5) erigan metall tomchi va mayda-mayda qirindi, payraxa shaklida keyingi pag‘onaga o‘tib pech basseyniga yig‘iladi;
6) ikkinchi pag‘onaga katta alanga beriladi va basseyn ustida qaynoq gazlar qatlami yuzaga keltiriladi;
7) yomg‘ir shaklida tushayotgan metallarni yuqori darajada qizdirishga erishiladi.
Vagrankadan eritish davomida murakkab fizika-kimyoviy jarayonlar yuz beradi. Gaz fazasi, qattiq shixta va suyuq metall o‘rtasida ko‘p sonli kimyoviy jarayonlar yuzaga keladi.
Vagrankani balandligi bo‘yicha besh zonaga bo‘lish mumkin:
I - vagranka shaxtasi (minorasi);
II - erish zonasi;
III - bo‘sh shixta ashyosi (kolosha)ni kamaytirish zonasi;
IV - bo‘sh shixta ashyosi (kolosha)ni kislorodli zonasi;
V - vagranka og‘zi (bo‘g‘zi).
Gazli vagrankalarni asosiy parametrlari (o‘lchamlari) 5.5-jadvalda keltirilgan.
5.5-jadval. Gazli vagranka pechlarining asosiy o‘lchamlari