.Yu. Smыkovskaya , Ye.P. Golubeva , K.V. Lazarev Ye.K. Bulatova , V.V. Aurov , G.S. Zaikin , X. Shenasa , D.M. Bayramova tomonidan, O‗zbekiston turistik ob‘ektlar arxitekturasi yo‗nalishlari hamda ob‘ektlarini loyihalash masalalari ustida V.A. Nilsen , O.M. Salimov , M.Q. Ahmedov , A.A. Saidov ,
A.O. Hasanov , A.S. Uralov , L.A. Kamilova , M. To‗xtaxodjaeva , K.D. Raximov
, N.V. Drobchenko , K.D. Sattarova , X.X. Kamilova va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar. Shuningdek, turizm muammolari va yechimlari yuzasidan bir qancha tadqiqotchilar tomonidan ekologik turizmni rivojlantirishning uslubiy asoslarini takomillashtirish yo‗nalishlarini aniqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik turizmning me‘yoriy-huquqiy asoslarini ishlab chiqish va takomillashtirish bo‗yicha qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan Ye. Boo , X. Ayala , Ye. Matteus , A.K. Alimov va boshqalarning ishlarida yoritilgan. Bugungi kunda turistik infratuzilma arxitekturaviy muhitlarini shakllantirishga asoslangan turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga oid tadqiqot ishlari hozircha yetarli darajada olib borilmayotganligi ushbu mavzuni o‗rganish lozimligini ko‗rsatadi. Turistik marshrutlar - marshrut so‗zi aniqlangan, belgilangan yo‗lni bildiradi. Marshrut so‗zi faqat turizm sohasida tegishli emas balki, insonlarning turizm bilan bog‗liq bo‗lmagan doimiy, muntazam ravishda ma‘lum tomonga, aniqrog‗i o‗ziga ma‘lum geografik manzilga harakatlanishini ham anglatadi. Marshrutning uzoq-yaqinligiga qarab inson harakatlanish vositasini tanlaydi. Turistik marshrutlarni o‗rganish ob‘ekti – marshrutlar bilan bog‗liq geografik manzil hisoblanadi. Turistik marshrut turistning o‗zi tanlagan, geografik manzilda, makonda joylashgan turistik resursga turistning talab, ehtiyojlarini hisobga olgan va bajargan holda turistni olib borish va qaytarib dastlabki manzilga keltirib qo‗yishdir. Turistik marshrutlarni o‗rganish, marshrutlar bilan bog‗liq geografik manzil hamda turistik marshrut arxitektura
muhiti ob‘ektlarning shaharsozlik kompozitsiyalari shakllanishidagi o‗rnini uzviy
bog‗lab beradi. O‗zbekiston turistik marshrutlaridan bo‗lgan eng asosiy yo‗l, turistik oqimini to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗lovchi Toshkent -Jizzax-Samarqand turistik marshrutining yo‗l bo‗yi landshaft yechimini loyihalash, loyihani turistlarga to‗g‗ri hamda estetik jihatdan o‗lkaning mahalliy manzarali o‗simliklaridan to‗g‗ri foydalangan holda tadbiq etish ko‗zda tutiladi. Shu bilan birga, Jizzax-Samarqand hududida zamonaviy talablarga mos bo‗lgan, hududiy omillarni hisobga olgan xolda turistik markazlar tashkil etishning funksional, hajmiy – tarxiy, tarkibiy va rejalashtirish xususiyatlariga oid ma‘lumotlar bazasini ishlab chiqish; arxitektura yodgorliklari, madaniy meros ob‘ektlari va ularning elementlaridan turistik marshrut va markazlar arxitektura muhitini yaratishda qo‗llash usullari turistik markazning me‘moriy muhitini shakllantirish tamoyillarini ishlab chiqish; turistik marshrut va markazlarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishda arxitektura muhiti ob‘ektlarini tashkil etish tamoyillarini takomillashtirish; kompyuter dasturlari yordamida turistik muhit arxitektura ob‘ektlarning sxematik chizmalarini tayyorlash va ular bo‗yicha ma‘lumotlar bazasini yaratish. Shu bilan bir qatorda Samarqand-Jizzax turistik hududlar va marshrutlar ob‘ektlari arxitektura muhiti tashkil etishdir. Turizmning me‘moriy muhitini shakllantirish va tashkil etish xususiyatlari, rivojlanish yo‗llari, ularni mintaqaviy arxitektura va shaharsozlik amaliyotiga moslashish imkoniyati, hamda loyihaviy materiallar tashkil etish bilan birgalikda, uslubiy asoslari umumiy ilmiy uslublar bo‗lib, ular: statistik, qiyosiy, elektron materiallar va me‘moriy loyihalarni tahlil qilish, kuzatuv, ilmiy ma‘lumotlarni tizimlash, qiyosiy tahlil qilish va umumlashtirish kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Samarqand-Jizzax mintaqasi Jizzax M39 yo‘li, turizm va dam olish hududlaridagi mavjud arxitektura muhiti ob‘ektlarini o‗rganish uchun dala tadqiq usuli qo‗llaniladi. Samarqand -Jizzax M39 yo‗lini o‗rganish hamda uni tahlil qilish natijalari quyidagilardan iborat: Samarqand-Jizzax hududlarining turistik resurs salohiyatidan kelib chiqib, turistik marshrutlarda ssenarik yondashuv usullari ishlab chiqilgan; turistik va rekreatsion hududlar, turizm uchun me‘moriy muhitni shakllantirishning tarixiy va nazariy
shartlari haqidagi ilmiy bilimlar kengaytirilgan; Hududiy me‘morchilik
amaliyotiga turizm ob‘ektlarining parametrlarini, miqdoriy xususiyatlarini, turistik salohiyatni baholash uslubini ishlab chiqish bo‗yicha tadqiqotlarning asosiy natijalarini joriy etishdan ijtimoiy-iqtisodiy samarani olish, bunda turistik salohiyatga ega bo‗lgan hududlarda turistik arxitektura muhitini tashkil etish va rivojlantirish uchun zarur shartlar shakllantirilgan; Samrqand -Jizzax hududidagi sayyohlik marshrutlarida rekreatsion hududlarni samarali joylashtirish va boshqa turistik ob‘ektlarni kompozitsiyaviy yechimlarini yaratish takliflari ishlab chiqilgan; Samarqand -Jizzax hududi zamonaviy sayyohlik markazlarni yaratish, qayta qurish va turizmni rivojlantirish konsepsiyalari yaratilgan; turistik marshrut va sayyohlik markazlarni istiqbolli bosh rejalarni loyihalashda madaniy meros, xamda arxitektura yodgorliklari ob‘ektlari va ularning elementlaridan foydalanish usullari takomillashtirilgan.

  1. qadam. Marshrut yo'nalishi va sayohat maqsadlari to'g'risida qaror qabul qiling. Xuddi shu yo'lni piyoda yoki turli xil transport vositalarida bosib o'tishingiz mumkin. Marshrut haqida o'ylashni boshlaganingizda, moliyaviy va vaqt resurslarini, shuningdek, natijada olishni istagan taassurotlarni hisobga oling.

  2. qadam. Boshlanish va tugash nuqtalarini aniqlash bilan boshlang. Keyin olishni istagan asosiy geografik nuqtalarni belgilang. Agar siz mashinada yoki piyoda sayohat qilmoqchi bo'lsangiz, eng yaxshi marshrutni tanlashingiz mumkin bo'lgan batafsil xaritadan foydalaning.3

  3. qadam. Internetga o'ting. Ehtimol, eng qiziqarli marshrutlar boshqa sayyohlar tomonidan allaqachon qamrab olingan. Ixtisoslashgan forumlarda o'zlarining taassurotlarini o'qing, qiyinchiliklar va salbiy fikrlar haqida savol bering. Shunday qilib, siz yaqinlashib kelayotgan yo'lning bosqichlarini sozlashingiz, shuningdek uning geografiyasini biroz o'zgartirishingiz mumkin. Ishlab chiqilgan marshrutni mustaqil sayohatchilar forumlarida joylashtirish maqsadga muvofiq, keyin tajribali







  1. https://kz.kursiv.media/2021-05-03/top-10-maloizvestnykh-turisticheskikh-marshrutov-uzbekistana/

sayyohlar bu haqda sharh berishadi va foydali maslahatlar berishadi. Ularning eng mashhurlari - Vinskiy forumi va Rossiyaning "Backpacker".




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin