Turon yakka kurashi


SPORT TURLARIMIZNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



Yüklə 71,42 Kb.
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü71,42 Kb.
#209356
1   2   3   4   5   6   7
turon yakka kurashi

SPORT TURLARIMIZNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Sportning yoki o`yinlarning taraqqiyot yo`liga ega jismoniy tarbiyaning biror turi hech narsadan yoki ko`chirib olish bilan paydo bo`lmaydi. Yangi sohadagi rivojlanish bosqichi doimo xuddi tarixiy merosdek paydo bo`ladi.
Sport turlarining xammasi qadim zamonlardan paydo bo`lgan taraqqiyotning xar bir tarixiy bosqichida turli ijtimoiy vazifani bajargan va o`z shaklini o`zgartirgan. Fikrimizning dalili sifatida o`tmishga
nazar solamiz.
Insonning paydo bo`lishi va vaqt o`tishi, insoniyat mukammalashuvi sari asta-sekinlik bilan hamma narsa tabiat undagi sodir bo`ladigan turli xil o`zgarishlar rivojlanib mukammallasha boshlagan. Odamlar mehnati evaziga sodir bo`layotgan harakat va funktsional o`zgarishlar ularning rivojlanishiga yillar asrlar sabab bo`ladi. Ular o`rtasida mojaro,tortishuvlar, to`qnashuvlar bo`lib turgan. Ovchilik ularning asosiy mashg’uloti bo`lib turli xil hayvonlarni ovlashgan. Ularni tutish maqsadiga erishish uchun yurish, tez-yurish, yugurish, sakrash va ov qurollari yasashgan tayoq, toshdan o`tkir uchli pichoqqa o`xshash buyumlar va daraxt po`stloqlaridan orqon-ipsimon uzun qalin bo`lgan shu buyumlarni ishlatish, ov qilish, yugurish kabi harakatlar amalga oshgan. Sekin-asta jismoniy mehnat, toshlardan o`zlariga yashash uchun turar joylar qurib insonlar hayotida tubdan o`zgarishlar sodir bo`la boshladi. Ularning hatti harakatlari, yurish-turishlari, asrlar o`ta tubdan o`zgargan mehnat qilish, ov qilish, qurol yaroq turmush uchun zarur buyumlar yarata boshladilar, va bu bilan ular yashashga sivilizatsion o`zgarishlar rivoj topa borib jadal sura`tda o`sha borgan, ular o`rtasida bo`lib turadigan kelishmovchiliklar janjal ya’ni bir-birovi bilan jang qilish bilan yakunlanib, shu tariqa jismoniy jihatlar harakatlar amalga osha borgan, janjallar-mojarolar yangicha tus ko`rinish o`zgarishlar bilan talqinlasha borgan shu yo`sinda ular aloxida-aloxida, urug’- aymog, jamoa, to`da, shakllanib, ikki uyushgan to`dalar er joy uchun tuknashuvlar bo`lib turgan bir-birovlariga hujum uyushtirib jang olib borgan. Jangda mag`lubiyat, engilgan to`da obro`yiga putur etib qayta jang qilib engilishni istamagan. O`sha davr qadimdan bo`lib turgan, jamoa yoki to`dalarning boshchisi ya’ni har tomonlama etuk, baquvvat jismoniy jixatdan, to`dani boshqara biladigan bosh kishisi, bo`lib o`tadigan kelishmovchiliklarni bartaraf etgan. Agar ular kelisholmasa,to`daning dovyurak, jasur, epchil bahodirlari maydonga chiqib kuch sinashgan, kimdakim engilsa, hal qilinayotgan masala hal qilinib engilgan tomon, engan tomon shartiga ko`ngan,tarix ko`plab qiziqarli voqealardan iborat bo`lib ularning taraqqiy eta boshlashi, zamon o`tishi bilan inson ong tafakkurining yuksalishi mexnat jarayonida kelib chiqadigan jismoniy harakatlar jismoniy tarbiya ko`rinishlari desak to`g’ri bo`ladi.
Ibtidoiy jamoa urug’ o`rtasidagi janjallar va davr taqozosi bilan ularning ov qilish, ov vaqtidagi harakat sistemalari yugurish, sakrash, tayoqlar, qurol yaroqlardan foydalanishi taraqqiy eta boshladi,endi ular o`zlarini urug’ aymoqlarini jamlash bilan birga jamoadagi himolanishni, dushmanga qarshi kurash uchun jamoa, urug’ sha`ni uchun oralaridan harakatchan, dovyurak, qo`rqmas, botirlarini ajratib aloxida bo`lib janglarga tayyorlanishgan, janjal vaqtida o`zlarini,jamoa yoki to`dalarini ximoyalashgan.
To`qnashuvda har-xil xharakat qo`llar, oyoqlar bilan bajarilgan.
Kurash,Belbog’li kurash,kabi sport turlari rivojlanishi va uch ming yillik tarixga ega,qadimda jangovar san`at sifatida rivojlanib Amir Temur bobomiz davrida takomiliga etgan.
Ajdodlarimizdan bizgacha etib kelgan jang san`ati Amir Temur zamoniga takomiliga etgan buni isbotlovchi ko`pgina manbalar bisyor.Takomiliga etgan jang san`ati O`zbekistonning jismoniy tarbiya sohasidagi boy madaniy me`rosimizni o`rganib (1981yillarda ) Respublika va xalqaro muosoboqalar g’olibi va sovrindori «Jangovar san`at bo`yicha turnirlar katnashchisi ,sport ustasi Baxodir Saidov texnik harakatlarni tabaqalashtirib bir necha yillar kecha – kunduz mehnati evaziga ularni sport yo`nalishini belgilovchi yangi butun bir paket xujatlarni tuzdi va shaxsiy o`ziga xos belgilar bilan farqlanadigan va xalqaro sport talablariga javob beradigan O`zbekiston sporti bo`lgan Turon yakka kurashiga asos soldi B.Saidov 1991-1993 yillarda Mustaqilligimiz,istiqbolimiz sharofati bilan milliy qadiryatlarimiz qayta tiklanib ajdodlarimizdan me`ros jangovar san`at «Turon» deya nom oldi va milliy sport turlarimiz qatoridan joy oldi.

"TURON" YAKKA KURASHI - milliy sport turi. Turkiy xalqlar jang qilish sanʼati namunasi sifatida qadimdan mashhur boʻlgan. Bu turdagi yakkamayakka kurashish usuli Amir Temur davrida takomiliga yetgan. "T." ya.k.ning zamonaviy qonunqoidalarini xalqaro miqyosdagi sport ustasi B. Saidov ishlab chiqdi (1991). Kurashchilar peshonaband belbogʻ bogʻlab, yaktak, keng ishton kiyib musobaqalashadilar. Raqiblar maydonga chiqqanda qoʻllarini yuqoriga koʻtarib, bir-birlariga kaftlarini koʻrsatishadi. Bu "koʻrib qoʻy, qoʻlimda hech narsa yoʻq, halol kurashaman" degan maʼnoni bildiradi. "T." ya.k.ning ikki: jang va erkin mashq yoʻnalishi bor. Jan g yoʻnalishi boʻyicha bellashuv 2 qismdan iborat boʻlib, har bir qismi 5 min.dan boʻladi, katta yoshdagi sportchilar uchun 1 raund 5 min. ni tashkil qiladi. Qolgan yoshdagilar uchun 1 raund 2—3 min. davom etadi. Bu yoʻnalishda gʻalaba va sof gʻalaba bor. Gʻalaba raqibiga koʻp zarba berib eng koʻp ball yiqqan oʻyinchiga, sof gʻalaba esa raqibi zarba olganda gangisa, behol holatga tushib qolsa yoki boʻgʻma usuli bilan yutganda berilishi mumkin. Erkin mashq yoʻnalishi bitta va bir necha sportchi (jamoa) bilan bajariladigan maigklar boʻlib, 1,5 min. davom etadi. Mashqlar buyumsiz va buyumlar bilan bajariladi. Eng koʻp ball toʻplagan oʻyinchi yoki jamoa gʻolib chiqadi. Qilich, gimnastika tayogʻi, arqon kabi buyum bilan bajariladigan koʻrgazmali mashklar bilan chiqishlari mumkin. U sportchining texnik usullarni qanchalik egallaganligi va jismoniy chiniqqanligini namoyish etadi. Bu chiqishlar ham ball bilan baholanadi.



Oʻzbekistonda "T." ya.k. federatsiyasi tuzilgan (1995). Har yili Toshkent sh. birinchiligi va Oʻzbekiston chempionata musobaqalari oʻtkaziladi. "T."ya.k. "Alpomish oʻyinlari" festivali dasturidan joy olgan. Bu sport turi boʻyicha Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. 5 xalqaro sport ustasi, 30 dan ortiq sport ustasi tayyorlandi (2004). "T." ya.k. xalqaro miqyosda tan olinmoqda. AQSH, Germaniya, Isroil, Niderlandiya, Ukraina, Latviya, Moldova, Belarus va boshqa mamlakatlarda "T."ya.k. sport seksiyalari ochilgan. 1rasmiy xalqaro turnir oʻtkazilib (1996, Toshkent), unda A. Kenjaboyev (Qozogʻiston), Ch. Mergenov (Turkmaniston), T. Fattoxrv, A. Rabinovich (Oʻzbekiston), D. Juravlev (Rossiya) gʻolib boʻlganlar.
Turon yakka kurashi tarixi va rivoji, jismoniy tarbiya tizimidagi o`rni, sportchilarning nazariy bilimlarini oshirishda foydalaniladi, sportning bu turini yanada rivojlantirishda nazariy dastur bo`lib xizmat qiladi.

Yüklə 71,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin