Tarixi Turkmaniston hududi qadimda Axomaniylar davlati, Iskandar Maqduniy istilosidan soʻng vujudga kelgan Salavkiylar davlati, Parfiya, Yunon-Baqtriya podsholigi, Eftaliylar, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Tohiriylar davlati, Somoniylar, Saljuqiylar davlati, Xorazmshohlar davlati, Moʻgʻullar davlati tarkibida boʻlgan. 14-asrning 70—80-yillaridan Turkmaniston hududi Temuriylar tasarrufiga oʻtgan. 16-asr oxiri — 17-asrda Xiva va Buxoro xonliklariga qaram boʻldi, bir qismi Eron tarkibiga oʻtib qoldi. 1869—85 yillarda Turkmaniston hududini Rossiya bosib oddi. 1917-yil noyabr —dekabrda sovet hokimiyati oʻrnatildi, 1918-yil 30-aprelda Turkiston muxtor sovet sotsialistik respublikasi tashkil etilgach, Turkmanistonning asosiy qismi (Kaspiyorti viloyati, 1921-yil avgustdan Turkmaniston viloyati) uning tarkibiga kirdi. 1924-yil Oʻrta Osiyoda „milliy davlat chegaralanishi“ deb atalgan boʻlib tashlash siyosati natijasida 1924-yil 27-oktabrda Turkmaniston SSR tashkil topdi va SSSR tarkibiga kiritildi. Shundan keyingi yillarda turkman xalqi KPSSning qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish, mamlakatni industriyalash siyosati va qatagʻonlar azob-uqubatlarini tortdi. 1991-yil oktabrda Mustaqillik haqida deklaratsiya qabul qilindi, mamlakat Turkmaniston deb atala boshladi. Turkmaniston —1992-yildan BMT aʼzosi, 1993-yil 7-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va diplomatik munosabatlar oʻrnatgan. Milliy bayrami — 27-oktabr — Mustaqillik kuni (1991). Siyosiy partiyasi. Rasmiy ravishda 1 partiya roʻyxatga olingan: Turkmaniston demokratik partiyasi (sobiq Kommunistik partiya negizida 1991-yil tuzilgan).
Xoʻjaligi
Turkmaniston — agrar industrial mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoatning ulushi 50 %, qishloq xoʻjaligi.niki 18 %, xizmat koʻrsatish sohasiniki 32 %. Sanoatining yetakchi tarmoklari: gaz va neft qazib chiqarish, energetika, kimyo, mashinasozlik, yengil (qishloq xoʻjaligi. xom ashyosini qayta ishlash), oziq-ovqat (yogʻmoy, vinochilik), binokorlik materiallari sanoati. Buzmayin GRES, Turkmanboshi, Nebitdogʻ, Turkmanobod, Mari, Gugurtdogʻda issiqlik elektr styalari barpo etilgan. Yiliga oʻrtacha 10,5 mlrd. kVt soat elektr energiya hosil qilinadi. Neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash T.ning gʻarbiy rnlarida olib boriladi, Cheleken gʻarbida dengiz tubidan neft qazib olinadi. Asosiy gaz konlari: Gazoʻchoq, Naip, Shatlik, Gugurtdog va boshqa Neftni kayta ishlash tarmogʻida benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut, bitum, elektrodli koks, kir yuvish vositalari, kimyo sanoatida natriy sulfat, yod, brom, oltingugurt, mineral oʻgʻit, oltingugurt kislotasi, superfosfat, ftorli alyuminiy ishlab chikariladi, mashinasozlik va metallsozlik korxonalarida teplovoz va avtomobillar taʼmirlanadi, markazdan qochirma neft nasoslari, kultivator, elektr kabeli, gaz plitalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar ishlab chiqariladi. Yengil sanoat paxta, jun, pillani dastlabki qayta ishlash, ip gazlama, jun va ipak gazlama, trikotaj ishlab chiqarish., qorakoʻl oshlash, pillakashlik, tikuvchilik, koʻnchilik, poyabzal korxonalaridan iborat. Yogochsozlik, poligrafiya, shisha sanoati ham muhim oʻrin oladi. Asosiy sanoat markazlari: Ashxobod, Toshhovuz, Turkmanobod, Mari, Turkmanboshi, Nebitdogʻ, Bayramali va boshqa Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Unda paxtachilik asosiy oʻrin egallaydi. Vohalarda va togʻ yon bagʻirlarida yetishtiriladi (asosan, ingichka tolali paxta). Donli ekinlardan bugʻdoy, arpa, sholi, oq joʻxori va makkajoʻxori, yemxashak ekinlari, poliz ekinlaridan qovun, tarvuz yetishtiriladi. Bogʻ va tokzorlar bor. Atrek daryosi va uning irmoqlari boʻylarida subtropik ekinzorlar (anor, zaytun, anjir, bodomzorlar) bor. Chorvachilik qishloq xoʻjaligi.ning muhim tarmogʻi hisoblanadi. Togʻli joylarda qoramol, qoʻy, echki, yilqi boqiladi, tekisliklarda qorakoʻlchilik va tuyachilik, Turkmanobod, Ashxobod, Mari viloyatlarida pillachilik, suv havzalarida baliq xoʻjaligi rivojlangan.