PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-4, Issue-1, February–2022 49 madaniy isloxotlar o’tkazish, pirovardida milliy mustaqillik g’oyalarini xayotga
tadbiq etish maqsadini o’z oldiga qo’ygan edi. Jadidchilik avvaliga madaniyat
sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot uchun
kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy
ilmlarni o’rganish, fan yutuqlaridan foydalanish, hamda ayollar va erkaklar tengligi
uchun kurashishga chaqirishgan. Keyinchalik jadidchilar panturkizm g’oyalarini
targ’ib qilishgan. Jadidchilik mohiyatan, avvalo, siyosiy harakat edi. Turkiston
mintaqasida jadidchilik xarakati, tarqalish joyi va yo’nalishiga ko’ra uchga
bo’linadi; Turkiston, Buxoro, Xorazm jadidchiligi. Turkiston
jadidlari bilan Buxoro
va Xiva jadidlari o’rtasida bir muncha tafovut bor. Turkiston o’lkasidagi
jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil qildi. Ular chor Rossiyasi
mustamlakachiligiga qarshi kurashning oldingi saflarida turib, chorizmning xom
ashyo manbaiga aylanayotgan Turkistonning dastlab muxtor, so’ng mustaqil davlat
bo’lishini yoqlab chiqdilar. Turkistonda jadidchilik g’oyalari XIX asrning 90-
yillaridan yoyila boshladi. Bu xarakat XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o’lka
ijtimoiy-siyosiy xayotida muxim rol o’ynadi. Bugungi kunda respublikamiz tarixchi
olimlari jadidchilik xarakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda:
1) XIX asr oxirlaridan 1915 yilgacha - ma’rifatchilik;
2) 1915 yildan 1918 yil fevraligacha - muxtoriyatchilik;
3) 1918 yil fevralidan 20 yillar oxirlarigacha - sovetlar davridagi
faoliyati.
Jadidchilik Rossiyaga qaram bo’lgan musulmon xalqlari orasida dastlab Qrimda
XIX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy-dunyoviy ilmlarni
chuqur egallagan Ismoilbek Gaspirali (1851-1914) bo’ldi. Ismoilbek 1884 yilda
jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 bolaning savodini chiqaradi. Uning o’qitish
usuli «usuli savtiya», ya’ni «tovush usuli» nomi bilan shuxrat qozondi. «Jadid»
arabcha so’z bo’lib, «yangi» degan ma’noni bildiradi. Ismoilbek g’oyalarini qabul
qilgan yangilik tarafdorlari «jadidlar», uning g’oyalari esa «jadidchilik» nomini oldi.
Ismoilbek Gaspirali darslik yaratadi, o’zining «Tarjimon» (1883-1914) gazetasini