Turli eritish agregatlarida metall chiqindilarini qayta ishlash


va ularning mexanik xossalari



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə3/18
tarix20.11.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#165750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Metallarresiklingi5-bob

va ularning mexanik xossalari

Bolg‘alanuvchan cho‘yan xillari

Markalari

Cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi, kG/mm2

Nisbiy uzayish, %

Qattiqligi (NV), kG/mm2

Ferritli cho‘yan
Perlitli cho‘yan

KCH37-12
KCH35-10
KCH33-8
KCH30-6
KCH40-3
KCH35-4
KCH30-3

37
35
33
30
40
35
30

12
10
8
6
3
4
3

149
149
149
163
201
201
201

Po‘lat markasidagi KCH harflari bolg‘alanuvchan cho‘yanni bildiradi.


Puxtaligi yuqori cho‘yanlarning strukturalari perlit bilan sharsimon mayda grafit donalardan iborat bo‘ladi. Bunday cho‘yan olish uchun amalda suyuq cho‘yanni qolipga quyish oldidan unga ozgina magniy qo‘shiladi, natijada ajralib chiqqan grafit shar shakliga kiradi. Puxtaligi yuqori cho‘yanlar mexanik xossasiga ko‘ra turli markalarga bo‘linadi. Bunday cho‘yanlarning Davlat standartlariga binoan markalari va mexanik xossalari 5.2-jadvalda keltirilgan.
5.2-jadval.
Puxtaligi yuqori cho‘yanlar markalari va mexanik xossalari

Cho‘yanning markasi

Cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi, kG/mm2

Shartli cho‘zi-lishdagi oquvchanlik chegarasi, kG/mm2

Nisbiy uzayish, % hisobida

Zarbiy qovush-qoqligi, kG/mm2



Qattiqligi (NV), kG/mm2

Kamida

VCH45-0

45

35

-

-

187-255

VCH50-1,5

50

38

1,5

1,5

187-225

VCH60-2

60

42

2,0

1,5

197-269

VCH45-5

45

33

5,0

2,0

170-207

VCH40-10

40

30

10,0

3,0

150-197



Po‘latlarni tasnifi
Po‘latlarni dunyo bo‘yicha yagona tasniflash sistemasi mavjud emas. O‘zbekistonda va sobiq ittifoq davlatlarida po‘latlarni tasniflash va ularni tarkibi, hamda sifatiga talablar tegishli davlat standartlari va texnikaviy shartlar bilan belgilanadi. U yoki bu usul bilan olingan po‘latlar o‘z xususiyatlari bilan favqulodda rang-barang bo‘ladi. Ular quyidagi alomatlari bo‘yicha tasniflanadi.
A) Ishlatish maqsadi bo‘yicha po‘latlarni quyidagi asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin: yonish (topochnuyu) va qozonxona po‘latlari, temir yo‘l transporti uchun po‘latlar (relslar, temir yo‘l g‘ildiraklarini belbog‘i (bandaj) uchun po‘lat va boshqalar), konstruksion po‘lat (binolarni, ko‘priklarni, turli xil mashinalarni va boshqalarni qurish uchun turli metall konstruksiyalarini yasashda ishlatiladi), zoldirli podshipnik po‘latlari, asbobsozlik po‘latlari (turli xil asboblar, qirqichlar, prokat qilish stanoklarini valiklarini, temirchilik-shtampovkalash uskunalarini detallarini va boshqalarni yasashda ishlatiladi), ressor-prujina po‘latlari, transformator po‘latlari, zanglamaydigan po‘latlar, qurolsozlik po‘latlari, truba ishlab chiqarish po‘latlari va boshqalar.
Po‘latlar sifati bo‘yicha ko‘p hollarda quyidagi guruhlarga bo‘linadi: oddiy sifatli va yuqori sifatli. Bu guruhlarning bir-biridan farqi – ularning tarkibidagi ruhsat etilgan zararli aralashmaning (birinchi navbatda oltingugurt va ftor), hamda alohida talab qo‘yilganda nometallik moddalarini va boshqa metallarini miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, oddiy sifatli po‘latlarda oltingugurt va fosforni ruhsat etilgan miqdori 0,055-0,06 foizgacha, sifatli po‘latlarda 0,02-0,03 foizgacha bo‘lishi kerak.
V) Po‘latlar kimyoviy tarkibi bo‘yicha uglerodli (o‘z navbatida past, o‘rta va yuqori uglerodlashgan), past-, o‘rta- va yuqori ligerlangan (o‘z navbatida, xromlangan, marganetslangan, xromnikellangan va boshqalar).
Sobiq ittifoq respublikalarida po‘latlarni kimyoviy tarkibini belgilashning quyidagi yagona belgilash bilan belgilangan:

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin