Turkiy tillarni qiyosiy -tarixiy grammatikasi fanidan


So'z birikmasi va gaplarning o'xshash va farqli jihatlari



Yüklə 90,57 Kb.
səhifə8/10
tarix12.06.2023
ölçüsü90,57 Kb.
#129020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Turkiy tillarni qiyosiy -tarixiy grammatikasi fanidan

2.1 So'z birikmasi va gaplarning o'xshash va farqli jihatlari
Hozirgi o‘zbek tilining sintaktik qurilishini o‘rganish sintaktik qurilishda ishtirok etuvchi sintaktik figuralarni tadqiq qilish tilshunos olimlarning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan. Gap ma’lum bir tilning qonun-qoidalariga ko‘ra shakllangan bo‘ladi. U fikr ifodalaydi. Insonlar muloqot jarayonida gapdan foydalanadi. Gap so‘z, so‘z birikmalari, iboralardan tashkil topadi:" Anvar badiiy kitoblarni sevib mutolaa qiladi" Ushbu gap quyidagi so‘z birikmalaridan iborat: sevib mutolaa qiladi, kitoblarni mutolaa qiladi. Yana bir misol: Bayramda Mehribon, Nazokat, Noilalar qizil ko‘ylak kiydilar. Ega va kesimlar ajratiladi (Mehribon, Nazokat, Noilalar, kiydilar) Qolgani mustaqil so‘zlar sanaladi (3ta: bayramda, qizil, ko‘ylak) 3 ta so‘z birikmasi bor: ko‘ylak kiydilar, qizil ko‘ylak, bayramda kiydilar. So‘z birikmasi – gapning bir qismini tashkil etuvchi so‘zlar guruhi. Bir ibora to‘liq fikrni yoki boshqa ma’noni ifoda eta olmaydi, lekin gapning qismlari sifatida ishlatilishi mumkin. Ismli iboralar, fe’lli iboralar, sifatdoshli iboralar, ergash gapli iboralar va boshqalar kabi har xil turdagi iboralar mavjud. Hozircha ikki xil iborani ishlataylik. Bu otlar va fe’l iboralari. Ismli iborada jumlaning predmeti, masalan,qizaloq, o‘sha erkak va boshqalar mavjud. Fe’lli iborada predikat mavjud. Masalan, muzqaymoq yeydi. Agar siz diqqat bilan qarasangiz, ot yoki fe’l iborasi yakka holda to‘liq ma’no bera olmasligini ko‘rasiz. Buning sababi, o‘quvchiga to‘liq ma'noni tushunish uchun yetarli ma'lumot bera olmaydi.Gapda so‘z birikmalaridan tashqari iboralar ham qo‘llanadi. Lekin ularningfarqli jihati iborada so‘zlar ma’noviy butunlik uchun birlashgan, yaxlitlangan bo‘ladi va bir leksik ma’noni anglatadi; so‘z birikmasida so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘ladi, ma’lum bir tushunchani ifodalaydi. Hozirda8 ham so‘z birikmasi termini ostida qanday tushuncha ifoda etilishi haqida turlicha qarashlar mavjud. Masalan, A.I.Moiseyev soʻz birikmalarini juda keng maʼnoda tushunadi. Uning fikricha, har qanday soʻzlarning birikuvidan soʻz birikmasi paydo boʻladi. Frazeologizmlar, soʻz birikmasi formasidagi nominant birliklar – terminlar, toponimlar; ergash va teng birikmalar, mustaqil va yordamchi soʻzlarning qoʻshiluvidan paydo boʻlgan soʻz birikmalari deb ataydi. Ma’lumki, so‘z birikmasi tarkibidagi soʻzlar o‘z leksik maʼno mustaqilligini saqlagan bo‘ladi. Ibora tarkibidagi soʻzlar esa oʻz leksik maʼnosi bilan qatnashmaydi, maʼnosini yoʻqotgan bo‘ladi. Misol uchun, ko‘nglidan o‘tkazmoq iborasidagi o'tkazmoq so'zi o'z leksik ma'nosini yo'qotgan Gapning asosiy belgilari, uning so’z yoki so’z birikmalaridan farqi nimada?Gapning asosiy belgilari – unda nisbiy fikr tugalligi va predikativlikning mavjudbo’lishi, grammatik jihatdan ma’lum qonun va qoidalar asosida shakllanishi,o’ziga xos ohangga ega bo’lishi shartdir. Gapning bu xususiyati ko’pchilik tillaruchun umumiydir. Ammo bu belgilarning turli tillarda namoyon bo’lishi vaularning ahamiyati, o’rni turlichadir.Har bir gapda ma’lum fikr, maqsad yoki his-hayajon ifodalanadi. Aks holdagap emas, so’z birikmasi bo'lib qoladi .(Qiyoslang: Nazira keldi, Naziraning kitobi.) Ma’lum maqsad yoki his hayajon sodda yoki murakkab gap shaklida ifodalanishi mumkin.Gapning o’ziga xos belgilaridan yana biri unda maxsus ohang(intonatsiya)ning bo’lishidir. Har bir gap ohang jihatdan shakllangan bo’ladi.Gapning boshlanishi va tugallanishiuning ohangidan sezilib turadi. Gap oxirida ohang ham tugallanadi. Ko’pchilik tillarga xos bo’lgan ushbu xususiyatni o’zbek tilida ham uchratish mumkin.

Yüklə 90,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin