Turon xalqaro universiteti



Yüklə 450,97 Kb.
səhifə80/134
tarix03.12.2023
ölçüsü450,97 Kb.
#172093
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   134
O\'quv qo\'llanma, sirtqi, 2023-2024.

Abstraktsiya

Abstract

Abstrakt tafakkur – moddiy olamdagi narsa va hodisalarni, ularning muhim tomonlari, aloqadorliklarini maqsadaga muvofiq holda bavosita va umumlashgan holda inson miyasida in’ikos etishi.

Abstraktnoe mыshlenie

Abstract thinking

Avesto – zardushtiylik dinining asosiy kitobi; «nasihat­noma», «qonunlar to‘plami», «bilimlar majmuasi» sifatida talqin qilina­digan tarixiy manba. Avesto – Turon, Xuroson, Ozar­bayjon, Iroq, Eron, Kichik Osiyo xalqlarining mil.av.gi qadimgi davrdagiijtimo­iy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam va odam to‘g‘risidagi tasavvur, urf-odat va ma’naviy qadri­yatlari haqida ma’lumot beruv­chi asosiy manba. U miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyo­da yaratilgan qomusiy asar. Unga ko‘ra, hayotning kechishi tabiatda (nur va zulmat), borliqda (hayot va o‘lim), ijtimoiy hayotda (yaxshilik va yomonlik), nafosat olamida (go‘zallik va xunuklik), dinda (Ahura Mazda bilan Ahrimanning azaliy va abadiy kelishmasligi) turli kuchlar o‘rtasidagi kurash shakllari sifatida namoyon bo‘ladi.

Avesta

Avesto

Agnostisizm (yunon. agnostos – bilib bo‘lmaydigan) ob’ektiv borliqni, dunyoni to‘liq bilishi mumkin emas, deb hisoblaydigan falsafiy ta’limot; unga ko‘ra inson narsalarning mohiyatini bi­lish­ga, ular xaqida aniq bilimga ega bo‘lishga qodir emasdir.

Agnostitsizm

Agnosticism

Ayniyat qonuni (lot. lex indentitatis) – formal mantiqning aso­siy qonunlaridan bo‘lib, bu qonunga ko‘ra muhokama jarayonida ma’­lum predmet to‘g‘risidagi fikr hajm jihatidan barqaror muayyanlik­ni saqlashi kerak. Bu qonun fikrni aniq ifodalashni talab qiladi. Muhokamada har bir tushuncha aynan bir ma’noda ishlatilmog‘i lozim. Uning formulasi A=A dir.


Yüklə 450,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin