Turizm: nazariya va amaliyot



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə8/9
tarix20.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#132923
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MCTQn8SHF64g4K0b324

XULOSA




Yangi turistik marshrutlar ishlab chiqish jarayonlari bizning mamlakatimizda mustaqillikning oxirgi 10 yilligida avj ola boshladi. Buning sababi o‘laroq sohaga bo‘lgan talabning ortib borishi va aholining keng qatlamini turizmga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish dolzarb muammoga aylanib ulgurdi. Yuqorida keltirilgan kurs ishi mavzusi ham albatta turizm sohasining ajralmas bo‘g‘ini sanaladi. ―Yangi turistik turmarshrutlartni ishlab chiqish‖ mavzusi bo‘yicha ham keng qamrovli loyihalar tanlovlari va ishlanmalari soha vakillari tomonidan tadbiq etilmoqda. Yangi turistik turmarshrutlartni ishlab chiqish birinchi galda turizm turlarini hamma qismlarida o‘z aksini topadi. Turistlar uchun qulay imkoniyatlarni taqdim qilish eng muhim sanaladi va shuning uchun ham yangi turmarshrutlar ishlab chiqiladi. Hatto ma‘lumot uchun BAA va Ispaniya davlatlarida jahon turizm marshrutlari bo‘yicha keng qamrovli loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bu bo‘yicha hattoki ko‘p sarmoyani o‘z ichiga olgan tanlovlar ham aynan ushbu davlatlar homiyligida tashkil qilingan. Nega aynan bu ikki davlat? degan savol ko‘ndalang turadi, chunki bu davlatlarda turistik yangi dizaynga ega bo‘lgan turizm turlarini hamma jabhasi rivoj topishga ulgurgan(ushbu davlatlarda tur-arxitekturaviy yangi dizaynga ega bo‘lgan turizm rivojlanmoqda). Shuningdek turistik marshrutlarni yangi va qulay imkoniyatlarga ega qilib tuzish bo‘yicha mamlakatimizda har uch oyda tanlovlar e‘lon qilinib, keng qulayliklar tashkillashtirilmoqda. Jumladan, yangi turistik marshrutlar viloyatlar kesimida turistik zonlarga bo‘linib, mavzuga doir kamchiliklar o‘rganilib, tahlil qilinmoqda. Xususan Samarqand, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida yangi turmarshrutlar ishlab chiqilmoqda va bu sayyoh va turistlarga juda ma‘qul kelmoqda. Bu eng avvalo, turizm rivojiga ulkan hissa qo‘shadi. Turist va sayyohlarni talab va takliflarini o‘rganib chiqish maqsadida 2017-yil fevral oyida elektron platforma yaratilib, ularning ehtioyojlari qondirilmoqda. Yangi turistik marshrutlar bo‘yicha ham ko‘p tomonlama tamoyillar ishlab chiqilgan. Bu borada O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshida soha akademiklari ish olib borishmoqda. Xususan aniq va yakdil
maqsadlar jamlanmasiga ega qonun va huquqiy me‘yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda. Yuqorida aytib o‘tilganidek, yangi turistik marshrutlar jahonning turizm sohasi yuksak taraqqiy etgan davlatlarda har tomonlama mukammallikka ega sanaladi. Misol uchun Ispaniya, AQSH, Fransiya, B.Britaniya, Italiya, BAA, Vetnam, Malayziya, Indoneziya... Kurs ishining asosiy xulosasi shuki, yangi turistik marshrutlarni turizm sohasidagi o‘rnini ko‘rsatib berish va uni jahon tajribasini o‘rgangan holda sohaga tadbiq qilishdir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin