So'z birikmalari. qadimgi turkiy tildagi so'zlar o'zaro birikib, ma'lum bir so'z birikmasini tashkil etgan va ma'lum fikrni yoki uning ayrim elementlarini ifodalagan. Bu so'z birikmalarining biri hokim boshqaruvchi so'z bo'lib, ikkinchisi tobe so'z bo'lgan va hokim so'z tomonidan boshqarilgan. Boshqaruvchi so'zning harakteriga ko'ra, so'z birikmalarini ikki gruppaga bo'lish mumkin:
Otli birikmalar.
Fe'lli birikmalar.
1.Otli birikmalarda boshqaruvchi so'z ot bo'lib, u boshqarib kelayotgan so'z ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh bo'lishi mumkin: Turuq bodun (Tun, 1) turk xalqi. Samiz buqa, turuq buqa (Tun, 5). Aki, uch kisiligin tazib bardo (Kt, 41) ikki uch kishi bilan kochdi. OL aki kisi bar arsar (Tun, 10) u ikki kishi bor ekan ... udozogma ulugi (Tun, :) uyushtiradigan ulugi. Fe'lli birikmada boshqaruvchi so'z fe'l yoki uning funktsional shakllari sifatdosh, ravishdosh, shart fe'li, xarakat nomi bo'lib, unga tobe bolib boshqarilib kelayotgan so'z ma'lum kelishik yoki ko'makchi bilan birikib kelgan ot yoki otlashgan so'z, olmosh, ravish yoki ravishdosh, shart fe'li bo'lishi mumkin: qagan qosdom hoqonni qo'lga oldim. Qadimgi turkiy tilda so'z birikmalarini tashkil etgan bo'laklarini o'zaro aloqaga kirish usuliga ko'ra 3 turga bo'lish mumkin.
1.Bitishuv. So'zlar hech qanday grammatik vositalar (kelishik qo'shimchasi va ko'makchi) yordamisiz o'zaro aloqaga kirib, so'z birikmasini tashkil etadi. Bunday so'z birikmalar mazmun va intonatsiya yordami bilan o'zaro birikadi. quyidagi so'z turkumlari bitishuv yo'li bilan so'z birikmasini tashkil etgan:1). Ot bilan ot: tÿrÿq bodun (Tun, 1), Ögÿm katun (Kt, 49(9) ona Xatun. Tÿrk sir bodun yärintä (Tun, 3),2). Ot bilan fe'l: Tabgach ... bas tuman su kalti (Kt, 25)Magm korgan k’ishlap (Kt 48(8), Ol sub qodn bardnmiz (Tun, 27) u suvning quyi tomoni bilan bordik, 2. Boshqaruv. To'be so'z ma'lum grammatik vosita (kelishik formalari yoki ko'makchilar) orqali bosh so'zga birikadi. qadimgi turkiy tilda bosh kelishikdan tashqari tushum, jo'nalish, o'rin chiqish, vosita kelishiklari bo'lib, tobe so'z ma'lum bir kelishik affikslari yordami bilan bosh so'zga bog'lanadi: a).tushum kelishigi — g (mg, ig — uo, —ug (‘sh ) — in, vositasida: bodun’sh qop almns (Kt,29) — qan’shg’sh qodup (Tun,3). b) jo'nalish kelishigi — ka (ka, — taru), — garu,- — a, — a vositasida: On tunke ... bardomoz (Tun 26) — un tunda bordik. Ilgari kurogaru sulap tarmish (Kt, 12)v) o'rin —; chiqish kelishigi — da, da, (ta, ta) vositasida; Tabgachda adrultu (Tun 2). Orlano- birla tashton tagta arokta ilinguka bardo. (Oyo, 608 (7 — 8) — O’g’li bilan chetga, tog'da, daryoda sayr qilishga bordi.Og'uzda korug kalti (Tun,8) — Og'uzdan kuzatuvchi keldi. g) vosita kelishigi — n, —on, — in,—un, — un vositasida: Yuz artik okun urto (Kt,32) — yuzdan ortik uk bilan urdi.Kul tagin yadagon tagdi. Ot yoki ot ma'nosidagi so’zlar ko'makchilar bilan birikib, hokim so’zga bog’lanadi. qadimgi turkiy tilda quyidagi ko'makchilar qo’llaniladi: birla, asha, tana, uza,sayu, ara,kisra,: sakiz tuman (bir)la songushdim.