Antropogen (yunon. anthropos – inson) – inson faoliyati bilan bog‘liq.
Antropogen
Anthropogenic
Antropogenez(yunon. anthropos – inson va genesis – paydo bo‘lish, vujudga kelish) – insonning ijtimoiy mavjudot sifatida paydo bo‘lishi va rivojlanish jarayoni.
Antropogenez
Anthropogenesis
Antropomorfizm (yunon. anthropos – inson va morphe – shakl) – tabiatdagi narsa va hodisalarga, shuningdek, afsonaviy mavjudotlarga insoniy sifatlarni ko‘chirish.