Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi


O‘ZBEKISTONLIK JANGCHILARNING FASHIZMNI TOR-MOR ETISHDAGI JASORATLARI



Yüklə 227,33 Kb.
səhifə20/45
tarix20.12.2022
ölçüsü227,33 Kb.
#76813
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
REFERAT - “O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN MA’RUZALAR TO’PLAMI

14 O‘ZBEKISTONLIK JANGCHILARNING FASHIZMNI TOR-MOR ETISHDAGI JASORATLARI
O‘zbekistonliklarning dastlabki janglardagi jasoratlari
Urushning dastlabki kunlaridayoq G’arbiy chegaralardagi harbiy qo‘shilmalar tarkibida xizmat qilayptgan o‘zbekistonliklar fashist bosqinchilariga qarshi jangga kirdilar. Chegarada joylashgan Brest qal'asining 50 dan ortiqroq millatga mansub jangchilari orasida O‘zbekistonliklardan Doniyor Abdullayey, Boboxalil Kashanov, Ahmad Aliyev, Nurum Siddiqov, Uzoq o‘tayev va boshqalar ham bor edi. Ular qal'a himoyachilari bilan yelkama-elka turib dushmanning katta kuchlariga qarshi qariyb bir oy davomida oxirgi tomchi qonlari qolguncha jang qildilar. «O'layotgan bo‘lsam ham taslim bo‘lmayman. Alvido, Vatanim!». Qal'a devoriga qon bilan yozilgan bu so‘zlarda yurtdoshlarimizning his-hayajonlari, jasorati, Vatanga muhabbati o‘zining yorqin ifodasini topgan.
G’arbiy chegaralardagi dastlabki janglarda toshkentlik Zokir Karimov jasorat ko‘rsatdi. U Qrim va Kavkazda ham dushman bilan olishdi, mardlik va jasorati uchun I va II darajali «Shuhrat» va boshqa ordenlar hamda «Jasorati uchun» medali bilan taqdirlandi.
O‘zbekistonlik jangchilar Smolensk, Kiev, Odessa, Sevastopol va boshqa shaharlar mudofaasida qatnashdilar. Odessa himoyasida qatnashgan Omon Umarov dushmanning qurol-aslaha ortilgan 40 avtomobildan iborat kolonnasiga qarshi hujumda jasorat ko‘rsatdi, bir o‘zi dushmanning 3 avtomashinasini safdan chiqardi va 9 nemis askarini yer tishlatdi. Omon Umarovning kichik harbiy bo‘limi Odessa yonida qurilgan dushman aerodromiga hujum qilib dushmanning 16 samolyoti va 30 avtomashinasini yondirib yubordi. Uning bir o‘zi 12 fashistni yo‘q qildi. Afsuski, Kerch uchun bo‘lgan janglarda u halok bo'ldi. Odessa himoyasida sapyorlar rotasining komandiri Hamza Zaripov jasorat ko‘rsatdi. Uning rotasi minalashtirilgan yo‘lda dushmanning 27 tanki va 13 bronetransporterini portlatdi.
O‘zbekistonlik jangchilar qatnashgan Brest, Smolensk, Kiev, Odessa, Sevastopol va Leningradning qahramonona himoyasi fashistlar Germaniyasining «yashindek tez urush qilish» rejasiga dastlabki zarba bo‘ldi.

Yüklə 227,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin