O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QITISH: O’ZBEK TILI YO’NALISHI “TURKIY TILLARNI QIYOSIY –TARIXIY GRAMMATIKASI FANIDAN ”
KURS ISHI
MAVZU: So’z birikmasi va gaplarning o’zaro munosabatlari
Tekshirdi: Bajardi: Xaydarova Sevara SAMARQAND – 2022
Bob bo‘yicha xulosalar.
II. BOB. TURKIY TILLARDA SO’Z BIRIKMASI VA GAPLAR 2.1. So’z birikmasi va gaplarning farqli va o’xshash jihatlari
2.2. So’z birikmasi va gaplarning o’zaro munosabati
Bob bo‘yicha xulosalar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH: Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi" fanining maqsadi hozirgi turkiy tillarning fonetik fonologik, morfem-morfologik, leksik-semantik va struktur-grammatik xususiyatlarini yaxlit holda tahlil qilish, turkey tillar grammatikasida oltoy tillariga xos lingvistik jarayonlar ifodasini yoritish, turkiy tillarni tasniflashda fonetik, leksik, grammatik, geografik, etnik mezonlaming o‘rnini izohlash; turkiy tillarning umumiy va xususiy taraqqiyot bosqichlari haqida muayyan tasavvur hosil qilish, tipologik o‘ziga xosliklarini. umumlashtirish. farqli jihatlarini ajratishdan iborat. “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi" fani doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning amaliy qiymati quyidagilarda ko'rinadi: - talabalar milliy tilning shakllanish jarayoni, o'zbek tili mansub bo'lgan oltoy tillari oilasi, turkiy tillar guruhining grammatik jihatdan o‘ziga xosligi, fonetik, leksik, morfologik xususiyatlari haqida muhim ma’lumotga ega bo‘ladilar; - turkiy tillar tasnifi, tarqalish hududlari, turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlar haqida muayyan tasaw ur hosil qiladilar;- turkiy tillarning dastlabki taraqqiyot jarayonidagi lingvistik xususiyatlarning hozirgi turkiy tillarda saqlanib qolish darajasi, lisoniy va nolisoniy omillar haqida bilim ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar; -turkiy tillarning dastlabki taraqqiyot davriga xos bo'lgan grammatik xususiyatlarning dialektlarda saqlanib qolishi. bu jihatdan shevalarning muhim lingvistik baza sifatidagi ahamiyatipi anglab yetadilar;- hozirgi turkiy tillar grammatikasini qiyoslash tilning ichki taraqqiyoti, lingvistik jarayonlar, leksema semantikasidagi o‘zgarishlar, ma'no kengayishi, semantik torayish va ularni yuzaga keltiruvchi omillarni o‘rganish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda barcha sohalarda globallashuv jarayoni ta'siri ko‘zga tashlanmoqda. Ana shunday vaziyatda “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanining asosiy masalalari borasida to'plangan bilim ko’nikmalari turkologiya sohasini takomillashtirishda, umumturkiy global masalalarni hal qilishda, turkiy tillarda yaratilgan yozma yodgorliklar mazmunmi o‘zlashtirishda, turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili taraqqiyot xususiyatlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, milliy til, qardosh tillar tarixi, takomiliga jiddiy e’tibor qaratish barcha ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning, mamlakat rivojining, millat ravnaqining asosiy mezonini belgilaydi.
Muhtaram prizidentimiz Shavkat Mirziyoyev: "Ta'lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo'q. Qanchalik murakkab bo'lmasin, maktab ta'limida poydevorni bugundan mustahkam qo'yishimiz kerak. Chunki biz ko'p vaqt yo'qotganmiz" deb ta'kidlaganlar.