Turizm: nazariya va amaliyot



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə4/9
tarix20.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#132923
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MCTQn8SHF64g4K0b324

Buxoro viloyatining turizm salohiyatini yanada yuksaltirish, xorijiy sayyohlar oqimini oshirish, turistik yoʻnalishlarni koʻpaytirish, yangi mehmonxona va mehmon uylarini tashkil etish, xizmat koʻrsatish va servis xizmatlarini takomillashtirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni koʻhna va navqiron Buxoroga kelayotgan sayyohlar oqimi yildan yilga oshayotganida koʻrish mumkin. 2021-yilda xorijiy sayyohlar soni 30 ming 800 nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilda bu koʻrsatgich 550 ming nafarga yetgan. Joriy yilning dastlabki choragida boqiy Buxoroni koʻrish istagida kelgan chet ellik sayyohlar soni 400 mingtaga yetgan.
―– Buxoroning oʻziga xos jozibasi bilan meni maftun etgan‖, – deydi Braziliyadan kelgan Jen Parizi Delima. – Sayohat qilish uchun internetdan izlab, aynan Buxoroni tanladim. Negaki, koʻp ming yillik bu tarixiy evrilishlar davrini bosib oʻtgan shaharning takrorlanmas meʼmoriy obidalarida oʻzgacha sehr, mahobat bor. Labi hovuz, Ark qoʻrgʻoni, Nodir devonbegi madrasasi, Somoniylar
maqbarasi, yana boshqa obidalar oʻz koloriti, dizayni, sharqona goʻzalligi bilan ajralib turadi.
Mahalliy sayyohlar misolida olsak, 2021-yilda 1 million 405 ming, 2022- yilda 2 million 700 mingdan ortiq mehmon Buxoroga tashrif buyurgan. Qadim anʼana va urf-odatlar, tarixiy ahamiyatga ega meʼmoriy obida va inshootlarga qiziqib, sayru sayohat uyushtirgan. Joriy yilning aprel holatida esa bu koʻrsatgich 1 million 200 ming kishini tashkil etgan. Maʼlumot uchun, viloyatga tashrif buyurgan xorijlik sayyohlarning 58 foizi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari, 21 foizi Koʻhna Qitʼa — Yevropa davlatlari, 17 foizi Osiyo mamlakatlari, 4 foizi Amerika qitʼasi va boshqa yurtlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Joriy yil yakuniga qadar qadimiy va hamisha navqiron, boqiy Buxoroga 1 million 200 mingdan ortiq xorijiy, 3 millionga yaqin mahalliy sayyohning tashrifi kutilmoqda. Oʻrganishlardan maʼlum boʻlishicha, sayyohlarning Buxoroda boʻlish davri oʻrtacha 3,5-4 kunni tashkil etmoqda. Ularning kunlik xarajati esa xorijlik mehmonlarda 250 AQSH dollarini, mahalliy sayyohlarda esa oʻrtacha 350 ming soʻm hisobida ekan. Bu koʻrsatkich iqtisodiy jihatdan ayni kunda viloyatda turizm yoʻnalishlari safini kengaytirish orqali mehmonlarning shaharda qolish muddatini uzaytirish choralarini koʻrishni taqozo etmoqda. Koʻhna va boqiy Buxoroning iqtisodiyoti oʻsishi uchun xizmat qiladigan asosiy yoʻnalishlardan biri bu xizmatlar koʻrsatish — servis sohasi hisoblanadi. Buxoro shahriga 2022-yilda 3,5 million mahalliy va xorijiy sayyoh tashrif buyurgan boʻlsa, joriy yil yakuniga qadar bu koʻrsatkichni 5 milliondan oshirish kutilmoqda. Bundan koʻrinib turibdiki, hudud sayyohlik salohiyati ham ortib bormoqda. Soha mutasaddilarining taʼkidlashicha, navbatdagi muhim vazifa sayyohlar, mahalliy mehmonlarning qadim shaharda boʻlishlari muddatini choʻzish hisoblanadi. Buning uchun ularga namunali xizmat koʻrsatish sifatini yuqori darajaga koʻtarish zarur. Bu borada keyingi yillarda tarmoq faoliyatiga bevosita daxldor viloyat Madaniyat va turizm bosh boshqarmasi, Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi, ―Hunarmand‖ uyushmasi viloyat hududiy boʻlinmasi kabi tashkilot hamda idoralar zimmasiga bir qator vazifalar
yuklatildi. Turizm tarmogʻini takomillashtirish xususida gap borganda, oʻtgan yili
sentyabr oyida Davlat rahbari boshchiligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida sayyohlik tizimini tubdan yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar qatorida mutasaddilarga mamlakatimizdagi 1 ming 200 dan ziyod ziyoratgohlar imkoniyatlarini toʻliq ishga solib, yiliga kamida 1 million nafar sayyohni jalb qilish dasturini tasdiqlashga koʻrsatma berilganini eʼtirof etish joiz. Unda taʼkidlanganidek, yurtimizga ziyoratga kelayotgan turistlarning mazhabi, tariqati, yondashuvi har xilligini inobatga olib, qaysi din yoki mazhab vakillariga qanday taom, ovqatlar taklif qilishni, mehmonxona va ibodat joylarini qanday jihozlashni ilmiy yondashuvlarsiz qilib boʻlmasligi koʻrsatib oʻtilgan. Muqaddas joylar, avliyo va pirlar haqida batafsil maʼlumot bera oladigan mutaxassislar hamda gidlar tayyorlash ham muhimligi aytilgan. Shu munosabat bilan Islom akademiyasi, ―Ipak yoʻli‖ universitetiga muddatda ziyorat turizmi oqimi koʻp boʻlgan davlatlar uchun ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqish topshirilgan.
– Buxoroda sayyohlik oqimini koʻpaytirishga xizmat qiluvchi muhim omillardan biri bu gastronomik turizmdir, – deydi Buxoro shahar hokimi oʻrinbosari Feruz Hamroyev. – Bu yoʻnalishda Buxoro tajribasi asosida 50 ta tom qismida alohida milliy va sharqona koʻrinishda taʼmirlangan restoran hamda kafeteriy koʻrinishidagi gastronomik inshootlar tashkil etishga kirishildi. Bu 500 taga yaqin yangi ish oʻrni yaratish imkonini beradi. Bugungi kunda Buxoro tajribasi asosida joylarda 54 ta ochiq terassa tashkil etildi. 1350 ta yangi ish oʻrni yaratilib, mehmonlarga yuqori darajada gastronomik xizmat koʻrsatish boshlandi. 2023-yil yakuniga qadar turizm sohasini rivojlantirish maqsadida qadim shaharda yana 15 ta mehmonxona, 20 ta oilaviy mehmon uyi, 10 ta hostel ishga tushiriladi. Ularning barchasida ochiq terassa, restoran va kafelar tashkil etish hisobidan 4200 ta yangi ishchi oʻrnini yaratish choralari koʻrilmoqda. Shuningdek, Buxoro shahrining salohiyati va mavjud imkoniyatidan foydalangan holda yana 8 ta markaziy koʻchada joylashgan tashkilotlarning 50 taga yaqin zamonaviy dizayndagi binolari birinchi qavatida yuzdan ziyod restoran va kafeteriy, servis joylarini tashkil etish imkoniyati oʻrganilmoqda.
Tahlillarga koʻra, yoʻl boʻylarida joylashgan 4 mingga yaqin maʼmuriy binodan servis sohasida samarali foydalanish, 8 ta markaziy koʻchadagi inshootning tom qismida yuzdan ortiq kafeteriy va restoran barpo etib foydalanishga topshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Hududda joriy yilda xorijiy va mahalliy sayyohlarga doimiy xizmat koʻrsatadigan restoranlarning soni 81 tani tashkil etadi. Ayniqsa, bino-inshootlar tom qismlarida terassalar faoliyatini kengaytirish orqali xizmatlar sifati va hajmini kengaytirib, qadim shahar boʻyicha 2021-2022 yillarda hududiy investitsiya dasturlari hamda tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan 54 ta terassa tashkil etiladi. Bir vaqtning oʻzida 2 788 nafar mijozga xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. Asosiysi, yangicha yoʻnalish deya eʼtirof etilayotgan bu loyiha mahalliy va xorijiy sayyohlarda birdek qiziqish uygʻotmoqda.

Buxoro ziyorat turizmi bo’yicha marshrutlar to’plami
Shveysariya turizm platformasida Andijon viloyati uchun maxsus boʻlim tashkil qilinadi. Andijon viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi Aziz Maksumov ―INDY GUIDE‖ asoschisi va rahbari Ati Tosun bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi. Unda Shveysariyaning ―Indy Guide‖ platformasida Andijon viloyati uchun maxsus boʻlim tashkil qilinishiga doir kelishuvga erishildi. Videomuloqot doirasida Andijon viloyatining oʻziga xos madaniyati, diqqatga sazovor maskanlari, hunarmandchilik mahsulotlari va turizm sohasi vakillari haqida maʼlumotlar joylab borilishi orqali viloyatni keng ommaga targʻib qilish va oʻzining sohadagi oʻrnini mustahkamlashga xizmat qilishi
taʼkidlab oʻtildi, deb xabar beradi,(Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.) Shuni taʼkidlash joizki, ―Indy Guide‖ – Osiyo mamlakatlaridagi mahalliy gidlar, turoperatorlar, transport va joylashtirish obyektlarini oʻzida jamlagan platforma boʻlib, turizm sohasida faoliyat yurituvchilarni oʻzaro bogʻlaydi. ―Indy Guide‖ dunyoga mashhur ―Forbes‖, ―CNN‖, ―The Guardian‖, ―Elle UK‖,
―IndiaToday‖, ―The travel magazine‖ kabi oʻnlab nashrlar tomonidan eʼtirof etilgan.

Andijon turistik marshrutlar bo’yicha salohiyati.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin