Turkiy xalqlar adabiyoti



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə5/34
tarix13.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#175981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Turkiy xalqlar adabiyoti-fayllar.org (1)

«Tanzimat adabiyoti» deb nom olgan davr Turkiyada 1839 yildan 1870 yillargacha davom etgan. Turk xalqining bu adabiyoti asosan ma’rifatparvarlik adabiyoti edi. Shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabatlar xotin-qizlar ozodligi, antiklerikal muammolar bu adabiyotning asosiy mavzularidan edi. Bu davrda Yevropa adabiyotining bir qancha namunalari Jan Jak Russo, Volter, La Martin, Molyerning asarlari turk tiliga tarjima qilindi. Bu davr turk adabiyoti publisistika, dramaturgiya, badiiy nasrning shakllanish davrini o’z boshidan kechirdi. Turk ma’rifatparvarlik adabiyotining yirik vakillaridan biri sifatida Ibrohim Shinosini ko’rsatish mumkin. U fransuz adabiyotining yirik bilimdonlaridan biri sifatida fransuz adabiyotining ko’pgina namunalarini turk tiliga tarjima qilgan. Ayniqsa, uning «Shoirning uylanishi» nomli komediyasi juda mashhur bo’ldi. Bu davrda yashagan Nomik Kamol esa ko’pgina vatanparvarlik va ijtimoiy-maishiy temalardagi pyesalarning avtori sifatida mashhur bo’ldi. Uning romanlari esa turk adabiyotida tarixiy roman janrining rivojlanishiga va shaklllanishiga katta hissa bo’lib qo’shildi. Bu davrda turk folklori asarlarini to’plab, ularni nashr etishga ham katta e’tibor berildi.
Shamsiddin Somi ham bu davrda yirik dramaturg sifatida tanildi. Talantli yozuvchi Axed Midxat esa turk adabiyotida novella janrining asoschisi sifatida tanildi. U G’arbiy Yevropa adabiyotidagi novella janrining go’zal namunalarini tarjima qildi va ularning ilg’or an’analarini o’z ijodida qo’lladi. Bu yozuvchilar XIX asrning o’rtalariga kelib yangi turk adabiy tilining shakllaninishiga katta hissalarini qo’shdi. Natijada turk adabiy tili asta-sekinlik bilan arab va fors tillaridan olingan ko’plab atama va iboralardan tozalanib, oddiy xalq so’zlashadigan tilga yaqinlashib bordi.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib turk poeziyasida katta o’zgarishlar ro’y berdi. Abdulhaq Homid, Redjonzoda Ekrem singari novator shoirlar yetishib chiqdi. Bular poeziyasida yangi ritmlar va shakllar, lirik qahramonning yangi tiplari paydo bo’ldi, inson ichki kechinmalari tasviri poeziyaning asosiy obyekti bo’lib qoldi.
XIX asrning 70-80 yillarida ijtimoiy hayotda reaksiya hukm surdi. Adabiyotning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi senzura kuchaydi, ko’pgina ijodkorlar hibsga olindi. Nomik Kamolga o’xshash yozuvchilar surgunda vafot etdi. Natijada ko’pgina shoirlar ijodida tushkunlik, umidsizlik ko’zga tashlana boshladi. O’sha davrda Turkiyada nashr qilingan adabiy-badiiy jurnal «Servati Funun»ning atrofiga ko’pgina progressiv turk yozuvchilari to’plandilar.
Tovfiq Fikrat ana shu to’daning boshliqlaridan biri edi. Bu yozuvchilar o’z asarlarida oddiy, mehnatkash xalqning dardu g’amlarini tasvirladi. Ular mavjud tuzumga e’tiroz bildirib, asarlar yoza boshladi. Xalil Ziyo Ushoklagil esa turk adabiyoti tarixida birinchi realistik, Yevropa adabiyotidagi novellalarga o’xshash hikoyalar yaratdi. Husayn Rahim Gyurpelar, Mehmed Rauf singari ijodkorlar o’z asarlarida yangi mavzularga murojaat qilib, o’zlari yashayotgan sosial tuzumning illatlarini fosh qildi.
1908 yildagi «Yosh turklar» inqilobidan keyin adabiyotda turli oqimlar paydo bo’ldi, bularning o’rtasida mafkuraviy kurash davom etdi. Ana shu kurashlarda turk adabiyotida realistik metod g’olib chiqdi. Natijada realistik tendensiya turk adabiyotining yetakchi metodiga aylandi. Bu davrda ayniqsa hikoyalar juda ko’p yozildi. Rofiq Xalid Qaray, Aka Gyunduz, Umar Sayfiddin singari ijodkorlar o’z asarlarida qishloq kishilarining hayotini yoritishga kirishdi. Ayniqsa, Umar Sayfiddinning bu mavzuga bag’ishlab yozgan satirik novellalari keyingi turk realistik prozasining rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, Umar Sayfiddin, Xolida Edem Adivar singari ijodkorlar turk dunyosining ozodligi va ularni birlashtirish masalalarini ham o’z asarlarida ko’tarib chiqdi. Adivarning «Yangi Turon» romanida aynan shu masala aks ettirilgan.
XX asr boshlarida turk poeziyasiga Yevropa simvolistlarining ta’siri katta bo’ldi. Bu davr turk poeziyasida milliy o’zini anglash mavzusida ko’plab asarlar yaratildi. Yahyo Kamol Bayotli, Ahmed Hoshim, Ahmed Hofiz Chamlibel singari shoirlar she’riyatda yangi motivlar, yangi she’riy shakllarda bayon etildi. Poeziyada barmoq vazni asosan yetakchilik qildi. Shoir Mehmed Emin Yurdakulning she’rlari ayniqsa xalq og’zaki ijodiga juda yaqin edi.
Xullas, turk klassik adabiyoti ancha murakkab yo’lni bosib o’tdi. Ming yillik adabiy merosga ega bo’lgan bu adabiyotning ajoyib an’analari mavjud. Unda Sharq adabiyotining ta’siri kuchli seziladi. XIX asrdan boshlab esa Turk adabiyotida Yevropa adabiyotining ta’siri sezila boshladi.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin