MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi fani bo‘yicha mustaqil tarzda olib boriladigan ishlarning asosiy maqsadi magistratura magistrantlarining o‘qituvchi rahbarligi va nazorati ostida fanga doir bilimlarni mustaqil ravishda egallashi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Magistratura magistrantlarining Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi fanini o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holdan mustaqil ishlarini quyidagi shakllarda tashkil etish tavsiya etiladi:
fan bo‘yicha ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
mustaqil ravishda fan bo‘yicha amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish;
fan bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari, jumladan, internet tarmog‘idagi xorij adabiyotlari bilan tanishish va ular haqida axborot yozish;
avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash asosida o‘tkazilgan assotsiativ tajriba materiallari yuzasidan lingvistik tahlil o‘tkazish.
fan bo‘yicha egallangan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish;
o‘tilgan mavzular bo‘yicha slayd materiallari, ishlanmalar yaratish.
Uyga berilgan topshiriqlarni bajarish, kerakli ma’lumotlarni izlash, internet tarmoqlaridan ma’lumotlar to‘plash, mustaqil ravishda ilmiy maqola va tezislar, yozish kabilar magistrantlarning bilimini chuqurlashtiradi, ularning ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.
Mustaqil ta’limning mazmuni va hajmi
Ishchi o‘quv dasturining mustaqil ta'limga oid bo‘lim va mavzulari
|
Mustaqil ta'limga oid topshiriq va tavsiyalar
|
Hajmi (soatda)
|
1
|
2
|
3
|
Amaliy mashg‘ulot mavzulariga tayyorlanish
|
Amaliyot mavzulariga doir adabiyotlarni o‘rganish
|
22
|
Turkiy tillarning asosiy grammatik xususiyatlari
|
Morfologik ko‘rsatkichlar. Elementar morfologik birliklar Kompleks morfologik birliklar.
|
2
|
Qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz tillarining sintaktik xususiyatlari
|
Qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz tillarining sintaktik xususiyatlari yoritilgan tadqiqotlarni o‘rganish
|
2
|
Turkiy tillar grammatik qurilishining tarixiy – tipologik xususiyatlari
|
O‘rxun – Yenisey yozuv yodgorliklari matnini tahlil qilish
|
2
|
Buryat, boshqird tillarining o‘ziga xos sintaktik tabiati
|
Tuva, buryat, boshqird tillarining sintaktik xususiyatlari yoritilgan tadqiqotlarni o‘rganish
|
2
|
Jami:
|
|
30
|
Amaliy mashg‘ulotlar multimediya qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akadem guruhga alohida o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tiladi. “Keys-stadi” texnologiyasi ishlatiladi, keyslar mazmuni o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. Ko‘rgazmali materiallar va axborotltlar multimediya qurollari yordamida uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |