Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə30/33
tarix20.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#165515
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Qiyosiy grammatika UMK

Fonetika (Phonetics) – tilshunoslikning nutq tovushlari, ularning hosil bo‘lishi, tiplari, tovushlar o‘zgarishi, bo‘g‘inlar, ularning tuzilishi tiplari, strukturasi; urg‘u, urg‘u tiplari va intonatsiya haqidagi tarmog‘idir.
Grammatika (Grammar)– tilshunoslikning so‘z shakllari (shakl yasalishi), so‘z birikmalarining turlari, gap turlari (tilning grammatik qurilishi) haqidagi bo‘limi.
Grammatik ma’no (Grammatic meaning) – so‘zning shakliy qismi grammatik shakli ifodalaydigan ma’no.
Grafika (Graphics) – nutq tovushlarini yozib ifodalash vositalarining muayyan tuzilishi.
Leksema (Lexeme) – tilning lug‘at tarkibiga xos birlik; til qurilishining lug‘aviy ma`no anglatuvchi birligi.
Numerativ (Numerative) – hisob so‘zlari.
Olinma soz (Borrowed word) – o‘zlashma so‘z.
Qiyosiy fonetika (Compared phonetics) – qardosh tillar uchun umumiy hodisa va qonuniyatlarning holati, qo‘llanish miqdorlari, o‘ziga xosligi qiyos qilinadi.
Singarmonizm (Singarmonism) – unli tovushlarning moslashuvi, ohangdoshligi, uyg‘unligi demakdir. Bu hodisa faqat turkiy tillarda uchraydi.
Tavsifiy fonetika (Described phonetics) – nutq tovushlari, ularning xususiyati va xarakteri qayd etiladi. Fonetikaning sillabika, akustika, intonasiya, tovush o‘zlgarishi va uning qonuniyatlari haqida ma’lumot beriladigan sohasi.
Tarixiy fonetika (Historical phonetics) – nutq tovushlari taraqqiyoti o‘zgarishi bilan bog‘langan hodisalar, qonuniyatlar beriladi. Tilga xos fonetik jarayonlar tarixiy yodgorliklar orqali yoritiladi.
Transkripsiya (Transcription) – tovush va harf orasida nomutanosiblik bor bo‘lgan tillarda ushbu yozuv muhim ahamiyat kasb etadi, undan o‘qish-o‘qitish ishlarida keng foydalaniladi.


  1. ILOVALAR



TESTLAR

1. V-X asrlarni o‘z ichiga oluvchi qadimgi turkiy til davri ilmiy adabiyotlarda yana qanday nom bilan ataladi?
a) Qoraxoniylar davri tili
b) Oltoy tillar davri
v) Chig‘atoy tili
g) Dastlabki taraqqiyot davri tili
2. O‘zbek xalqining eng qadimgi nomi bo‘lmish ,,turk`` atamasi qanday ma`nolarni anglatgan?
a) chiroyli, kelbatli
b) qonxo‘r, yirtqich, bo‘ri
v) paxlavon, botir, jasur askar
g) barchasi to‘g‘ri
3."O‘zbek" xalqining kelib chiqishi, uning nomlanish tarixi xususida kimlar tadqiqot ishlarini olib borgan?

  1. Yakubovskiy, Ya. G‘ulomov, B. Ahmedov, M. Jabborov

  2. Tolstov, Yakubovskiy, Mirzaahmedov

d) A. G‘ulomov, B. Ahmedov Mirza Olimov
e) Tolstov, A. G‘ulomov, G‘. G‘ulomov, B. Ahmedov
4.O‘zbek tili tarixini davrlashtirishda kimning tasnifi turkiy tillarning xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan?

  1. N. S. Radlov

  2. Yudakin

  3. N. A. Baskakov

  4. V. A. Bogorodskiy

5.O‘zbek xalqi XIX asrning 2-yarmigacha qanday nomlar bilan atalgan?

  1. turk, mo‘g‘ul, sart

  2. sart, turk, mo‘g‘ul, uyg‘ur

  3. sart, chig‘atoy, arab

  4. turk, sart, chig‘atoy, o‘zbek

6.G. Vamberi fikricha "turk" so‘zi qanday ma`noni bildirgan?

  1. "katta"

  2. "keng"

  3. "sodda"

  4. "turk"

7.O‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirishga o‘z hissasini qo‘shgan rus turkshunoslarinin aniqlang.
1) V.V.Radlov 2) F.Korsh 3) A.N.Samoylovich 4) V.A.Bogoroditskiy 5) S.E.Malov 6) N.A.Baskakov
A) 2,4,6
B) 1,3,5,6
C) 1,2,3,4,5,6
D) 2,3,4,6
8. V.V.Radlov tomonidan tasniflangan turkiy tillar guruhini aniqlang ?
A) Sharqiy guruh, G‘arbiy guruh
B) O‘rta Osiyo guruhi
C) Janubiy guruh
D) A,B,C
9. O‘zbek xalqi o‘tmishdan to XIX asrning ikkinchi yarmigacha qanday atamalar bilan yuritilgan ?
A) turk
B) sart
C) chig‘atoy
D) A.B,C
10. “ Turk “ atamasi haqida ma`lumot qaysi asrda paydo bo‘lgan ?
A) Sharqda milodiy VI asrda, G‘arbda VII asrda
B) Sharqda miloddan avvalgi II asrda, G‘arbda milodiy II asrda
C) Sharqda milodiy V asrda, G‘arbda milodiy VI asrda
D) Sharqda milodiy IV asrda, G‘arbda VI asrda
11. O‘rxun-Enasoy bitiktoshlarda turk atamasi qanday nomlanadi ?
A) turk bodun
B) qora bodun
C) ko‘k turk
D) A,B,C
12. Xitoy yilnomalarida ham turk nomi uchraydi, u manbalarda qanday shakilda yuritiladi?
a) tuk-yu-tak
b) tak-yu
s) tak-yu-tug
d) tak-yu-tug-yu
13. Oromiy yozuvi ta`sirida qaysi yozuv shakillandi?
a) sug‘diy va xorazmiy
b) xitoy va manjur
s) uyg‘ur va urdu
d) o‘zbek va xorazm
14. Qadimgi turkiy xalqlar davri nechanchi asrlarni o‘z ichiga oladi?
a) V-XII asrlarni
b) V-X asrlar
s) VII-X arlar
d) X-XII asrlar
15. O‘zbek xalqining ilk shakllanish davri deganda biz qaysi asrlarni nazarda tutamiz?
a) X-XV asrlar
b) X- VII asrlar
s) X-XIV asrlar
d) IX-XI asrlar
16. Xorazmda o‘g‘iz qipchoq lahjasi asosida qaysi til shakillandi?
a) g‘arbiy adabiy til
b) sharqiy adabiy til
s) turkiy adabiy til
d) qarluq tili
17. Chig‘atoy tili atamasi nechanchi asrlarda qo‘llanildi?
a) XI-XV asrlar oralig‘ida
b) XIV-XVI asrlar oraligida
s) XII-XVI asrlar oralig‘ida
d) XV- XVII asrlar oraligida
18. Uyg‘ur tili orqali xitoy tilidan o‘zlashgan barcha so‘zlar qaysi tilda ishlatilgan?
a) o‘zbek adabiy tili va shevalarida
b) o‘zbek tili va sug‘t tilida
s) turkman va qazoq tilida
d) manjur va urdu tilida
19. Hozirgi paytda “turk runiy”, “urxun-enasoy” atamasi bilan yuritilivchi yozuvi qanday nom bilan yuritiladi?
a) xatlar
b) nomalar
s) bitiklar
d) yodgorliklar
20.Turtki tillarning ilk davrini aniqlang

  1. Xun davri

  2. Qadimgi Turk davri

  3. Oltoy davri

  4. To‘g‘ri javob yo‘q

21.Turkiy tillarni davrlashtirishdagi ilk yozma manba?

  1. Geradot - “Tarix”

  2. A.Navoiy - “Xibbatul-xaqoiq”

  3. Y.X.Hojib - “Qutadg‘u bilik”

  4. Mfhmud Koshg‘ariy - “Devonu lug‘atit Turk”

22.Faxri Kamol turkiy tillarni neshta davrga asosan tasnif qiladi ?

  1. 5 ta

  2. 6 ta

  3. 4 ta

  4. 3 ta

23.V.V. Radlov turkiy tillarni nechta guruhga bo‘ladi

  1. 5ta

  2. 6 ta

  3. 4 ta

  4. To‘g‘ri javob yo‘q

24. Run yozuvida topilgan enisey yodgorliklarining yalpi soni qancha ?

  1. 150 ga yaqin

  2. 100 ga yaqin

  3. 50 dan ortiq

  4. 10 dan ortiq

25.Uyg‘ur xatidagi qadimgi turk davriga oid diniy asarlar necha guruhga bo‘linadi va ular qaysilar ?

  1. Budda, islom, xristiyan

  2. Budda, moliy, islom

  3. Budda, money, xristiyan

  4. Budda, xiristiyan, otashparaslik

26. Qadimgi turkiy tilda nechta kelishik bor?
a) 8 b) 5 v) 9 g) 7
27. Qaysi so‘zlar mo‘gul tilidan kirib kelgan?
a) mampar, manti
b) tayloq, hom
v) zang, fabrika
g) mashina, shom
28.Uyg‘ur yozuvi nechanchi asrlarda shakllangan?
a) 5-7
b) 8-9
v) 6-7
g) 4-6
29.Janubiy-g‘arbiy yoki o‘g‘uz guruhiga o‘zbek tilining qaysi shevalari kiradi?
A)Qirg‘iz shevalari
B)O‘g‘uz shevalari
C)Uyg‘ur shevalari
D)To‘g‘ri javob yo‘q
30. 1940-yilda Tesha Salimov turkiy tillar taraqqiyotini necha davrga bo‘lgan?
A)6ta
B)2ta
C)9ta
D)4ta
31.Radlov o‘z lug‘atida chig‘atoy tilidagi qaysi so‘zlarni navkar so‘ziga to‘g‘ri keladi degan?
A)”o‘rtoq,hizmatchi,amaldor,askr”
B)”xizmatchi,qamug‘,askar”
C)”o‘qituvchi,amaldor,vazir”
D)to‘g‘ri javob yo‘q.
32.Turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlar qaysi xorijiy mamlakatlarda yashaydi ?
A) Afg‘oniston, Eron
B) Xitoy, Yugoslaviya
C) Albaniya, Gretsiya
D) A,B,C
33.O‘zbek tilda so‘zlashuvchilar qaysi respublikalarda uchraydi?
A) Tojikiston, Qozog‘iston
B) Turkmaniston, Qirg‘iziston
C) Qoraqalpog‘iston
D) A,B,C
34. Turkiy xalqlarning bizga ma`lum bo‘lgan eng qadimgi yozma yodgorliklari eramizning qaysi asrlariga mansub ?
A) IV-IX asrlar
B) V-X asrlar
C) VI-XI asrlqar
D) V-IX asrlar
35. Bitktoshlarning eng yirigini aniqlang?
A) Kultegin
B) To‘nyuquq
C) Bilgaxoqon
D) Irq bitigi
36. O‘rta Osiyo turkiy xalqlari orasida uyg‘ur yozuvi qaysi asrgacha arab yozuvi bilan yonma-yon qo‘llanilgan?
A) XIV asr oxirlarigacha
B) XVI asr boshlarigacha
C) XV asr oxirlarigacha
D) A,B
37.Qadimgi turkiy adabiy tillining o‘ziga xos dialektlarini o‘rganib ilk bor tasnif qilgan olim?
a) S.E.Malov.
s) A.Yu. Yakubovskiy
b) V.V. Radlov
d) N. S Budzinskiy
38. Shimoliy turkiy adabiy tili qaysi yozuvlar asosida vujudga kelgan?

  1. runiy yoki O‘rxun-Yenisey

  2. uyg‘ur-runiy

  3. runiy-sug‘diy

  4. runiy-arab

39.Shimoliy turkiy tilga xos xususiyat…
a) so‘z boshida va so‘z oxirida jarangli undoshlar o‘rnida jarangsiz undoshlar kelishi .
b) so‘zning oxiri n va ng tovushlari bilan tugagan so‘zlarda so‘z boshidagi jarangli b undoshi saqlanadi .
c) t tovushi so‘z boshida ko‘p ishlatiladi
d) hamma javoblar to‘g‘ri
40. Qadimgi turkiy tilda qaratqich kelishigi qo‘shimchasi
a)-ънг,-инг
b) -да, -дә,-та,-тә
c) -ғ,-г,- у
d) -дъ,-ди
41. O‘rin –payt va chiqish kelishigi qo‘shimchasi?
a) -ды, -ди
b) -да,-дә,-тә,-та
c)- ғ,-г,-ығ
d) b,c javoblari to‘g‘ri
42. O‘rxun-Yenisey yodgorliklarida o‘tgan zamon fe`li ma`nosida qanday affikslar orqali ifodalanadi?
a) -ды,-ди,-ты,-ти
b) -ынг,-инг
c) -дуқ,-дуҝ
d) a, c javoblar to‘g‘ri
43. Qadimgi turkiy tilning janubiy guruhi uchun qaysi yozuv asos qilib olingan?
a) runiy
b) uyg‘ur
c) sug‘diy
d) arab-fors
44. Qadimgi turkiy tilning janubiy guruh yodgorliklari?
a) “O‘g‘uznoma”
b) “Hibatul haqoyiq”
c) Selenga, Suji, Turfon
d) Suvarno va Oltin yorug‘
45.Janubiy guruhning shimoliy guruh tilidan fonetik farqi ?
a) So‘z oxirida jarangsiz undosh kelishi
b) Oxiri n , ng bilan uchraydigan so‘zlar boshida b tovushining m tovushiga o‘zgarishi
c) oxiri ng bilan uchraydigan so‘zlar boshida b tovushining n tovushiga o‘zgarishi
d) farq yo‘q
46. Janubiy guruhdagi qaratqich kelishigi
a)-нънг, -нинг
b)-инг ,-нынг
c)-ынг ,-нинг
d)-ынг,-ньнг
47. Chiqish kelishigi janubiy guruh tillarida qanday?
a) -дън,-дә,-да,-тә
b) -дън,-дин,-тън,-тин
c) -дън,-дә,-дин,-дан
d) -дин,-дан
48. Qaysi so‘z turkimining ma`lum bir formasi uchun har bir shaxs va son uchun alohida affikslar mavjud?
a) ot -shaxs oti
b) sifat- ortirma daraja
c) fe`l - o‘tgan zamon shakli
d) fe`l hozirgi zamon shakli
49. Aralash dialekt, ya`ni janubiy –shimoliy dialektlarda uyg‘ur yozuvida bitilgan yodgorliklar?
a) “Suvarna, Oltin yorug‘”
b) “Monixiy yodgorliklari xuastuanift”
c) “Sehrgarning ibodati”
d) hamma javoblar to‘g‘ri
50. Kim runiy va uyg‘ur yozuvlaridagi yodgorliklarni d –belgili tillarga kiritadi ?
a) S .Y Malov b) V.V. Radlov
c) I.A.Botmonov d) A.M. Sherbek


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin