Образование и инновационные исследования (2022 год №6) ISSN 2181-1717 (E) 223 http://interscience.uz
учеными. Ключевые слова: Джадидское движение, школы нового стиля, туркестанская национальная элита, обновление традиционного общества, женское образование. Mustaqillik yillarida xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash,
buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har
tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, yurtimiz muqaddas qadamjolarini
obod qilish, yosh avlodni ularning ezgu an’analari ruhida tarbiyalash bo‘yicha ulkan
ishlar amalga oshirildi va izchil davom ettirilmoqda. Milliy o‘zlikni anglash, tarixiy
xotira davomiyligini ta’minlash, ulkan yozma merosni asrab-avaylash, boyitib
borish va tadqiq qilish hamda madaniy va ma’naviy qadriyatlarni ommalashtirish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy
yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2995 – sonli Qarori qabul qilindi [1]. Ushbu qaror
yosh avlodni vatanparvarlik va boy tariximizga chuqur hurmat ruhida tarbiyalash
hamda O‘zbekistonning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan
mamlakat sifatidagi xalqaro obro‘- e’tiborini yanada mustahkamlash, boy yozma
merosimizni saqlash, o‘rganish va keng targ‘ib qilish ishlarini yangi sifat bosqichiga
ko‘tarishga yo‘naltirilgan.
XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Sharq va musulmon dunyosida
boshlangan milliy uyg’onish jarayoni mustamlaka va yarim mustamlaka davlatlarda
ozodlik uchun kurash g’oyalarining keng yoyilishiga sabab bo’ldi. Jumladan,
asrlar davomida monarxiya boshqaruvi tartibi hukmronlik qilib kelayotgan Buxoro
amirligi, Qoq’on va Xiva xonligida ham taraqqiyparvarlik harakati keng quloch
yoyib, Turkiston jadidchiligi harakati doirasida ilg’or fikr va g’oyalar targ’ib qilina
boshlandi. Jadidchilik harakatiga zamonaviy fikrlaydigan ziyolilar, ilg’or fikrli
savdogar va diniy ulamolar birlashib, mamlakatni zamonaviy taraqqiyot bosqichiga
olib chiqishdek ezgu istak va orzular sari zimdan va ochiqcha kurash boshladilar.
Turkiston jadidchlik harakati o’ziga xos bir tarixiy sharoitda bir tarafdan, Rossiya
musulmonlarini asriy uyqudan uyg’otgan Ismoilbey G’asprali, boshqa tarafdan
Markaziy Osiyo turkiy tamaddunining o’ziga xos xususiyatlari yaqqol namoyon
bo`la boshladi.
O’zbekistonning mustaqillikka erishishi ona yurtimiz tarixini yoritishda,
shuningdek mustamlaka Turkiston sharoitida milliy ma’rifatparvarlikning ahvoli,
jadidlar faoliyatida ta’lim, ayollar ta’limi, matbuot masalalarini baholashda tub
burilish yasadi. Turkistonda jadidchilik harakati o’z-o’zidan paydo bo’lgani yo’q.
Uning vujudga kelishi uchun ma’lum bir ob’ektiv sharoit va sabablar mavjud. XIX
asrning o’rtalari va XX asrning boshlarida jamiyatda yangilanish zarurati tug’ildi.
Bir qator ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va ma’naviy muammolar paydo bo’ldi. Ularni
hal etish uchun bel bog’lagan bir guruh ziyolilar xalq orasida “jadidlar” deb tan
olindi.
Mahalliy ziyolilar, xotin-qiz islohotchilar Chor Rossiyasining musulmon
hududlarida ayollarning haqiqiy emansipatsiyasiga uchta yo‘l bilan erishish
mumkinligiga qat’iy ishonishgan. Y`ani o‘sha davrdagi zamonaviy maktablarda
erkaklar va ayollarning ta’limini bosqichma-bosqich takomillashtirish orqali (jadid
maktablari misolida), Chor Rossiyasi Buxoro va Xiva hududlarida (1883-1917
yillarda) musulmonlar uchun soni va tarqalishi ortib borayotgan taraqqiyparvar
gazeta va jurnallar orqali islohotchilik gʻoyalarini musulmon xalqlari oʻrtasida
targʻib qilishni maqsad qilishdi.
Turkistonda ayollarning zamonaviy ta’lim va ma’rifatparvarlikning ildizlari
XIX asrning ikkinchi yarmida ma’rifatparvarlik g’oyalarini modernizatsiya qilish
harakati boshlanishi bilan bog`liq. Dastlab Turkiston xalqlari oʻrtasidagi islohotchilik