Toshkent va Guliston mexanika remont zavodlarida hajmi 2,5 tonna bo‘lgan gaz bilan ishlaydigan minorali yallig‘ pech shaklidagi vagranka o‘rnatilgan. Gaz yordamida cho‘yan erituvchi agregatlar xorijiy davlatlarda ham keng tarqalgan va bunday agregatlarda cho‘yan eritish keng qo‘llanmoqda.
Gaz bilan ishlaydigan turli konstruksiyali vagrankalar mavjud, lekin bularning faqat uch xili istiqbollidir:
1) vertikal minora shaklidagi pag‘onali vagrankalar (5.2-rasm);
2) tashqi o‘ta qizitish kamerali vagrankalar;
3) quduqsimon shixtada tutashtirgichli va gazlar uchun ikki marta o‘tish joyli vagranka.
Gazli vagrankalarni ishlash prinsipi kuyidagicha:
1) eritish boshlashdan oldin gorelkadagi gazni yonishi natijasida o‘ta qizdirish kamerani ichki olovbardosh qoplamasi (futerovka) 16000C haroratgacha qizdiriladi;
2) keyin yuqorigi yonish mahsulotlarini sochishga mo‘ljallangan soplolar orqali tabiiy gaz yuboriladi;
3) pech harorati va pech atmosferasining tarkibi rostlangandan so‘ng, temir-tersaklar va flyuslardan tashkil topgan shixta yuklanadi;