Element |
S
|
Mn
|
Si
|
Sr
|
Ni
|
Mo
|
W
|
V
|
Al
|
Ti
|
Belgilanish
|
U
|
G
|
S
|
X
|
N
|
M
|
V
|
F
|
YU
|
T
|
G) Po‘latlarni qoliplarda tinish xususiyati bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: tinch, qaynovchi va yarim tinch. Qoliplarda kristalizatsiyalanish paytida metallarni o‘zini tutishi, ularni erish darajasiga bog‘liq. Po‘latni erishida ko‘pchish (raskislonnnosti) qanchalik to‘liq bo‘lsa, quyma shunchalik tinch kristalizatsiyalanadi;
D) Po‘latlar ishlab chiqarish usuli bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi:
ishlatiladigan agregatni turiga qarab:
- konvertor (o‘z navbatida kislorodli-konvertor),
bessemer (bessemer konvertorida erigan cho‘yanning ortiqcha uglerodini havo yordamida kuydirib po‘latga aylantirish),
tomason,
marten,
elektropo‘lat,
elektroshlakni qayta eritish po‘latiga va boshqalarga bo‘linadi;
ishlatilish texnologiyasi bo‘yicha:
asosiy va nordon martenli,
asosli va nordon elektropo‘lat,
vakuumda sintetik shlaklar ishtirokida inert gazlar bilan puflab ishlov berilgan va boshqa po‘latlarga bo‘linadi;
holati bo‘yicha:
qattiq holdagi (gubchaga o‘xshash, g‘ovak-g‘ovak temir - bevosita tiklash natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar),
elektrolitik holdagi (tarkibida temir bo‘lgan materiallarini elektroliz qilishdan hosil bo‘lgan mahsulotlar),
kukunsimon holdagi (suyuq po‘latni mayda zarrachalarga aylantirish, changlatish jarayonidan hosil bo‘lgan mahsulotlar),
xamirsimon holdagi («Aston-Bayers» jarayonidan, pudling, krichli va boshqa jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar),
suyuq, quyilgan holdagi (konvertor, marten va boshqa shunga o‘xshash jarayonlarning mahsulotlari).
Dostları ilə paylaş: |