Turkiy tillarni qiyosiy -tarixiy grammatikasi fanidan


Tobe so'zning hokim so'zga tushum



Yüklə 90,57 Kb.
səhifə4/10
tarix12.06.2023
ölçüsü90,57 Kb.
#129020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Turkiy tillarni qiyosiy -tarixiy grammatikasi fanidan

2. Tobe so'zning hokim so'zga tushum, jo'nalish, o'rin-payt va chiqish kelishigi qo'shimchalari yoki ko'makchilar yordamida bog'lanishi boshqaruvdir: ozarb. burada tikirler “bu yerda tikarlar”, tat. alga kitmedem “yurtga ketmadim”, gag. bakin buldum “chelakni topdim”. tuv. ajigdan desken “mehnatdan qochgan”, Man korgar “itdan qo'rqar”.Tobe so'zning hokim so'zga qaratqich kelishigi qo'shimchasi yordamida, hokim so'zning esa tobe so'zga egalik qo'shimchalari yordamida bog'lanishi boshqaruv yo'li bilan bog'langan
3. Moslashuv3. Qadimgi turkiy tilida ega bilan kesim, hozirgi zamon o’zbek tilidagi kabi, shaxs va sonda o’zaro moslashgan. Ammo bunda quyidagicha o'ziga xoslik bolgan:1. Uchinchi shaxs ot kesimda ko’pincha ol bog’lamasi kesimlik belgisi bo’lib, ega bilan kesim munosabatini ifodalaydi.Asho natu ol — ovkati nimadir? Bilga Tonyo’quk anyog ol, oz ol, — anglar (Tun, 34) —Bilga To’nyuquq zo'r, usta - anglar.Turkiy izofa. Turkiy izofa ikki otning aniqlovchi va aniqlanmishlik aloqasiga kirishuvidir. Odatda birinchi ot aniqlovchi, keyingi ot esa aniqlanmish bo’ladi. Qadimgi turkiy tilda turkiy izofani ko’proq uchinchi turi (belgisiz shakli) qo’llangan: Turuk bodun(Kt:25), Ksgman yar (Kt.20). Izofaning ikkinchi turi (aniqlovchining belgisiz kelishi) kamroq uchraydi: Turuk o'guz baglari (Kt.ZO). Turkiy izofaning birinchi turi (aniqlovchi va aniqlanmipshing belgili kelishi) Qadimgi turkiy tilda kam qo’llanadi; Turuk bodunun alii torusun - Turk xalqining eli va konun — koidalari. Sintaksis. Xar bir tilning, shu jumladan o'zbek tilining gap qurilishi, so'z birikmalari, gap bo'laklari, ular orasidagi mazmun va grammatik aloqalar uzoq taraqqiyot qonunlari asosida va boshqa tillarning ta'siri tufayli ro'y beradi. So‘z birikmasi.4 Tobe qismning hokim qismga kelishik, egalik qo‘- shimchalari, ko‘makchilar va tobelantiruvchi ohang yordamida bog‘- lanishi so‘z birikmasini tashkil qiladi. Tobe bo'lak hokim bo'lakka ko'm akchilar yordamida bog‘langanda, ko'p hollarda kelishik bilan birgalikda yoki kelishik bilan almashib qo'llanishi mumkin. Tobe bo'lak hokim bo‘lakka bog'lanib, hokim bo'lak talab etgan sintaktik vazifada keladi. Ana shu vazifa gap bo'lagi nomi bilan yuritiladi. So'z birikmasi hokim so‘zning qaysi turkumga oid so'z bilan ifodalanishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: otli so'z birikmasi, fe’Hi so'z birikmasi. Otli so'z birikmasida hokim so‘z ot va otlashgan so'zlar (sifat, son, ravish, taqlid so'z) bilan ifodalanadi: shor. kanathg kus “qanotli qush”, olt. suithni qar “suvli qor”, ozarb. sinmis a gas “singan daraxt”, ucan gus “uchgan qush", hogucu bir isti “bo’g'uvchi issiq”. ikinji yer “ikkinchi yer”, yoq. oxtubut mas “yiqilgan daraxt", lordos at "to‘rtinchi ot’’ ’tuv. karaktaj karazi "ko‘zning qorasi", birge (eve "birinchi tuva’’, chav. kaskarsen purnece “qashqirlar hayoti". chuv. caph siv "buyuk daryo", kayrnala cm “ketuvchi kishi”, ik'.r.ixi v.yix "ikkinchi oy”, tat. bez barasi yullar “biz boradigan yo‘llar”.Fe'lli so'z birikmasida hokim so 'z uning sifatdosh, ravishdosh shakllari bilan ifodalanadi: boshqa "camlarm maylay" “chanalarini moylamoqda”, xak. tas turada curtapci “tosh uyda yashaydi”, ubden sigari xondi “uydan yugurib chiqdi”, tat. baylarcayasau “boylarchayashamoq”, xat belen jitaru “xat orqali yetkazmoq", yaxsihgi ocen xormatleu “yaxshiligi uchun hurmatlamoq”, balta belen kisii “bolta bilan kesmoq”, kon saen qaytu “kun sayin qaytish”, turk. ruyadan uyanurmus “uyqudan uyg‘onarmish”.Turkiy tillarda so'z birikmalarining tobe so‘zi, asosan, hokim so‘zdan oldin keladi So'z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so'zning grammatik vositalarsiz, faqat ohang va tartib asosida bog'lanishi bitishuv deyiladi: ozarb. teravetliyapraqlar “tarovatli yaproqlar”, turk. getmis kisi “ketgan kishi”, yoq. biler kuhu '"bilimli kishi”, boshq. kilehe yil “kelasi yil”, tat. Zerjger ktik “zangori osmon”. Tobe so'zning hokim so'zga tushum, jo'nalish, o'rin-payt va chiqish kelishigi qo'shimchalari yoki ko'm akchilar yordamida bog'lanishi boshqaruvdir: ozarb. burada tikirler “bu yerda tikarlar”, tat. Alga kitmedem “yurtga ketmadim”, gag. bakin buldum “chelakni topdim”. tuv. ajigdan desken “mehnatdan qochgan”, Man korgar “itdan qo'rqar”. Tobe so'zning hokim so'zga qaratqich kelishigi qo'shimchasi yordamida, hokim so'zning esa tobe so'zga egalik qoshimchalari yordamida bog'lanishi moslashuvdir: chuy.piren anne “bizning onamiz”, tat. beneij el “mening elim”, xak. tagpazi “tog' boshi”, turkm. omi] derdi “uning dardi”. Tobe bo'lak hokim bo'lakka qaratqich kelishigi va egalik qo'shimchasi yordamida bog'langanda ikki tomonlama bog'lanish ro'y beradi. Tobe bo'lak qaratqich kelishigi qo'shimchasini, hokim bo'lak esa egalik qo'shimchasini oladi. Bunday bog'lanishda tobe qism qaratqich, hokim qism qaralmish deb nomlanadi: uzumning (qaratqich) sharbati (qaralmish). Agar hokim bo'lak sof fe’l bilan ifodalansa va fe’l kimni? nimani? qayerni? so'roqlariga javob bo'hivchi so'zni talab qilsa, tobe bo'lak tushum kelishigida qo'llanadi, hokim bo'lak egalik qo'shimchasini olgan ot, ba'zan harakat nomi va sifatdosh bilan ifodalansa, tobe bo'lak qaratqich kelishigida qo'llanadi.Bitishuv, moslashuv, boshqaruv usullarini tobe so'zga qo'shilgan kelishik shakllariga asoslanib ajratish mumkin:

  • Bosh kelishik: - ( bitishuv)

  • Qaratqich kelishigi: -ning ( moslashuv)

  • Tushum kelishigi: -ni (boshqaruv )

  • Jo'nalish kelishigi: -ga ( boshqaruv)

  • O'rin-payt kelishigi: -da (boshqaruv)

  • Chiqish kelishigi: -dan (boshqaruv).

So'z birikmalari ham so'zlar kabi narsa, belgi, harakatni atashga xizmat qiladi. So'z - leksik hodisa, so'z birikmasi - sintaktik hodisadir. So'z birikmasi narsa, belgi yoki harakatni yakka holda emas, balki ikki va undan ortiq so'zlarning o'zaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalaydi. So'z birikmasi – tobe qismning hokim qismga kelishik,egalik qo'shimchalari ,ko'makchilar va tobelashtiruvchi ohang yordamida bog'lanishidir.So'z birikmasi hokim so'zning qaysi turkumga oid so'z bilan ifodalanishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: otli va fe'lli so'z birikmasi.

Yüklə 90,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin