Turli eritish agregatlarida metall chiqindilarini qayta ishlash


-rasm. Po’lat maxsulotlari



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə5/18
tarix20.11.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#165750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Metallarresiklingi5-bob

5.1-rasm. Po’lat maxsulotlari
5.2. Temir chiqindlariga qo‘yiladigan talablar, cho‘yan temir-tersak va chiqindilarini hosil bo‘lishi, ishlatilishi va qayta ishlovchi agregatlarni tasniflanishi
Marten po‘latini olish uchun maksimal gabariti 1000x1050x750 mm bo‘lgan temir-tersak va chiqindilar ishlatiladi. Bunday temir-tersaklarni sig‘imi 100 tonna bo‘lgan elektropechlarda ham ishlatilishi mumkin. Ikkilamchi qora metallardan ratsional foydalanish uchun temir-tersak va chiqindilar navlarga ajratilishi va ma’lum o‘lchamlarga keltirilishi kerak. Buning uchun oldingi bo‘limlarda keltirilgan temir-tersak va chiqindilarga birlamchi ishlov berish jarayonlarining ayrimlari bajariladi:
1) aralashgan metall temir-tersak va chiqindilarini navlarga ajratish;
2) metallarni olovli va qaychili kesish;
3) engil massali chiqindilarni sovuq va issiq sharoitda paketlash va briketlash;
4) metallik qirindilarni maydalash;
5) koperda bo‘laklash, maydalash, po‘lat va cho‘yan temir-tersaklarni portlatish yo‘li bilan maydalash;
6) shlak chiqindilaridan metallni ajratib olish.
Ikkilamchi temir asosli temir-tersaklarni navlarga ajratishda quyidagi usullar qo‘llaniladi:
a) tashqi ko‘rinishiga qarab aniqlash;
b) magnitlashga og‘ish usuli;
v) uchqunli usul;
g) spektral tahlil;
d) kimyoviy tahlil (tomchilab tahlil qilish).
Magnitlashga og‘ish usuli navlarga ajratishda keng tarqalgan usullardan hisoblanadi. Lekin magnitga hamma qora metallarning temir-tersaklar ham tortilavermaydi. Xrom va marganets miqdori yuqori bo‘lgan po‘lat temir-tersaklari va chiqindilari magnitga tortilmaydi: EI69, EI417, EI435, X14G14H, X18H9, X18H10T, OX10H20T2, OX23H18. Bundan tashqari rangli metallarni ayrim qotishmalari magnitga tortilishi mumkin. Masalan: nikel va uning qotishmalari.
Uchqunli usulda qora metall temir-tersaklari guruhlarga, markalarga ajratiladi. Bunda metall bo‘lagi qayroq tosh o‘rnatilgan stanokka tekkiziladi va uchib chiqayotgan uchqunning rangiga, yorug‘ligiga sochilishni formasiga qarab ajratiladi. Uchqun qizil bo‘lsa temir-tersakda volfram borligini, to‘q-sariq bo‘lsa xrom borligini, qizg‘ish-sariq bo‘lsa nikel borligini bildiradi. Uchqun oqimiga metaldagi uglerod miqdoriga bog‘liq bo‘ladi, chunki uglerod havoday engil oksidlanadi. Uglerod miqdori qanchalik yuqori bo‘lsa, uchqundagi yulduzlar shunchalik ko‘p va uchqun shunchalik yorqin bo‘ladi.
Aralashgan temir-tersaklar va chiqindilar ichida nostandart buyumlarni bo‘lishi ularni maxsus uskunalar yordamida navlarga ajratish vazifasini qo‘ydi. Bu vazifa asosan spektral usullar asosida bajariladi. Spektral tahlil usuli bilan navlarga ajratishda statsionar stiloskoplar SL-3, SL-10, SL-11A va ko‘chirib yurish mumkin bo‘lgan stilaskoplar SLP-1, SLP-2 qo‘llaniladi.
Kimyoviy usul bilan navlarga ajratishda, kimyoviy moddalarni metalga tomchilanadi yoki kimyoviy moddaga temir-tersak bo‘lagi tekkiziladi va kimyoviy moddani ta’siriga qarab aniqlanadi. Navlarga ajratilgandan so‘ng temir-tersaklarga birlamchi ishlov beriladi. Birlamchi ishlov berish yakunida, temir-tersaklar ruhsat etilgan yiriklikka kerakli kimyoviy tarkibga alohida jamlangan holga keltiriladi.
Hozirda sanoatni ilmiy texnikaviy rivojlanishi jarayonida yangi konstruksion materiallarni yaratishga bo‘lgan ehtiyoj ortdi. Bu materiallarni ishlatishdan asosiy maqsad-ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlash davomiyligini va ishonchliligini oshirishdir. Lekin shu bilan birga cho‘yanga bo‘lgan talab kamaymayapti. Hali ham cho‘yan bir qator ishlab chiqarish tarmoqlarida eng kerakli material sifatida ishlatilmoqda. Shuning uchun cho‘yanni ikkilamchi hom-ashyolardan ishlab chiqarish bugungi kunda ham o‘z qadrini yo‘qotmagan. Cho‘yan va cho‘yandan yasalgan buyumlarning asosiy iste’molchisi - kimyo, traktorsozlik, mashinasozlik, stanoksozlik, asbobsozlik va avtomobilsozlik sohalaridir. Lekin eng keng ishlatiladigan umumiy soha - mashinasozlik sohalarida cho‘yan va cho‘yandan yasalgan buyumlarga bo‘lgan talab turlicha:



Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin