Turli eritish agregatlarida metall chiqindilarini qayta ishlash



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə17/18
tarix20.11.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#165750
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Metallarresiklingi5-bob

5.11-rasm. Domna pechi
Buning uchun domna pechi changlari maxsus chang yig`uvchi uskunalar orqali yig`iladi ruxni yig’ilgan changdan kislotali tanlab eritiladi va tanlab eritilgan ruxni eritma tarkibidan cho’ktiriladi.
Bu usul domna pechi tarkibidagi changdan rux olish eng samarali usul xisoblanadi. Jarayon quyidagicha amalga oshiriladi. Domna pechidan chiqqan chang yig’iladi, yig`ilgan chang tarkibida ruxning miqdori juda kamligi sababli bu changlar boyitiladi. Boyitilgan chang sirka kislotasi yordamida pH qiymati 4-5 bo’lguncha eritiladi. Olingan eritmaga CaO yoki Ca(OH)2 qo`shilgandan so`ng bu eritma tarkibidagi Zn cho`kadi.

5.12-rasm. Poroshoksimon va granulangan rux
Xosil bo’lgan eritmaga sulfat kislota ta`sir ettiriladi. Sulfat kislota ta’sir ettirishimiz tufayli eritmadan CaSO4 cho’kmaga tushadi. Sulfat kislota pH 3-4 bo’lguniga qadar qo`shib turiladi. Bu jarayonning asosiy maqsadi gidrometallurgik jarayonlar bilan domna pechining changlaridan ruxni tozalab olish va xosil bo’lgan Fe changlarini qora metallurgiyada tarkibida Fe saqlovchi aglomeratlarni ishlab chiqarishdir.
Olib borilgan jarayonlarning eng kata kamchiligi domna pechi changlarida Zn ning konsentratsiyasi juda pastligidadir. Undan tashqari bu jarayonlarni olib borish uchun juda ko’p miqdorda sulfat kislota sarf bo`ladi va domna pechi changi tarkibidagi changlarning bir qismi yo`qolishidir. Bu texnologiyada sirka kislotasini qo`llashning asosiy maqsadi shundaki sirka kislota eritmada selektiv xolda faqat ruxni eritadi va shu bilan birga sirka kislota tarkibida Fe saqlovchi komponentlarga salbiy tasir etmaydi.

Jarayonning yana bir qulay tarafi eritmaga CaO yoki Ca(OH)2 qo`shilganda sirka kislotaning neytrallanishi oqibatida xosil bo`lgan kaltsiyning sirka kislota bilan xosil qilgan tuzi suvda yaxshi eriydi.
Domna pechi changalaridan ajratib olingan Zn to`g`ridan to`gri Zn ishlab chiqarishga jo’natiladi va tayyor Zn katodalari sifatida ishlab chiqriladi.



Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin