EHMlarni hajmi va funktsional imkonyatlariga ko‘ra o‘ta katta (superEHM), katta, kichik, o‘ta kichik (mikro)- EHMlarga bo‘linadi. Dastlab katta EHM paydo bo’ldi, uning elementli bazasi elektron lampalardan to o‘ta yuksak integratsiya darajasidagi integral sxemalargacha bo’lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

Katta EHMlar xorijda ko‘pincha meynfermlar( mainframe) deb atashadi quydagi xususyatga ega bo‘lishi lozim:
§ ishlab chiqarish samaradorligi 10 MIPS( sekundiga million operatsiya) dan katta bo’lmagan;
§ asosiy xotira sig’imi 64 dan 10000 Mbaytgacha bo’lgan;
§ tashqi xotira hajmi 50 Gbaytdan kam bo‘lmagan;
§ ko’p(kishi) foydalanadigan ish rejimi (bir paytning uzida 16 dan 1000 tagacha foydalanuvchiga xizmat qiladi).
SERVERLAR
SERVERLAR. EHMlarnig alohida jadal rivojlanayotgan guruhini hisoblash tarmoklarida ko‘p foydalanuvchi tomonidan foydalanadigan kompyuterlar serverlar hosil qiladi. Server (Server) - Bu tarmoqning barcha ishchi stantsiyalar surovlarini qayta ishlash uchun ajratilgan ko’p foydalanuvchili kompyuter bo’lib, u Bu stantsiyalarga umumiy tizim resurslariga (Hisoblash quvvatlariga, ma’lumotlar bazasiga, dasturlar kutubxonalariga, printerlarga, fakslarga va boshqalarga) murojaat etish imkonini beradi va Bu resurslarni taqsimlaydi.
1970-yillarda kichik EHMlarning paydo bo‘lishiga bir tomondan, elektron element bazasi sohasidagi tarakkiyot, boshqa tamondan katta EHM reurslarining taqchilligi tufayli shart-sharoit yaratildi.1969-yilda kashf etilgan mikroprotsessor(MP) 70-yillarda EHMning yana bir sinfi mikroEHM paydo bo‘lishiga olib keldi. Hozirda mikroprotsessorlardan EHM barcha sinflarida foydalanilmoqda.