Davomat olaman va shu tariqa darsda ishtirok etganlarni joyida baxolab ketaman.
Uyga vazifalarni beraman.
Uy ishi uchun mantiqiy masalalar: 1-masala Momoqaldiroq vaqtida atmosferada elektr razryadlarining paydo bo’lishiga asosiy sabab nima ?
2-masala
Traktorchi kuchli momoqaldiroqda qoldi. U traktor kabinasida o’tirgani ma’qulmi yoki undan uzoqga ketgan ma’qulmi
3-masala. Momaqaldiroq vaqtida nima uchun to’dalashib turish xavfli
4-masala. Nima uchun yashin o’rmondagi bargli daraxtlat (dub, qayin, eman) larni ko’proq ignabargli daraxtlarni esa kamroq zararlaydi.
Xulosa
1. Gazlar odatdagi sharoitda yaxshi izolyator bo’lib hisoblanadi, ularning bu xususiyati texnikada keng qo’llaniladi.
2. Gazlardagi elektr razryadlari mustaqil va nomustaqil razryadlarga bo’linadi. Faqat tashqi ionlashtirgichning doimiy ta’siri ostida mavjud bo’ladigan razryad, nomustaqil razryad, tashqi ionlashtirgich bo’lmaganda boradigan razryad mustaqil razryad deb ataladi.
3.Mustaqil razryad hosil bo’lishi uchun katodga uchib keluvchi musbat ionlarning kinetik energiyasi elektronlarni katoddan urib chiqarish uchun yetarli bo’lishi, ya’ni musbat ionlarning kinetik energiyasi katod materialidan elektronlarni chiqarish ishidan katta bo’lishi kerak.
4. Mustaqil razryadda gazli muhitning qarshiligi tok kuchi orttirilganda kamayadi, shu sababli gaz razryadli asboblarda tok kuchini cheklash uchun har doim ularga ketma-ket cheklovchi rezistor ulanadi.
5. Elektr maydon kuchlanganligiga, gaz bosimiga, elektrodlar shakliga va materialiga qarab quyidagicha gaz razryadlari: nomustaqil, yoy, toj, uchqunli va miltillama razryadlarga bo’linadi.
6.Nomustaqil razryad. U elektr maydon kuchlanganligi kichik bo’lganda hosil bo’ladi. tok kuchining kichik bo’lishi uning xarakterli xususiyatlaridan biridir. Nomustaqil razryad uchun om qonuni o’rinlidir.
7. Yoy razryad mustaqil razryadning bir turidir u katoddagi termoelektron emissa bilan bog’liq. Yoy razryadining harakterli xususiyatlari katta tok kuchi (bir necha ming amper) va elektrodlar orasidagi kuchlanish kichik (10-15V)
8. Toj razryad – atmosfera bosimiga yaqim bosimli gazda, o’tkazgich yaqinidan katta kuchlanganlikni (E>30000V/m) bir jinsli bo’lmagan elektr maydonlar hosil qiladigan nostatsionar mustaqil razryad turidan biridir.