PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-4, Issue-1, February–2022 50 tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida keng targ’ib qiladi. Bu gazeta
Toshkent
va
boshqa
shaxarlarga
xam
yoyiladi.
I. Gaspirali 1893 yilda Markaziy Osiyoda bo’ldi. Buxoroda amir Abdulaxadni jadid
maktabi ochishga ko’ndiradi. Bu maktabga «Muzaffariya» nomi beriladi. 1898 yilda
To’qmoqda (Qirg’iziston) xam shunday maktab ochildi. 1899 yilda Andijonda
Shamsuddin domla, 1901 yilda Qo’qonda Saloxiddin domla, Toshkentda
Munavvarqori Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi
bo’lib jadid maktablarini ochadilar. Jadidchilik xarakatining yirik namoyandalari
jadid maktablari uchun darsliklar xam yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning
«Ustodi avval» (1903), Munavvarqorining «Adibi avval» (1907), Abdulla
Avloniyning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912) darsliklari alohida
e’tiborga molikdir.
Jadidlarning xalq ma’rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo’nalishdan
iborat bo’lgan:
1. Yangi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish.
2. Umidli, iqtidorli yoshlarni chet elga o’qishga yuborish.
3. Turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish, xamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil
etishga qaratilgan gazetalarni chop etish.
2. Jadidlar asarlarida ijtimoiy-madaniy g’oyalar va ularning mazmun mohiyati.
Har bir davrda biror yangi g’oyaning tug’ilishi aniq tarixiy sharoitda sodir
bo’ladi. Unda tarixiy shaxslarning o’ynaydigan rolini hyech kim inkor etmaydi.
Chunki ular yetilgan muammolarni hal qilish yo’llarining nazariy tomonlarini
barchadan teranroq idrok qiladi, ularni amalga oshirishga favqulodda kuch va
g’ayrat bilan kirishadilar. Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik
sohalarining bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni
obod va Vatanni mustaqil ko’rishni orzu qildilar va shu yo’lda fidoiylarcha
kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi
yo’nalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish; qobiliyatli
yoshlarni chet elga o’qishga yuborish; turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr gruppalari