5.6-rasm. Shamot siniqlari Aralashmalar va briketlar shlak hosil bo‘lishini tezlashtiradi va ayrim hollarda oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Masalan: plavik shpati bilan ohakni aralashmasi, boksit bilan ohakni aralashmasi va boshqalar.
Oksidlovchilarni uglerod va boshqa aralashmalarni oksidlanish jarayonini tezlatish uchun ishlatiladi (5.7-rasm). Ularni qattiq holda ham (temir rudasi, aglomerat, temir rudasi onatishlari, prokat kuyindilari), suyuq holda ham (siqilgan havo, kislorod, turli tarkibli aralashmalar, masalan: kislorod, suv bug‘i, karbonat angidrid gazlarining aralashmalari va boshqalar) ishlatish mumkin.
5.7-rasm.Briketlar va oksidlovchilar Qattiq holdagi oksidlovchilarga qo‘yiladigan talablar:
temir oksidlari miqdorini yuqoriligi;
kremnezem miqdorini minimalligi;
bo‘laklari yuqori zichlikka ega bo‘lishi.
Gaz holdagi oksidlovchilarga qo‘yiladigan asosiy talab - bu tozalikdir. Kislorodda azot miqdori minimal bo‘lishi kerak. Kislorodda azotni miqdori 0,5 foizdan kam bo‘lishi (tozaligi 99,5 foizdan yuqori), azot bo‘yicha toza po‘lat olishni taminlaydi.
5.5. Po‘lat chiqindilarini qayta ishlash va ikkilamchi po‘lat olish Legirlangan metallarni qirindilari - ikkilamchi po‘lat olish xom ashyolaridan biri hisoblanadi. Legirlangan metallarni qirindilari - legirlangan po‘lat va qotishmalarni olish uchun eng qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. SHixta tarkibida legirlangan metallarni qirindilarni ishlatish ferroqotishmalarni va boshqa legirlangan metallarni iqtisod qilishga olib keladi. Qirindilar - legirlangan temir-tersak resurslarini 40 foizini tashkil qiladi, hamda ratsional va to‘la foydalanish kerak bo‘lgan juda ko‘p miqdorda legirlaydigan elementlarni o‘zida mujassam qilgan.
Legirlangan qirindilar va legirlangan metallarni turli xil chiqindilaridan – legirlangan shixta quymalari (LSHQ) tayyorlanadi. Bu legirlangan shixta quymalar elektro po‘lat eritish sexlarida eritiladi. LSHQ ga ishlov berish uskunalariga quyidagilar kiradi: yoyli elektropechlar, kovshlar, turli xil konveyerlar (5.8-rasm).