Turkiston maktablarining tashkil etilishida



Yüklə 261,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix09.06.2023
ölçüsü261,88 Kb.
#127340
1   2   3   4   5
TURKISTON MAKTABLARIda xotin qizlar

Образование и инновационные исследования (2022 год №6)
ISSN 2181-1717 (E)
225
http://interscience.uz
respublikasini tashkil qilganlarida (1920–1923), Usmon Xo‘ja 1920 yilda dastlab 
moliya vaziri, keyinroq 1921 yilda respublika prezidenti bo‘ldi [6].
Usmon Xo‘janing yangi hukumatdagi rolini inobatga olsak, bu qisqa umr 
ko‘rgan nosovet respublikasida birinchi qadamlardan biri zamonaviy maktablar 
ochish bo‘lib, bu yerda ham erkak, ham qiz o‘quvchilar yonma-yon o‘tiradi. 
Buxoro hukumati ham 1921 yilda o‘rta maktab bitiruvchilarining uch guruhini 
universitet ta’limi uchun uchta shaharga: Moskva, Berlin va Istanbulga yubordi. 
1924 yilda sovetlar tomonidan mustaqil Buxoro respublikasi tugatilgandan keyin 
hamda ikkinchi jahon urushi davrida Berlin va Istanbuldagi doktorlik darajasini 
olish uchun borgan talabalar O‘zbekistonga qaytishga jur’at etishadi. Qaytganlar 
keyinroq qamoqqa tashlangan yoki Sibirga jo‘natilgan va u yerda mehnat dalalarida 
xizmat qilgan. Chunki Sovet hukumati ularni Berlin va Istanbulda o‘qib yurganlarida 
aqidaparastlikka singdirilgan deb gumon qilganlar.
Jadid ziyolilari, ayniqsa, o’zlarining nutqlarida va faoliyatida musulmon 
ayollarni ozod qilishga e’tibor qaratdilar, chunki ular gender tengligi va ozodliksiz 
ularning yangilanish harakati muvaffaqiyatli bo’lmasligini tushunishadi. Bu harakat 
1913 yilda Ozarbayjonning Boku shahrida istiqlolchilarning quyidagi maqolasi 
mahalliy jurnallardan birida o‘z aksini topgan: “Kimki o‘z xalqini sevsa va uning 
kelajagi buyuk bo‘lishini istasa, o‘z ayollarining ma’rifati va tarbiyasi haqida 
o‘ylashi, ozodlik va mustaqillikni tiklashi kerak. Ularning aqli va qobiliyatlarini 
rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratishi kerak” deb yozadi [7]. Ma’rifatparning 
bu chaqirig‘i 1913 yilda Qrimdagi “Tercüman/Perevodchik” (Tarjumon) gazetasida 
Hariye Hanim Machabilining muharrirga yo‘llagan maktubida yanada ochiqroq 
o`z aksini topgan: “Bizning huquqlarimiz Qur’onda va payg‘ambarning so‘zlarida 
aniq belgilab berilgan. Lekin sizlar (erkaklar), din nomidan bizga zulm qilyapsizlar, 
shariat (islom qonuni) nomi bilan bizni halok qilyapsizlar. Buning uchun kim azob 
chekadi va yutqazadi? Yana siz (erkaklar) bo’lasiz” [7].
Adib Xolid o‘zining Turkistondagi musulmon istiqlolchilik (jadidchilik) 
siyosatiga oid mukammal tadqiqotida sovet tuzumidan oldingi davrda jadidlar 
yozgan asosiy yo‘nalishni quyidagicha e’tirof etadi. Jadidlar ayollarga nisbatan 
katta hamdardlik va o’z mavqeini yaxshilash uchun ajralib turadi. Gaspirinskiyning 
qizi Shefika Xonim tomonidan Bog’chasaroyda tahrir qilingan “Alem-i Nisvan” 
(“Ayollar dunyosi”) va 1913-1917 yillarda Qozonda chiqqan “Suyum Bike” kabi 
jurnallar ayollarning yangi nutqlarida ayol ovozini yaratgan edi. Ammo keyinroq 
Adib Xolid “Turkistonda 1917 yilgacha paranjini tashlash hech qachon ochiq-
oydin koʻtarilmagan va gender masalalariga jadidlarning munosabati konservativ 
boʻlib qolgan deb taʼkidlaydi. O‘z jamiyatlarida islom ziyolilari va konservativ 
doiralar tomonidan qattiq hujumga uchragan Turkiston (jadidchi) ziyolilari “xotin-
qizlarning paranjisini tashlash” masalasini matbuotda ochiq muhokama qilishning 
ayni payt emasligini anglab yetganini tushunish mumkin [8]. 
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashagan va o’zining adolatparvarlik g’oyalari 
bilan mashur bo’lgan Anbar otin o’z ijodida ayollarning ahvoli, yashash sharoiti, 
oila va jamiyatdagi o’rnini aks ettirishga harakat qiladi. Chunki o’rganilayotgan davr 
manbalarida yozilishicha, “... bizda xotin-qizlar masalasi eng ayanchli masaladir. 
Xatto mashrug’ bo’gan hurriyat va maorif hali bular orasig’a kira olmasdan 
turadir, kirsa ham tor doiraginadur. Bunga sabab umuman musulmon dunyosini 
necha asrlar bo’yicha o’rab olgan hurofot va diniyotga taassubdir, nodonlikdur, 
ongsizlikdur” [9]. A. Fitrat ham o’zining “Munozara” asarida bu haqda fikr yuritib, 
aksariyat mudarrislarning Turkiston ayollari tahsil olishi “behuda va ayollarning 
yaratilishidagi hikmat tavolud va tanosul (tug’ish va nasl qoldirish)dir” degan 
fikriga farangining unga qarshi fikr mulohazalarini keltiradi [10]. A.Fitrat kelagak 
avlodlarning ongsiz, irodasiz, tarbiyasiz, nodon va johil bo’lmasliklari uchun xotin-
qizlar o’qimishli, sog`liqni saqlash va bolalar tarbiyasidan xabardor bo’lishlari 



Yüklə 261,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin