Protativ kompyuterlar eng qudratli va yirik ko’chma shaxsiy kompyuterlardir. Ular ko’pincha chemodan shaklida tayyorlanadi va og’zaki tilda ko’chmanchi deb ataladi. Ularning xusuyatlari ko’chmas ShK lar ishchi stantsiyalar xususiyatiga o’xshashdir: kuchli mikroprotsessorli, ko’pincha RISC turidagi, 300 MGts.gacha bo’lgan taktli chastotali, 64 Mbaytgacha sigimdagi operativ xotirali, gigabaytli diskli jamgaruvchilarga ega, 4 Mbayt qadar videoxotirali tez xarakatlanuvchi interfeys va qudratli videoadapterlari bo’lgan kompyuterlardir.
Shaxsiy kompyuterlarning tarkibi
IBM PC tipidagi shaxsiy kompyuterlar quydagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan.
Sistem blok (tizimli kism) - kompyuter ishini boshqarishni ta’minlaydigan asosiy qism hisoblanadi;
Tizmli qism tarkibiga quydagilar kiradi:
Mikroprotsessor- kompyuterning arifmetik logik amallarni va boshqarish amallarini bajaradi. Mikropotsessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalgacha va undan ortiq bo‘lishi mumkin.
Joriy xotira (operativ xotira) –kiritiluvchi ma’lumot va dasturlarni xotirada saqlaydi. Kompyuter o‘chirilishi bilan joriy xotiradagi ma’lumotlar o‘chiriladi.
Qattiq magnitli disk (vinchester) yoki yupqa disk jamlovchilarima’lumotlarni o‘qish va yozishni ta’minlaydi.
Texnologik qism
Klavituraaxborotlarni va buyruqlarni kiritishda ishlatiladi. Klaviaturada tugmalar soni va joylashishi turli xil bo’lishi mumkin, lekin ularning vazifasi o’zgarmaydi.
Klavitura qurilmasini biz siz bilan tarkibiy jihatidan 4 guruhdagi tugmalarga bo’lib o’rganamiz:
1) Alafavitli-raqamli tugmalar guruhi- bu guruhdagi tugmalarni vazifasi kompyuterga axborotni va buyruqlarni kiritishda foydalanadigan tugmalardir. Xarflar, sonlar va tinish belgilardan iborat tugmalar kiradi.